|
ColorGrid komponentasidan foydalanish
|
bet | 139/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023ColorGrid komponentasidan foydalanish
Ushbu qismda ColorGrid komponentasi haqida ma’lumot beramiz. ColorGrid komponentasi foydalanish mumkin bo‘lgan 16 ta rangli jadvalni hosil qiladi. Jadvalda ikki xil rangni FG - ForegroundColor (oldingi rang) va BG - BackgroundColor (fon rangi) ni tanlash mumkin.
Misol. Forma oynasiga bitta Button, bitta ColorGrid, ikkita Memo komponentasini joylashtiramiz. Buttonni “Rang” deb nomlaymiz.
3.6.6-rasm
Rang tugmasining dasturlash qatoriga quyidagi buyruqlarni kiritamiz:
TForm1->Button1Click(S}er: TObject);
{
Memo1->Color=colorgrid1-
>ForegroundColor; Memo2-
>Color=colorgrid1-
>BackgroundColor;
};
Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. Rang tugmasi bosilsa ColorGridning FG yacheykasidagi rang Memo1 ning rangiga, BG yacheykasidagi rang Memo 2 ning rangiga o‘zgaradi.
3.6.7-rasm
SpinButton komponentasidan foydalanish
Ushbu qismda SpinButton komponentasi haqida ma’lumot beramiz. SpinButton komponentasi sanagichli tugma hosil qiladi. Komponentda ikkita Up va Down tugmalari mavjud.
Misol. Forma oynasiga bitta SpinButton komponentasini joylashtiramiz.
3.6.8-rasm
SpinButtonning Up tugmasi dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz:
procedure TForm1-
>SpinButton1UpClick(S}er: TObject);
{
Form1-
>Height=Form1-
>Height+5; Form1-
>Width=Form1-
>Width+5;
};
SpinButtonning Down tugmasi dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz:
procedure TForm1-
>SpinButton1DownClick(S}er: TObject);
{
Form1-
>Height=Form1-
>Height-5; Form1-
>Width=Form1-
>Width-5;
};
Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. Up tugmasi bosilsa forma oynasi balandligi va kengligi ortadi. Down tugmasi bosilsa, forma oynasi balandligi va kengligi kamayadi.
|
| |