|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 111/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.20231-misol. ValueListEditor tugmasi orqali foydalanuvchining Familiya, Ism, Sharifi, Login, Tug‘ilgan yili, Tug‘ilgan joyi, Manzili, Telefon raqamini kirituvchi ilova yaratish.
Foydalanuvchi haqida ma’lumotlar kirituvchi ilova yaratish uchun loyiha oynasiga Additional komponentalar palitrasidan ValueListEditor1 tugmasi joylashtiriladi. Uning Object Inspectoridan quyidagi o‘zgartirishlar hosil qilinadi: TitleCaptions qatoriga “Kalit maydon” va “O‘rnatilgan qiymat” satrlari kiritiladi; FixedCols qatoriga 1 qiymat kiritiladi; Strings qatoriga Familiya, Ism, Sharif, Login, Tug‘ilgan yili, Tug‘ilgan joyi, Manzili, Telefon raqam satrlari kiritilib, OK tugmasini bosiladi:
3.2.17-rasm.
Yuqorida keltirilgan ketma-ketliklar bajarilgandan so‘ng, Object Inspectori oynasining Events bo‘limini OnShow qatoriga sichqoncha tugmasini ikki marta bosgan holda quyidagi dastur kodi kiritiladi:
void __fastcall TForm1::FormShow(TObject *Sender)
{
ValueListEditor1->ItemProps[6]->EditStyle=esPickList;
ValueListEditor1->ItemProps[6]->PickList->Add("O‘zbekiston");
ValueListEditor1->ItemProps[6]->PickList->Add("Samarqand");
ValueListEditor1->ItemProps[6]->PickList->Add("Paxtachi");
ValueListEditor1->ItemProps[4]->EditMask="99/99/9999";
}
3.2.18-rasm.
ValueListEditor tugmasining Object Inspectorida mavjud bo‘lmagan ItemProps xususiyati ham mavjud. Unda ro‘yxat elementlari xususiyati saqlanadi. Agar siz jadvaldagi 2-satr xususiyatini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, tegishli tugmaning dasturlash maydoniga ValueListEditor1->ItemProps[1] dastur kodi yoziladi. E’tibor bering, ko‘pchilik tugmalar singari bunda ham raqamlash noldan boshlanadi. Ya’ni, bir qiymat kam yozish talab etiladi. Bundan tashqari yana EditStyle xususiyati ham mavjud. EditStyle – ma’lumot kiritish qatori ko‘rinishini sozlaydi. Yuqoridagi dasturning birinchi qatorida 7-satr elementi (ValueListEditor1->ItemProps[6]->EditStyle)ga esPickList qiymatini o‘zlashtirilgan. Ushbu qiymat yettinchi satrda pastga ochiluvchi ro‘yxat hosil qiladi. Bundan so‘ng 7-satrdagi pastga ochiluvchi ro‘yxat elementlari kiritiladi: ValueListEditor1->ItemProps[6]->PickList->Add(Element matni). EditMask tugmaning yana bir xususiyati shundan iboratki, ya’ni, belgilangan formatli ma’lumotlarni kiritishda foydalaniladi. Yuqorida qayd etilgan dastur kodidagi oxirgi qatorda 5-element uchun ma’lumot formati o‘zgartirildi.
Ushbu keltirilgan ketma-ketliklar bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga o‘tkaziladi:
3.2.19-rasm.
|
| |