• Bevel tugmasi Standart
  • ScrollBox1
  • HorzScrollBar va VertScrollBar
  • CheckListBox1
  • State va Checked
  • Object Inspector
  • Bevel tugmasidan foydalanish. Bevel




    Download 14,73 Mb.
    bet106/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    7. Bevel tugmasidan foydalanish. Bevel tugmasi yordamida loyiha oynasida uzuk chiziqli, bo‘rtib chiqqan yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi soha hosil qilish uchun foydalaniladi. Bevel tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, Bevel1 tugmasi hosil qilinadi. Bevel tugmasi Standart komponentalar palitrasidagi Panel va GroupBox tugmalari singari vazifani bajaradi.
    8. ScrollBox tugmasidan foydalanish. ScrollBox tugmasi loyiha oynasida yurgichli yo‘lakchaga ega bo‘lgan soha hosil qiladi. ScrollBox tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, ScrollBox1 tugmasi hosil qilinadi. ScrollBox tugmasi o‘zida katta maydonni egallaydigan qismlarni joylashtirish uchun foydalaniladi. ScrollBox tugmasining balandligi va kengligi katta o‘lchamga keltiriladi va unga kerakli tugmalar joylashtiriladi. Bundan so‘ng ScrollBox zaruriy o‘lchamgacha kichiklashtiriladi. ScrollBox tugmasining BorderStyle xususiyati orqali chegara uslubini sozlash mumkin. ScrollBoxga joylashtirilgan tugmalar, uning maydonidan katta bo‘lsa, AutoScroll xususiyati yordamida gorizontal va vertikal siljitish yo‘lakchalaridan foydalanish mumkin. Gorizontal va vertikal siljitish yo‘lakchalarini alohida hosil qilish ham mumkin. Buning uchun HorzScrollBar va VertScrollBar xususiyatlaridan foydalaniladi.
    9. CheckListBox tugmasidan foydalanish. CheckListBox tugmasi orqali loyiha oynasida ListBox xususiyatlari va CheckBox ko‘rsatkichlarining bitta tarkibiy qismdagi kombinatsiyasi hosil qilinadi. CheckListBox tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, CheckListBox1 tugmasi hosil qilinadi. CheckListBox tugmasi Standart komponentalar palitrasidagi ListBox tugmasini analogidir, lekin foydalanuvchi holatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ro‘yxatning har bir qatorida CheckBox tugmasi joylashgan. CheckListBox tugmasining ro‘yxat elementlarini xosil qilish uchun Object Inspectoridagi Items xususiyatidan foydalaniladi. Ro‘yxat elementlarining har birida tanlash belgisini qo‘yish mumkin bo‘lgan indikator mavjud:

    3.2.13-rasm.
    Bunda indikator holatini ikkita xususiyat aniqlaydi. Ya’ni, State va Checked xususiyatlari. Foydalanuvchi CheckListBox tugmasini sichqoncha yordamida bosganda indikator holati ketma-ket quyidagi uchta holatga o‘zgaradi: belgilangan; oraliq qiymat ya’ni, kulrang indikator; belgilanmagan. Bu holatlar State xususiyatining uchta qiymati orqali aniqlanadi: cbChecked; cbGrayed; cbUnchecked.
    Indikator holatini Statedan tashqari Checked xususiyati orqali ham aniqlash mumkin. Buning uchun Object Inspector oynasining Checked qatoriga true qiymatini o‘zlashtirish orqali tanlash belgisi hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, State qatoriga cbChecked qiymati tanlansa ham tanlash belgisi hosil bo‘ladi:

    3.2.14-rasm.
    Agar Object Inspector oynasining Checked qatoriga false qiymat, hamda State xususiyatiga cbUnchecked yoki cbGrayed qiymatlari o‘zlashtirilsa, tanlash belgisi hosil bo‘lmaydi.
    Yuqoridagi ikkita xususiyatni ham massiv elementi sifatida qarash mumkin. Har bir element satr tartib raqamiga tegishli hisoblanadi (Satrlarni raqamlash noldan boshlanadi). Bu xususiyatlar oldindan dasturga kiritib qo‘yilishi yoki foydalanuvchi tomonidan dinamik tarzda aniqlanishi mumkin. Masalan, joriy tugma yoki loyiha oynasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bevel tugmasidan foydalanish. Bevel

    Download 14,73 Mb.