• Title
  • OpenDialog1
  • Сохранить файл как
  • SaveDialog1
  • Имя файла
  • OpenDialog tugmasining Object Inspector




    Download 14,73 Mb.
    bet116/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    OpenDialog tugmasining Object Inspectoridagi asosiy xususiyati FileName (tanlangan faylning nomi) qatori hisoblanadi. Xususiyatning qiymatini muloqot oynasi ochilmasdan oldin ham ko‘rsatish mumkin. Xususiyatga kiritilgan fayl nomi yuqoridagi muloqot oynasining Имя файла bandidan paydo bo‘ladi. Muloqot oynasining Тип файла bo‘limida fayllarning turini ko‘rsatish uchun tugmani Filter xususiyati sozlanadi:

    3.3.3-rasm.
    Ushbu tugmaning Title xususiyati orqali muloqot oynasiga nom berish mumkin.
    1-misol. OpenDialog yordamida matnli faylni Memo maydoniga yuklash.
    OpenDialog yordamida matnli faylni Memo tugmasiga yuklash uchun loyiha oynasiga Standart komponentalar palitrasidan Button1, Memo1 va Dialogs komponentalar palitrasidan OpenDialog1 tugmalari joylashtiriladi:

    3.3.4-rasm.
    OpenDialog1 tugmasining Filter qaoriga quyidagi sozlanmalar kiritiladi:

    3.3.5-rasm.
    Eslatma: Yaratilayotgan loyiga mos ravishda fayl turlarini ixtiyoriy kiritish mumkin.
    Bundan so‘ng Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    { if(OpenDialog1->Execute())
    Memo1->Lines->LoadFromFile(OpenDialog1->FileName); }

    3.3.6-rasm.
    Hosil bo‘lgan loyiha oynasi kompyuter xotirasiga saqlanib, F9 tugma yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi. Ishchi holatdagi loyiha oynasidan “Ochish” tugmasi sichqoncha yordamida bosilsa Открыть muloqot oynasi hosil bo‘ladi:

    3.3.7-rasm.
    Bu oynadan biror bir matnli fayl tanlanib, Открыть tugmasi bosiladi. Natijada, matnli fayl Memo1 maydonida ochiladi:

    3.3.8-rasm.
    2. SaveDialog tugmasidan foydalanish. SaveDialog tugmasi loyihada Сохранить файл как muloqot oynasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. SaveDialog tugmasidan foydalanish uchun Dialogs komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasining ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, SaveDialog1 tugmasi hosil qilinadi. Ushbu tugmadan fayllarni saqlashda foydalaniladi. Mazkur oynani ko‘rinishi quyidagicha:

    3.3.9-rasm.
    Ushbu tugmaning Object Inspectoridagi asosiy xususiyati FileName (tanlangan faylning nomi) qatori hisoblanadi. Xususiyatning qiymatini muloqot oynasi ochilmasdan oldin ham ko‘rsatish mumkin. Xususiyatga kiritilgan fayl nomi yuqoridagi muloqot oynasining Имя файла bandida paydo bo‘ladi. Muloqot oynasining Тип файла bo‘limida fayllarni turini ko‘rsatish uchun tugmani Filter xususiyati sozlanadi:

    3.3.10-rasm.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    OpenDialog tugmasining Object Inspector

    Download 14,73 Mb.