• Ko‘p formali loyihalar yaratish. C++ Builder
  • Form2
  • Form1
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet135/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    1-misol. C++ Builder dasturlash muhitida .swf kengaytmali fayllar bilan ishlovchi ilova oynasini yaratish.
    C++ Builder dasturlash muhitida .swf kengaytmali fayllar bilan ishlovchi ilova oynasini yaratish uchun loyiha oynasiga ShockwaveFlash1 va Button1 tugmalari joylashtiriladi. Button1 tugmasining Caption qatoriga “Bajarish” jumlasi kiritiladi:

    3.5.8-rasm.
    Yuqoridagi ketma-ketliklar bajarilgandan so‘ng, Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    {
    ShockwaveFlash1->Movie=ExtractFilePath(Application-> ExeName)+"animatsiya.swf";
    }

    3.5.9-rasm.
    Eslatma: animatsiya.swf fayli loyiha fayli saqlangan papkada bo‘lishi lozim.
    Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdik, C++ Builder dasturlash muhitida videoroliklarni, tovushli ma’lumotlarni, animatsiya effektlarini joylashtirish, ko‘rish, eshitish va ular uchun vizual loyihalar yaratishda foydalanish mumkin.
    Ko‘p formali loyihalar yaratish.
    C++ Builder dasturlash muhitida o‘zaro bog‘langan loyiha oynalarini yaratish mumkin. Buning uchun loyiha oynasining Show() metodidan foydalaniladi.
    2-misol. C++ Builder dasturlash muhitida o‘zaro bog‘langan loyiha oynalarini yaratish.
    C++ Builder dasturlash muhitida o‘zaro bog‘langan loyiha oynalarini yaratish uchun Form1 va Form2 loyiha oynalarini hosil qilinadi. Form1 oynasiga Button tugmasi joylashtirilib, tugmaning Caption xususiyatiga “Form2 ga o‘tish” satri kiritiladi. Shuningdek, Form2 oynasiga ham Button tugmasi joylashtirilib, tugmaning Caption xususiyatiga “Form1 ga o‘tish” satri kiritiladi.
    O‘zaro bog‘lanishi kerak bo‘lgan Formalarning dasturlash oynasiga, ularning kutubxona fayli kiritilgan bo‘lishi lozim. Ya’ni Form1 oynasining dasturlash maydoniga #include "Unit2.h" hamda Form2 oynasining dasturlash maydoniga esa #include "Unit1.h" dastur kodini kiritish talab etiladi.





    3.5.10-rasm. Form1 oynasi.

    3.5.11-rasm. Form2 oynasi.

    Bundan so‘ng Form1 oynasidagi Button tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    Form1->Visible=false;
    Form2->Show();

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.