|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 132/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Ellipse metodi. Ellips (x1, y1, x2, y2) metodi joriy Pen parametrlari yordamida ellips yoki aylana chizadi. Shakl joriy Brush qiymatidagi rang bilan bo‘yaladi. Bunda x1, y1 va x2, y2 - ellipsni tasvirlaydigan koordinatalar hisoblanadi.
Metod quyidagi dastur kodi orqali bajariladi:
Image1->Canvas->Ellipse(x1, y1, x2, y2) ;
TextOut metodi. TextOut(x, y, "satr") metodi Canvasga x va y koordinataga belgilangan satrni yozadi. Bunda satr joriy shrift sozlamasiga muvofiq yoziladi. Harflarning foni joriy mo‘yqalam sozlamalari orqali aniqlanadi. PenPosning joriy holati ko‘rsatilgan satrning oxiriga o‘tadi. Canvasdagi satrning o‘rnini belgilash uchun satrni ko‘rsatishdan oldin, uning balandligi va uzunligini piksellarda aniqlaydigan metodlardan foydalanish mumkin. Bu maqsadlar uchun TextExtent, TextHeight va TextWidth metodlari mos keladi.
Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1. BitBtn tugmasining OnClick hodisasidan foydalanib, Label tugmasida “Mustaqil O‘zbekiston” satrini hosil qiling.
2. Loyiha oynasining OnClose hodisasidan foydalanib, “Dasturdan chiqish” xabarini hosil qiluvchi ilova yarating.
3. Loyiha oynasining OnResize hodisasidan foydalanib, “Oyna o‘lchamlari o‘zgardi” xabarini hosil qiluvchi ilova yarating.
4. Label tugmasini sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta bosganda, shrift o‘lchamini kattalashtiruvchi ilova yarating.
5. Klaviaturadan bosilgan harfli tugmaning kodini chop etuvchi ilova yarating.
6. Klaviaturadan bosilgan harfli tugmaning belgisini chop etuvchi ilova yarating.
7. Add metodidan foydalanib, ComboBox ro‘yxatida yangi element hosil qiling.
8. TextOut metodidan foydalanib, loyiha oynasining (100,150) koordinatasida “Dasturlashni o‘rganamiz” satrini hosil qiluvchi ilova yarating.
9. Loyiha oynasiga joylashtirilgan turli komponentalarni Hide va Show metodlari yordamida ko‘rinmaydigan va ko‘rinadigan holatga keltiruvchi ilova yarating.
10. LoadFromFile metodi yordamida diskda joylashgan grafik faylni Image maydonida hosil qiluvchi ilova yarating.
|
| |