|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 107/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023CheckListBox1->Checked[1] = true;
CheckListBox->State[2] = cbGrayed;
Birinchi satrdagi dastur kodi CheckListBox tugmasining ikkinchi satriga tanlash belgisini o‘rnatadi. Ikkinchi satrdagi dastur kodi esa CheckListBox tugmasining uchinchi satrida tanlash belgisisiz holatni tasvirlaydi. Quyidagi dastur kodi orqali indikatorlarning barcha satrlari holatini boshqarish mumkin:
for ( i=0; i<=CheckListBox1->Items->Count - 1; i++ )
if ( CheckListBox1->Checked[i] ) ...
10. Splitter tugmasidan foydalanish. Splitter tugmasi loyiha oynasida foydalanuvchi tomonidan o‘lchamlari o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan panel hosil qiladi. Splitter tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, Splitter1 tugmasi hosil qilinadi. Ushbu tugmaning ResizeStyle xususiyati orqali paneldagi harakatlar sozlanadi. Uning Object Inspector oynasida quyidagi qiymatlari mavjud: rsPattern, rsLine, rsUpdate, rsNone.
Splitter tugmasining MinSize xususiyati panelning minimal o‘lchamini kiritish imkoniyatini yaratadi. Bunday minimal o‘lchamlarni belgilash lozim, shunda chegara ko‘chirilganda panelning o‘lchami nolga yoki boshqarish elementlari yo‘qoladigan hajmga kamaymaydi.
Panellarning minimal o‘lchamlarini alohida belgilash ham mumkin. Buning uchun joriy panelning Object Inspector oynasidagi MinWidth qatoriga tegishli qiymat kiritiladi. Masalan, Panel1 tugmasining Object Inspector oynasidan MinWidth qatoriga 50 qiymat kiritilsa, foydalanuvchi dasturni bajarish jarayonida, ushbu panelning balandligini 50 pikseldan kichiklashtirmaydi.
1-misol. Splitter tugmasi orqali panel o‘lchamlarini o‘zgartirish.
|
| |