|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 122/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.202310. ReplaceDialog tugmasidan foydalanish. ReplaceDialog tugmasi loyihada Заменить muloqot oynasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Tugmani loyiha oynasiga joylashtirish uchun Dialogs komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, ReplaceDialog1 tugmasi hosil qilinadi. ReplaceDialog tugmasi yordamida satrning biror qismini boshqasiga almashtirish uchun foydalaniladigan muloqot oynasi quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
3.3.38-rasm.
Ushbu tugmaning Object Inspector oynasidagi asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: FindText qatoriga foydalanuvchi tomonidan qidirilishi lozim bo‘lgan satr kiritiladi; ReplaceText qatoriga FindTextga kiritilgan satrni almashtirishi lozim bo‘lgan satr kiritiladi.
1-misol. ReplaceDialog tugmasi yordamida Memo maydoniga kiritilgan satrni almashtiruvchi ilova tayyorlash.
ReplaceDialog tugmasi yordamida Memo maydoniga kiritilgan satrni almashtiruvchi ilova tayyorlash uchun loyiha oynasiga Standart komponentalar pakitrasidan Button1, Memo1 va Dialogs komponentalar pakitrasidan ReplaceDialog1 tugmalari joylashtiriladi. Button1 tugmasining Caption qatoriga “Almashtirish, Memo1ning Name qatoriga esa “Matn_Sohasi” jumlalari kiritiladi:
3.3.39-rasm.
“Almashtirish” tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
ReplaceDialog1->FindTextA=Matn_Sohasi->SelText;
ReplaceDialog1->Execute();
}
3.3.40-rasm.
ReplaceDialog tugmasining Object Inspector oynasini Events bo‘limidagi OnFind qatoriga sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi. Hosil bo‘lgan dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
if (ReplaceDialog1->Options.Contains(frReplaceAll))
ReplaceDialog1Replace(Sender);
}
3.3.41-rasm.
Bundan so‘ng OnReplace qatoriga sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi. Hosil bo‘lgan dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
if (Matn_Sohasi->SelText != "")
Matn_Sohasi->SelText = ReplaceDialog1->ReplaceText;
else
if (ReplaceDialog1->Options.Contains(frReplace))
{
ShowMessage(ReplaceDialog1->FindText +" topilmadi");
return;
}
if (ReplaceDialog1->Options.Contains(frReplaceAll))
ReplaceDialog1Find(Sender);
}
3.3.42-rasm.
Yuqorida keltirilgan amallar bajarilgandan so‘ng, loyiha oynasi kompyuter xotirasiga saqlanib, F9 tugma yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi. Ishchi holatdagi loyiha oynasida Memo maydoniga biror bir matn kiritiladi va “Almashtirish” tugmasi bosiladi. Qidirilayotgan satr va u almashtiriladigan satr kiritilib, “Заменить” tugmasi bosiladi. Agar satr mavjud bo‘lsa, satrlar almashtiriladi:
3.3.43-rasm.
|
| |