O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti




Download 3.07 Mb.
bet1/2
Sana16.04.2024
Hajmi3.07 Mb.
#197721
  1   2
Bog'liq
asinxron dvigatel 1
Каримов А Бухгалтерия хисоби Дарслик, 3 Карта технологического процесса Nazarov 2 1, malika o\'lchash kurs, 1 Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning maqsad, dinshunoslikka kirish, Davron fizika, 2 ishlab chiqarish samaradorligini, 7f687502-6b4b-4fe1-b223-48f51e367e3c

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI

  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
  • 653-22 TL guruh talabasi Xaqberdiyev Anvarning Elektr mashinalari fanidan TAQDIMOT


Reja:
1. ELEKTR DVIGATELLARNI TUZILISHINI O’RGANISH VA ISHGA TAYYORLAB SINASH
2. QISQA TUTASHTIRILGAN ROTORLI ASINXRON DVIGATELNI MEXANIK XARAKTERISTIKASINI OLISH
3. ASINXRON DVIGATELNI BOSHQARISH UCHUN MAGNIT YURGIZGICHNI YIG’ISH
4. FAZA ROTORLI UCH FAZALI ASINXRON DVIGATELNI ISH REJIMINI TEKSHIRISH
Mavzu: Asinxron matorlar ish rejimi
Elektr dvigatellari o’zgarmas va o’zgaruvchan tok dvigatellariga ajraladi. O’zgarmas tok dvigatellari paralel, ketma-ket va aralash qo’zgatkichli bo’ladi. Bunday dvigatellar aylanish tezligi katta chegarada o’zgartirilishi talab qilingan ishchi mashinalarda (tramvay, traleybus, elektrovoz, elektrokaro va sh. o’.) ishlatiladi.
Qishloq xo’jalik sharoitida o’zgaruvchan tok dvigatellari ko’proq qo’llaniladi, chunki, ularni tuzilishi nisbatan sodda, pishiq, ixcham va arzon. O’zgaruvchan tok dvigatellariga uch va bir fazali sinxron, asinxron dvigatellar kiradi.
1-rasm. Doimiy tok dvigatellarini tuzilishi.
O’zgaruvchan tok dvigatellari qo’zgalmas stator va aylanuvchi rotordan iborat. Sinxron dvigatellarni rotor chulgamiga o’zgarmas tok beriladi. Asinxron elektrodvigatellarni rotor chulgamlarida esa o’zgaruvchan EYUK induktsiyalanadi va o’zgaruvchan tok oqadi. Demak stator va rotor ariqchalarida chulgamlar joylashgan bo’ladi. Dvigatelni stator chulgamlari uch fazali tarmoqqa ulanganda aylanuvchi magnit maydoni xosil bo’ladi.
Stator chulgamlaridan oqqan tok, xosil qilgan aylanuvchi magnit maydon rotor chulgamini kesib o’tib ularda EYUK induktsiyalaydi, natijada ulardan tok oqadi. Magnit maydonining aylanish chastotasi (n0) quyidagicha topiladi.
bunda,
f-o’zgaruvchan tok chastotasi, P- juft qutblar soni. Rotor chulgamlaridan oqqan tokni aylanuvchi magnit maydon bilan ta’siri natijasida rotorni aylantiruvchi kuch (moment) xosil bo’ladi. SHunday qilib elektr energiyasi elektrodvigatellarda, mexanik energiyaga aylanadi. Elektrodvigatellarni iqtisodiy ko’rsatkichlari yuqori, tuzilishi sodda, ixcham, bikir, yengil va nisbatan arzon. Elektrodvigatellar nominal ish rejimda ishlashga mo’ljallangan va u dvigatel pasportida ko’rsatilgan bo’ladi. Sanoatda uch xil rejimda ishlaydigan elektrodvigatellar ishlab chiqarilmoqda: davomli (S1) qisqa vaqtli (S2) va qisqa takrorlanuvchi (S3).
Asinxron dvigatelni mexanik xarakteristikasini olish sxemasi.
    • Ma’lumki mag nit yurgizgichlar ikki xil bo’ladi, ya’ni elektrodvigatelni bir tomonga aylanishini ta’minlay digan (noreversiv) va elektrodvigatelni ikkala tomonga aylanishini ta’minlaydigan (rever siv). Ushbu tajribada elektrodvigatelni 1 tomonga aylanishini ta’minlaydigan magnit yur gizgich bilan shug’ullanamiz. Bunday dvigatelllarni ishga tushirish uchun ПME va ПA seriyali magnitli yurgizgichlarni ishlatiladi.

Xozirgi kunda ko’pchilik mashina va mexanizmlar asosan magnitni yurgizgich, saq lagich, avtomatik uzgich kabi jixozlar bilan birga yig’ilgan bo’ladi. Magnitli yurgizgichlar esa elektrodvigatelni yaqindan xamda masofadan boshqarish uchun qo’llaniladi. Bundan tashqari magnit yurgizgichlar tarmoq kuchlanishi uchun qayta tiklangandan so’ng dvigatel ni o’z-o’zidan yurib ketishidan saqlaydi. Ko’pchilik magnit yurgizgichlar elektrodvigatel larni ortiqcha yuklama ishlashdan ximoya qiluvchi issiqlik relelariga ega.
Xavfli belgilar PME va PA yurgizgichlarni se riyasini belgilaydi. Xavfdan keyingi son yurgizgich o’lchamlarini keyingisi tuzilishini (1-ochik, 2-ximoyalangan, 3-chang va namlikdan ximoyalangan) anglatadi.
Ularning soni 1…4 bo’lib, 1 soni yurgizgichni bir tomonlama va issiqlikdan ximoyasizligini, 2 soni bir tomonlama va issiqlik ximoyasi borligini, 3 soni esa uni ikki tomonlama issiqlikdan ximo yasizligini, 4 soni ikki tomonlama issiqlik ximoyasi borligini bildiradi. Masalan:ПME–223 demak yurgizgich seriyasi ПME, ikkinchi o’lchamli, ximoyalangan, ikki tomonlama
issiqlik ximoyasisiz.
Tajriba o’tkazish uchun printsipial sxema.
Mexanik xarakteristikasini ko’rish uchun bitta ish nuktasining bo’lishi kifoya. Ikkinchi nuqta dvigatelning siixron tezligiga to’g’ri keladi va bu nuqtada tabiiy va suniy xarakteristikalar kesishadi. Rotor zanjiridagi qarshiliklar katta bo’lganda suniy xarakteristika bir muncha yumshoq bo’ladi.
Sinxron mashinalar elеktr enеrgiyasi xosil qiluvchi gеnеratorlar, dvigatеllar va rеaktiv quvvat kompеnsatorlari sifatida ko’p qo’laniladi. Barcha elеktr mashinalari singari u xam qaytuvchanlik xossasiga ega. Sinxron dvigatеllarni tuzilishini ko’rib o’rganish.
2.Ishni tushuntirish.
Sinxron dvigatеllarni rotor chulgamiga o’zgarmas tok bеriladi. Bu elеktrodvigatеllarni stator chulqamlarida esa o’zgaruvchan, EYuK induktsiyalanadi va o’zgaruvchan tok oqadi. Dеmak stator va rotor ariqchalarida chulgamlar joylashgan bo’ladi. Dvigatеlni stator chulqamlari uch fazali tarmokka ulanganda aylanuvchi magnit maydoni xosil bo’ladi.
Stator chulqamlaridan oqqan tok xosil qilgan aylanuvchi magnit maydon rotor chulqamlarini kеsib o’tib ularda EYuK induktsiyalaydi, natijada ulardan tok oqadi. Sinxron elеktr mashinalari asosan ikki xil bo’ladi.
1.Noayon qutbli, 2.Ayon qutbli.
Aniq namoyon qutbli – ayon qutbli gеnеratorlarning daigatеli sifatida ko’pincha gidravlik turbina ishlatiladi. Shuning uchun bunday gеnеratorlar gidrogеnеrator-lar – dеb ataladi. Ularning aylanishlar tеzligi 60 dan 750 aylG`min gacha oraliqda bo’ladi. Tеzlikning bunday katta farqda o’zgarishi gidrostantsiyalarda suvning bosi
mi va isrofining turlicha bo’lishi bilan boqliqdir.

Download 3.07 Mb.
  1   2




Download 3.07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti

Download 3.07 Mb.