|
-§. C++ Builder dasturlash muhitining Win32 komponentalar palitrasidan foydalanish
|
bet | 124/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023 3.4-§. C++ Builder dasturlash muhitining Win32 komponentalar palitrasidan foydalanish
Komponentlar hodisalari. Borland C++ Builder dasturlash muhitida foydalanuvchining dastur bilan bo‘ladigan barcha aloqalari sichqoncha yoki klaviatura yordamida amalga oshiriladi. Masalan, sichqoncha va klaviaturani bosish yoki sichqonchini yurgizish kabilarni keltirish mumkin. Bular hodisalar hisoblanib, ular foydalanuvchi tomonidan qandaydir harakatlar amalga oshirilganda kiritilgan dastur kodlari bajarilishi kerakligini aniqlaydi.
Vizual kompanentalar turli ko‘rinishli hodisalarni yuzaga keltirishi va ularni qayta ishlash imkoniyatlariga ega. Umumiy hodisalar guruhlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Boshqaruv elementlarini tanlash;
2. Sichqoncha ko‘rsatkichini harakatlantirish (ko‘chirish);
3. Klaviatura tugmasini bosish;
4. Boshqaruv elementi tomonidan qiymat kiritishni faollashtirish;
5. Obyektlarni drag - and - drop usulida ko‘chirish.
C++ Builderda dastur kodlarini kiritish hodisalarni boshqarish funksiyalari yordamida amalga oshiriladi. Dastur foydalanuvchi harakatlariga javoban qandaydir ishni bajarishi uchun, dasturchi tomonidan tegishli hodisani boshqarish funksiyasini yozish talab etiladi. Bunda komponentlar hodisalarini boshqarishning ko‘p qismi dasturlash muhiti tomonidan amalga oshiriladi. Shuning uchun, standart hodisalardan farq qiladigan holatlardagina, dasturchi hodisalarni boshqarish funksiyalarini o‘zi ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.
Quyida jadvalda C++ Builder dasturlash muhitining hodisalari bilan tanishib chiqamiz.
3.4.1-jadval
Hodisa nomi
|
Hodisa sodir bo‘lganda
|
OnActivate
|
Obyektni faollashtirishda namoyon bo‘ladi.
|
|
|
| |