|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 120/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.20236. ColorDialog tugmasidan foydalanish. ColorDialog tugmasi loyihada Цвет muloqot oynasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ushbu tugmadan foydalanish uchun Dialogs komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasining ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, ColorDialog1 tugmasi hosil qilinadi. Mazkur tugmaning muloqot oynasi quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
3.3.26-rasm.
ColorDialog tugma yordamida foydalanuvchi mavjud palitrasidan yoki Определить цвет tugmasi orqali kerakli rangni tanlashi mumkin.
1-misol. ColorDialog tugmasi yordamida loyiha oynasi rangini o‘zgartirish.
ColorDialog tugmasi yordamida loyiha oynasi rangini o‘zgartirish uchun Standart komponentalar palitrasidan Button1 va Dialogs komponentalar palitrasidan ColorDialog1 tugmalari joylashtiriladi. Button1 tugmasining Caption qatoriga “Forma rangi” jumlasi kiritiladi:
3.3.27-rasm.
Button1, ya’ni, “Forma rangi” tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
if (ColorDialog1->Execute())
Form1->Color=ColorDialog1->Color;
}
3.3.28-rasm.
Hosil bo‘lgan loyiha oynasi kompyuter xotirasiga saqlanib, F9 tugma yordamida ishchi holatga o‘tkazilib, “Forma rangi” tugmasi bosiladi. Hosil bo‘lgan ranglar palitrasidan biror bir rang tanlanadi va OK tugmasi bosiladi:
3.3.29-rasm.
Natijada, rang tanlangan so‘ng, loyiha oynasining rangi o‘zgaradi:
3.3.30-rasm.
7. PrintDialog tugmasidan foydalanish. PrintDialog tugmasi loyihada Печать muloqot oynasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ushbu tugmadan foydalanish uchun Dialogs komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasining ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, PrintDialog1 tugmasi hosil qilinadi. Ushbu tugmaning muloqot oynasini ko‘rinishi quyidagicha namoyon bo‘ladi:
3.3.31-rasm.
Foydalanuvchi bunda printerni sozlash ishlarini amalga oshirishi mumkin. PrintDialog tugmasi chop qilishni amalga oshirmaydi. U faqat chop qilish xususiyatlarini sozlaydi. Chop qilish uchun esa Printer tugmasidan foydalaniladi.
8. PrinterSetupDialog tugmasidan foydalanish. PrinterSetupDialog tugmasi loyihada Настройка печати muloqot oynasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Undan foydalanish uchun Dialogs komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, PrinterSetupDialog1 tugmasi hosil qilinadi. PrinterSetupDialog tugmasining muloqot oynasi quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
3.3.32-rasm.
|
| |