• LabeledEdit1
  • Standart
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet112/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    15. LabeledEdit tugmasidan foydalanish. LabeledEdit tugmasi loyiha oynasida Label va Edit tugmalar birikmasini hosil qiladi. LabeledEdit tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, LabeledEdit1 tugmasi hosil qilinadi. LabeledEdit1 tugmasining ustki qismida satr hosil qilish sohasi hamda uning ostki qismida tahrirlash sohasi mavjud. Bu ikkita soha alohida xususiyatlar orqali boshqariladi. Tugmaning Object Inspector oynasidagi EditLabel bo‘limi orqali ochiladigan (yashil rangli) xususiyatlar tugma ustidagi satr xususiyatlarini boshqaradi, qolgan bo‘limlar esa ostki qismdagi tahrirlash maydoni xususiyatlarini boshqaradi.
    LabeledEdit1 tugmasida satr xosil qilish uchun Object Inspector oynasining EditLabel bo‘limidagi Caption qatoridan foydalaniladi. Mazkur tugmada satrni dinamik tarzda ham hosil qilish mumkin. Buning uchun joriy tugma yoki loyiha oynasining dasturlash maydoniga LabeledEdit1->EditLabel->Caption=”Satr” dastur kodi yoziladi. Tahrirlash maydonidagi satr esa Text qatori orqali aniqlanadi.
    1-misol. LabeledEdit1 tugmasidan foydalangan holda R radiusli doira yuzini hisoblovchi ilova yaratish.
    R radiusli doira yuzini hisoblovchi ilova yaratish uchun loyiha oynasiga Standart komponentalar palitrasidan 1 ta Button va Additional komponentalar palitrasidan 1 ta LabeledEdit tugmalari joylashtirilib, Button tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    {
    float R;
    R=StrToFloat(LabeledEdit1->Text);
    float s=2*M_PI*R*R;
    LabeledEdit1->EditLabel->Caption=FloatToStr(s);
    }
    Bu yerda M_PI standart o‘zgarmas, undan foydalanish uchun dasturlash oynasining sarlavha oynasiga #include kutubxona faylini qo‘shish talab etiladi:

    3.2.20-rasm.
    Hosil bo‘lgan loyiha oynasi kompyuter xotirasiga saqlanib, F9 tugma yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi:

    3.2.21-rasm.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.