• 4. SavePictureDialog
  • SavePictureDialog1
  • Имя файла
  • Standart
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet118/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    OpenPictureDialog va OpenDialog tugmalarining imkoniyatlari deyarli bir xil. Yagona farq shundaki OpenPictureDialog tugmasining Filter xususiyatida grafik fayllarning fayl kengaytmalari standart ravishda namoyon bo‘ladi:

    3.3.15-rasm.
    Ushbu oynada barcha grafik fayl turlari kiritilgan. Foydalanuvchi tomonidan ularga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
    4. SavePictureDialog tugmasidan foydalanish. SavePictureDialog tugmasi loyihada grafik fayllar uchun Сохраныть как muloqot oynasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Undan foydalanish uchun Dialogs komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, SavePictureDialog1 tugmasi hosil bo‘ladi. SavePictureDialog1 tugmasi grafik fayllarni saqlashda foydalaniladi. SavePictureDialog1 tugmasining muloqot oynasi quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:

    3.3.16-rasm.
    Ushbu tugmaning Object Inspector oynasidagi asosiy xususiyati FileName (tanlangan faylning nomi) bandi hisoblanadi. Xususiyatning qiymatini muloqot oynasi ochilmasdan oldin ham ko‘rsatish mumkin. Xususiyatga kiritilgan fayl nomi yuqoridagi muloqot oynasining Имя файла bandida paydo bo‘ladi.
    SavePictureDialog va SaveDialog tugmalarining imkoniyatlari deyarli bir xil. Yagona farq shundaki, SavePictureDialog tugmasining Filter xususiyatida grafik fayllarning fayl kengaytmalari standart ravishda namoyon bo‘ladi:

    3.3.17-rasm.
    Ushbu oynada barcha grafik fayl turlari kiritilgan. Foydalanuvchi tomonidan ularga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
    1-misol. Diskdagi grafik tasvirni loyiha oynasida ochish va yangi nom bilan diskka saqlash.
    Diskdagi grafik tasvirni loyiha oynasida ochish va yangi nom bilan diskka saqlash uchun loyiha oynasiga Standart komponentalar palitrasidan Button1, Button2, Additional komponentalar palitrasidan Image1, Dialogs komponentalar palitrasidan OpenPictureDialog1 va SavePictureDialog1 tugmalari joylashtiriladi. Button1 tugmasining Caption qatoriga “Ochish”, Button2 ga esa “Saqlash” jumlalari kiritiladi:

    3.3.18-rasm.
    “Ochish” tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    {
    if (OpenPictureDialog1->Execute())
    Image1->Picture->LoadFromFile(OpenPictureDialog1->FileName);
    }

    3.3.19-rasm.
    “Saqlash” tugmasining dasturlash maydoniga esa quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    {
    if (SavePictureDialog1->Execute())
    Image1->Picture->SaveToFile(SavePictureDialog1->FileName);
    }

    3.3.20-rasm.
    Hosil bo‘lgan loyiha oynasi kompyuter xotirasiga saqlanib, F9 tugma yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi. Ishchi holatga o‘tkazilgan loyiha oynasining “Ochish” tugmasi bosilsa, disk yoki papkadan tanlangan grafik fayl Image tugmasida ochiladi. “Saqlash” tugmasi orqali esa Image tugmasidagi rasm disk yoki papkaga fayl sifatida saqlanadi:

    3.3.21-rasm.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.