|
MediaPlayer tugmasidan foydalanishning yana bir muhimi Display
|
bet | 134/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023MediaPlayer tugmasidan foydalanishning yana bir muhimi Display xususiyati hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan misolimizda bu xususiyatdan foydalnmagan edik. Videoklipni ekranda ko‘rish imkoniyati ham mavjud. Buning uchun Standart kompanentalar palitrasidan Panel1 tugmasini hosil qilinadi va uning Caption qatoridagi matn o‘chiriladi. So‘ngra MediaPlayer1 tugmasining Display xususiyatidagi ro‘yxatdan Panel1 tanlanadi. Bundan so‘ng loyiha oynasi F9 tugmasi yordamida ishchi holatga o‘tkazilib, video tasvirlarni ko‘rish yoki tinglash mumkin:
3.5.4-rasm.
C++ Builderning yana bir imkoniyati shundan iboratki, loyiha oynasiga .swf kengaytmali fayllarni ham joylashtirish imkoni mavjud. Buning uchun komponentalar palitrasiga ShockwaveFlash_(ShockwaveFlashObjects_TLB)'>ShockwaveFlash (ShockwaveFlashObjects_TLB) tugmasini o‘rnatish talab etiladi. Komponentani o‘rnatish uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:
menyudan Component - Import ActiveX Control… bandi tanlanadi:
3.5.5-rasm.
Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
3.5.6-rasm.
Ushbu oynadan Shockwave Flash(Version 1.0) bandi tanlanib, Palette Page qatoridan joylashtirish lozim bo‘lgan komponentalar palitrasi tanlanadi. Masalan, Standard komponentalar palitrasi belgilanib, Install.. tugmasi bosiladi. Navbatdagi oynaga o‘tib, OK tugmasi bosiladi. Natijada, Standard komponentalar palitrasida ShockwaveFlash nomli piktogramma hosil bo‘ladi:
3.5.7-rasm.
ShockwaveFlash dan foydalanib, .swf fayl kengaytmali animatsiya effektlarni yoki Ispring dasturida yaratilgan test dasturlarini loyiha oynasi bilan bog‘lanish hosil qilish mumkin. Buning uchun esa ShockwaveFlash tugmasi loyiha oynasiga joylashtirilib, Object Inspectorining Movie xususiyatiga .swf kengatmali fayl manzili yoziladi. Masalan, d:\Document\doc\Flash\uchburchak_animate.swf
Ushbu .swf kengatmali faylni tugmalar orqali ham loyiha oynasiga joylashtirish mumkin. Buning uchun joriy tugma yoki loyiha oynasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
ShockwaveFlash1->Movie=ExtractFilePath(Application-> ExeName)+"test.swf";
}
Eslatma: .swf fayli loyiha fayli saqlangan papkada bo‘lishi lozim.
|
| |