|
sbsNone – oddiy holat (chegara ko‘rinmaydi).
3.2.16-rasm.
12. ControlBar
|
bet | 109/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023sbsNone – oddiy holat (chegara ko‘rinmaydi).
3.2.16-rasm.
12. ControlBar tugmasidan foydalanish. ControlBar tugmasi loyiha oynasida uskunalar panelining tarkibiy qismlarini joylashtirish uchun panel hosil qiladi. ControlBar tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, ControlBar1'>ControlBar1 tugmasi hosil qilinadi.
ControlBar sohasida joylashgan tugmalarni sichqoncha yordamida harakatlantirish mumkin. Buning uchun loyiha oynasiga ControlBar tugmasi joylashtiriladi va uning sohasiga lozim bo‘lgan tugmalar o‘rnatiladi. Loyiha oynasi ishchi holatga o‘tkazilganda, ushbu tugmalarni harakatlantirish mumkin.
Misol uchun loyiha oynasiga ControlBar tugmasi joylashtirilib, uning sohasiga bir nechta SpeedButton va Edit tugmalari joylashtiriladi:
3.2.16-rasm.
13. ApplicationEvents tugmasidan foydalanish. ApplicationEvents tugmasi komponentalar palitrasidagi tugmalarni ish faoliyatini boshqaradi. ApplicationEvents tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, ApplicationEvents1 tugmasi hosil bo‘ladi.
C++ Builderning 5 versiyasidan boshlab dastur kutubxonasida ApplicationEvents tugmasi mavjud. Ushbu tugma Application obyekti hodisalarini boshqaradi. Shunigdek, vizual bo‘lmagan ApplicationEvents tugmasida hodisa qayta ishlovchisi sifatida yozilishi ham mumkin. Har bir loyiha oynasiga ApplicationEvents tugmasini joylashtirish mumkin. Natijada, ilova obyekti hodisalari, ushbu tugmalarning barchasiga yuboriladi. Agar hodisa asosan ulardan biriga yuborilishi talab etilsa, unda ApplicationEvents tugmalar ketma-ketligini tartiblashtirishda Activate xususiyatidan foydalaniladi.
Agar boshqa ApplicationEvents tugmalari bir vaqtning o‘zida hodisalarni qabul qilishi talab etilmasa, joriy tugmaning CancelDispatch xususiyatidan foydalaniladi. Bunda boshqa ApplicationEvents tugmalari, ushbu hodisalarni qabul qilmaydi.
|
| |