|
-misol. Loyiha oynasiga rasmni yuklab, uni xotiraga saqlovchi ilova yaratish. Loyiha oynasiga Image
|
bet | 104/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.20231-misol. Loyiha oynasiga rasmni yuklab, uni xotiraga saqlovchi ilova yaratish. Loyiha oynasiga Image tugmasi yordamida rasmni yuklab, uni xotiraga saqlovchi ilova yaratish uchun loyiha oynasiga Additional komponentalar palitrasidan 1 ta Image va Standart komponentalar palitrasidan 2 ta Button tugmalari joylashtiriladi. Button tugmalarining Object Inspectoridagi Caption qatoriga mos ravishda “Ochish” va “Saqlash” jumlalari kiritiladi. Yaratilgan loyiha kompyuter xotirasida yangi papka xosil qilib, saqlanadi va joriy papkaga “C++Builder.jpg” nomli fayl ham saqlanadi.
3.2.9-rasm.
“Ochish” tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
Image1->Picture->LoadFromFile("C++Builder.jpg");
}
“Saqlash” tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
{
Image1->Picture->SaveToFile("Rasm.jpg");
}
Ushbu dastur kodlari kiritilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga o‘tkaziladi. Bundan “Ochish” tugmasi bosilsa tasvir loyiha oynasida xosil bo‘ladi. “Saqlash” tugmasini bosish orqali esa yuklangan tasvir joriy katalogga “Rasm.jpg” nomi bilan saqlanadi:
3.2.10-rasm.
6. Shape tugmasidan foydalanish. Shape tugmasi loyiha oynasida aylana, ellips, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak hamda burchaklari, yoysimon kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak kabi geometrik shakllarni hosil qiladi. Shape tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, Shape1 tugmasi hosil qilinadi:
3.2.11-rasm.
Loyiha oynasiga joylashtirilgan Shape tugmasini geometrik shakllarining turi Object Inspectorini Shape xususiyati orqali tanlanadi. Shape xususiyatida quyidagi shakllarni tanlash imkoniyati mavjud:
|
| |