• OnMouseDown va OnMouseUp
  • OnMouseDown va OnMouseUp hodisalari




    Download 14,73 Mb.
    bet128/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    OnMouseDown va OnMouseUp hodisalari. OnMouseDown hodisasi foydalanuvchi tomonidan komponent ustida sichqoncha tugmasi bosilganda sodir bo‘ladi. Shuningdek, unga bog‘langan OnMouseUp hodisasi ham mavjud bo‘lib, u obyekt ustida sichqoncha tugmasi bosib, qo‘yib yuborilganda hosil bo‘ladi.
    OnMouseDown va OnMouseUp hodisalaridan foydalanuvchi tomonidan sichqoncha tugmasi bosilgan va qo‘yib yuborilgan vaqtda zarur bo‘lgan amallarmi bajarish uchun foydalaniladi. Bu hodisalarda Sender, Shift, Button, X va Y parametrlari mavjud. Yuqori keltirilgan hodisalarda dastlabki ikkita parametr bilan tanishdik. Button parametrining qiymatlari sichqonchaning qaysi tugmasi bosilganligini anglatadi: mbLeft - chap, mbRight - o‘ng, mbMiddle - o‘rtada. X va Y parametrlari komponentaning foydalanuvchi sohasidagi sichqoncha ko‘rsatgichining koordinatalarini aniqlaydi.
    2-misol. Loyiha oynasida sichqoncha ko‘rsatkichi koordinatalarini aniqlash dasturi.
    Loyiha oynasiga ikkita Label komponentasi joylashtiriladi va loyiha oynasining OnMouseDown hodisasiga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    if (Button == mbLeft) Labell->Caption = "Sichqonchaning chap tugmasi bosilgan";
    if (Button == mbRight) Labell->Caption = "Sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilgan";
    if (Button == mbMiddle) Labell->Caption = "Sichqonchaning o‘rta tugmasi bosilgan";
    Label2->Caption = "Sichqoncha koordinatalari: "X =" + String(X) + "Y =" + String (Y);
    Yuqorida keltirilgan ketma-ketliklar bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga o‘tkaziladi. Bundan so‘ng, foydalanuvchi tomonidan sichqoncha tugmalari bosilganda, Label1 tugmasida sichqoncha tugmasi nomi (sichqonchaning o‘ng, chap va o‘rta tugmalari), Label2 tugmasida esa sichqoncha ko‘rsatkichi koordinatalari haqidagi xabar ko‘rsatiladi.
    OnChange hodisasi. OnChange hodisasi grafik sirt (Canvas) bilan bog‘liq bo‘lib, grafik obyektni o‘zgartirgandan keyin sodir bo‘ladi.
    OnChange hodisa ishlovchisi grafik obyekt o‘zgarganda va uning yangi sozlamalarini aks ettirganda kerakli amallarni bajarish uchun zarur hisoblanadi. Hodisa grafik sirtdagi tasvirni o‘zgartirgandan so‘ng darhol hosil bo‘ladi. Bunda har qanday chizish usuli chaqirilganda, quyidagi amallar ketma-ketligi namoyon bo‘ladi:
    1. OnChanging hodisasi sodir bo‘ladi;
    2. TCanvas deb nomlangan grafik sirt usuli tasvirga o‘zgartirishlar kiritadi;
    3. OnChange hodisasi yuzaga keladi.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    OnMouseDown va OnMouseUp hodisalari

    Download 14,73 Mb.