|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 110/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023ApplicationEvents tugmasining ko‘plab voqea ishlovchilari Handled parametriga mos qiymat orqali uzatiladi. Parametr odatda false qiymat qabul qiladi. Agar siz tegishli hodisani ko‘rib chiqsangiz va uni boshqa ApplicationEvents tugmalari tomonidan qayta ishlashini istamasangiz, Object Inspector oynasining Handled qatoriga true qiymat tanlanishi lozim bo‘ladi.
14. ValueListEditor tugmasidan foydalanish. ValueListEditor tugmasi loyiha oynasida turli ma’lumotlarni tahrirlash uchun jadval hosil qiladi. ValueListEditor tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, ValueListEditor1 tugmasi hosil qilinadi. Mazkur tugmaning Object Inspector oynasida quyidagi asosiy xususiyatlari mavjud:
- DefaultColimnWidth – ustun kengligi;
- DefaultColimnHeight – satr balandligi;
- DisplayOption – tugmani tasvirlash sozlamalari. Uning uchta bo‘limi mavjud: doColumnTitles – ustun sarlavhasini ko‘rsatish; doAutoColResize – ustun o‘lchamini avtomatik o‘zgartish; doKeyColFixed – kalit ustunni feksirlash;
- TitleCaptions – ustun sarlavhasi. Ushbu xususiyat sichqoncha tugmasi yordamida ikki marta bosilsa, sarlavha nomini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan oddiy matn muharriri paydo bo‘ladi;
- FixedColor – feksirlangan ustun rangi;
- FixedCols – feksirlangan ustunlar soni;
- KeyOption – kalit maydon sozlamalarining quyidagi bo‘limlari mavjud: keyEdit – kalit nomini tahrirlash; keyAdd – kalitlarni qo‘shish; keyDelete – kalitlarni o‘chirish; keyUnique – kalit unikal bo‘lishi (Agar FixedColsga qiymat berilgan bo‘lsa KeyOption sozlamalari ishlamaydi).
- Strings – Xususiyat nomlari. Bu tahrirlash oynasi ikkita ustundan iborat. Birinchi ustunda xususiyat (kalit) nomlari, o‘ng tomonda esa ular qabul qiladigan qiymatlar kiritiladi.
|
| |