• C++ Builder da MediaPlayer
  • MediaPlayer tugmasidan foydalanish. MediaPlayer
  • Object Inspector ining FileName
  • -§. C++ Builder dasturlash muhitining System va Samples komponentalar palitrasidan foydalanish




    Download 14,73 Mb.
    bet133/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    3.5-§. C++ Builder dasturlash muhitining System va Samples komponentalar palitrasidan foydalanish


    Multimedia – kompyuterning amaliy dasturlari yordamida yozuvlarni, geometrik shakllarni, rasmlarni harakatlantiradiga (animatsiya) hamda ovozlar, videotasvirlarning hosil qiladigan tushunchadir. Buning uchun C++ Builderda MediaPlayer tugmasi mavjud bo‘lib, u multimedia vositalarini birlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi. Ushbu tugmadan foydalanishning ikki xil usuli mavjud: dasturchiga multimedia vositalarini birlashtirish imkoniyati mavjud; tugmada multimedia fayllari bilan bajariladigan barcha asosiy amallar mavjud, ammo sizga quyi funksiyalar kerak bo‘ladigan bo‘lsa, C++ Builder dasturlash muhiti imkoniyatlaridan foydalinishingiz mumkin.
    Ushbu mavzuda tugma loyiha oynasiga joylashtirilib, ishchi holatga o‘tkazilganda, uning ichki funksiyalari qanday ishlatilishini ko‘rib o‘tamiz.
    MediaPlayer tugmasidan foydalanish. MediaPlayer tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun System komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasining ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, MediaPlayer1 tugmasi hosil qilinadi:

    3.5.1-rasm.
    Mazkur tugmada ovozli ma’lumotlarni va video tasvirlarni ishga tushirish, o‘tkazish, to‘xtatish kabi amallarni bajarish mumkin. Hosil qilingan tugma bilan audio va video fayllarni o‘zaro bog‘lash uchun Object Inspectorining FileName xususiyatidan foydalaniladi:

    3.5.2-rasm.
    FileName qatori yordamida diskda yoki birorta papkadagi fayl tanlanadi. Masalan, .mpg kengaytmali fayl bilan bog‘lash mumkin. So‘ngra AutoOpen xususiyatiga True qiymatini tanlash talab etiladi. Ushbu ketma-ketlik bajarilgandan so‘ng, loyiha F9 tugma orqali ishchi holatga o‘tkaziladi. Ishchi holatdagi loyiha oynasida Play tugmasini bosish orqali bog‘langan videoni ko‘rish mumkin:

    3.5.3-rasm.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. C++ Builder dasturlash muhitining System va Samples komponentalar palitrasidan foydalanish

    Download 14,73 Mb.