|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 105/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023stCircle – aylana;
stEllipse – ellips;
stRectangle – to‘g‘ri to‘rtburchak;
stRoundRect – burchaklari yoysimon to‘g‘ri to‘rtburchak;
stRoundSquare - burchaklari yoysimon kvadrat;
stSquare – kvadrat.
Hosil qilingan geometrik shakllar o‘lchamlari Height va Width xususiyatlari orqali o‘zgartiriladi. Geometrik shakllarning ichki fon rangini tahrirlash uchun Brush xususiyatidan foydalaniladi. Brush xususiyati tarkibida ikkita bo‘lim mavjud. Bular: Color – fon rangi; Style – bo‘yash usuli.
Shakllarning chizig‘ini tahrirlash uchun esa Pen xususiyatidan foydalaniladi. Pen xususiyati tarkibida to‘rtta bo‘lim mavjud:
Komponenta xususiyatlarini dinamik ravishda ham o‘zgartirish mumkin. Masalan, fon rangini o‘zgartirish uchun joriy tugma yoki loyiha oynasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi yoziladi:
Shape1->Brush->Color=clRed;
1-misol. A va B butun sonlar berilgan. Tomonlari mos ravishda A va B ga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak tasvirini hosil qilish. To‘rtburchakning fon rangini yashil, chiziq rangini qizil holatga keltirish va yuzasini hisoblash dasturi.
Ushbu qo‘yilgan masalani yechish uchun loyiha oynasiga Standart komponentalar palitrasidan 1 ta Button, 2 ta Edit, 1ta Label va Additional komponentalar palitrasidan 1 ta Shape tugmalari joylashtiriladi. Shape tugmasining Object Inspectorida balandligi (Height) va eni (Width)ni bir pikselga tenglashtiriladi. Ushbu amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, Button tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
int a=StrToInt(Edit1->Text);
int b=StrToInt(Edit2->Text);
Shape1->Shape=stRectangle;
Shape1->Height=a;
Shape1->Width=b;
Shape1->Brush->Color=clGreen;
Shape1->Pen->Color=clRed;
int s=a*b;
Label1->Caption=IntToStr(s);
}
Hosil qilingan loyiha oynasi kompyuter xotirasiga saqlanadi va F9 tugmasi yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi:
3.2.12-rasm.
|
| |