|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 117/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.20231-misol. SaveDialog yordamida Memo maydoniga kiritilgan ma’lumotlarni faylga saqlash.
SaveDialog tugmasi yordamida Memo maydoniga kiritilgan ma’lumotlarni fayl sifatida kompyuter xotirasiga saqlash uchun loyiha oynasiga Standart komponentalar palitrasidan Button1, Memo1 va Dialogs komponentalar palitrasidan SaveDialog1 tugmalari joylashtiriladi. Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
if(SaveDialog1->Execute())
Memo1->Lines->SaveToFile(SaveDialog1->FileName);
}
3.3.11-rasm.
Hosil bo‘lgan loyiha oynasi kompyuter xotirasiga saqlanib, F9 tugma yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi. Ishchi holatga o‘tkazilgan loyiha oynasidagi Memo maydoniga biror bir matn kiritiladi:
3.3.12-rasm.
Bundan so‘ng “Saqlash” tugmasi bosiladi. Natijada, quyidagi Сохранить как muloqot oynasi hosil bo‘ladi:
3.3.13-rasm.
Ushbu oynaning Имя файла qatoriga biror bir nom beriladi, ya’ni “bayram.txt” fayl nomi yozilib, Сохранить tugmasi bosiladi. Natijada, joriy papkada “bayram.txt” fayli hosil bo‘ladi.
3. OpenPictureDialog tugmasidan foydalanish. OpenPictureDialog tugmasi loyihada grafik fayllar uchun Открыть muloqot oynasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Undan foydalanish uchun Dialogs komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, OpenPictureDialog1 tugmasi hosil bo‘ladi. OpenPictureDialog tugmasining muloqot oynasi quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
3.3.14-rasm.
Ushbu tugmaning Object Inspector oynasidagi asosiy xususiyati FileName (tanlangan faylning nomi) bandi hisoblanadi. Xususiyatning qiymatini muloqot oynasi ochilmasdan oldin ham ko‘rsatish mumkin. Xususiyatga kiritilgan fayl nomi yuqoridagi muloqot oynasining Имя файла bandida paydo bo‘ladi.
|
| |