|
Splitter tugmasi orqali panel o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun loyiha oynasiga Standart
|
bet | 108/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Splitter tugmasi orqali panel o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun loyiha oynasiga Standart komponentalar palitrasidan 3 ta Panel, Additional komponentalar palitrasidan 3 ta Shape va 2 ta Splitter tugmalari joylashtiriladi. Shape tugmalari mos ravishda Panellar ichida joylashgan bo‘lishi lozim. Shape tugmalari orqali doira tasvirlari hosil qilinadi. Panellarni ikkita Splitter tugmasi ajratib turishi lozim. Panel1 va Panel2 tugmalarining Object Inspector oynasidan Align qatoriga alTop qiymati tanlanadi. Panel3ning Align qatoriga esa alClient tanlanadi. Shape tugmalarining barchasida Align qatoriga alClient qiymati tanlanadi. Hosil bo‘lgan loyiha oynasi kompyuter xotirasiga saqlanadi va F9 tugmasi orqali ishchi holatga o‘tkaziladi. Ishchi holatdagi loyiha oynasida Splitter tugmasi sichqoncha yordamida siljitilganda Panelda joylashgan doira o‘lchamlari avtomatik o‘zgaradi:
3.2.15-rasm.
11. StaticText tugmasidan foydalanish. StaticText tugmasi loyiha oynasida satrlar hosil qilishda foydalaniladi. StaticText tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, StaticText1 tugmasi hosil qilinadi.
StaticText tugmasi Label ga o‘xshash bo‘lib, uning farqli jihati soha uslubini o‘rnatish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Yozuvlarni kiritish uchun Caption qatoridan foydalaniladi. Chegara uslubi BorderStyle xususiyati orqali aniqlanadi. StaticText tugmasining BorderStyle xususiyatini uch xil holatda sozlash mumkin:
sbsSingle – chegara chiziqli;
sbsSunken – botiq holatda;
|
| |