• ColorBox1
  • 1-misol.
  • Chart1
  • Object Inspector
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet113/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    16. ColorBox tugmasidan foydalanish. ColorBox tugmasi loyiha oynasida ranglar ro‘yxatini hosil qiladi. ColorBox tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, ColorBox1 tugmasi hosil qilinadi.
    Ro‘yxatdagi ranglar to‘plami Style xususiyati orqali sozlanadi. Ro‘yxatdan tanlangan rang Selected xususiyatida namoyon bo‘ladi. Color xususiyati mavjud bo‘lgan barcha tugmalarga ColorBox tugmasini bog‘lash mumkin. Buning uchun joriy tugma yoki loyiha oynasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi yoziladi:
    Komponenta_nomi->Color = ColorBoxn->Selected;
    1-misol. Loyiha oynasi rangini ColorBox tugmasi yordamida o‘zgartirish.
    Loyiha oynasi rangini ColorBox tugmasi yordamida o‘zgartirish uchun, unga Additional komponentalar palitrasidan ColorBox tugmasi joylashtiriladi va uning dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    {
    Form1->Color = ColorBox1->Selected;
    }
    Hosil bo‘lgan loyiha oynasi kompyuter xotirasiga saqlanib, F9 tugma yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi:

    3.2.22-rasm.
    17. Chart tugmasidan foydalanish. Chart tugmasi loyiha oynasida turli xil diagramma va grafiklarni hosil qiladi. Chart tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, Chart1 tugmasi hosil qilinadi. Ushbu tugma turli xil diagramma va grafikalar hosil qilish imkonini yaratadi:

    3.2.23-rasm.
    Chart tugmasiga turli xil diagramma turlarining bir xil ma’lumotlari seriyasini o‘rnatish mumkin. Undan so‘ng, ulardan biri istalgan vaqtda faol holga keltirilib, foydalanuvchiga ma’lumotlarini aks ettiradigan diagramma turini tanlashni taqdim etadi.
    Ushbu tugmaning Object Inspectorida diagramma muharririning ma’lum bir sahifasini - diagrammalarning barcha xususiyatlarini sozlash imkoni mavjud.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.