|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 131/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Add metodi. Add metodi tarkibida ro‘yxat yoki satrlari mavjud bo‘lgan komponentlarga qo‘llaniladi. Metod bajarilganda qo‘shilgan elementning indeksini o‘zlashtiradi. Masalan, i=ListBox1->ltems->Add(yangi ro‘yxat elementi); bunda i o‘zgaruvchiga parametr qiymatini o‘zlashtiriladi. Ro‘yxatdagi birinchi elementning indeksi har doim nolga teng bo‘ladi.
Bu metod Count xususiyatining qiymatini bittaga oshiradi. Agar Count va Capacity xususiyatlari qiymatiga teng bo‘lsa, u holda Capacity qiymati oshiriladi va xotira yangi elementlar uchun qayta taqsimlanadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, Count va Capacity xususiyatlarining qiymatlarini mos ravishda quyidagi dastur kodlari orqali ham aniqlash mumkin:
ListBox1->Item->Count va ListBox1->Item->Capacity
Hide metodi. Hide metodi komponentaning Visible xususiyatiga false qiymatni o‘zlashtirib, uni ko‘rinmas holga keltiradi. Agar komponent boshqa komponentlarning tarkibida bo‘lsa, u holda tarkibiy elementlar ham ko‘rinmas holga keltiriladi. Komponent ko‘rinmas holda bo‘lsa ham, uning xususiyatlari va metodlaridan dasturda foydalanish mumkin.
Show metodi. Show metodi ko‘rinmas komponentni ko‘rsatilishini ta’minlaydi. U komponentning Visible xususiyatiga rost qiymatni o‘rnatadi va uning ko‘rinishini tekshiradi.
Delete metodi. Delete metodi belgilangan indeksdagi elementni ro‘yxatdan o‘chiradi.
CanFocus metodi. CanFocus metodi komponenta foydalanuvchi xabarlarini qabul qila olashini aniqlaydi. Agar komponent va uning tarkibiy komponentlari Visible va Enabled xususiyatlariga true o‘rnatilgan bo‘lsa, metod true qiymatini o‘zlashtiradi. Aks holda, false o‘zlashtiriladi.
ChangeScale metodi. Komponentlarning masshtabini o‘zgartirish uchun ChangeScale(A,B) metodi qo‘llaniladi. Metodni qo‘llash orqali komponentaning joylashgan o‘rnini aniqlovchi Top va Left xususiyatlari hamda o‘lchamlarini aniqlovchi Width va Height xususiyatlarini boshqarish mumkin. Bunda A va B parametrlari yangi komponenta o‘lchamlarining oldingi o‘lchamlariga nisbatini aniqlaydi. Masalan, komponentaning hajmini asl qiymatining 50% gacha kamaytirish uchun A = 50 va B = 100 bo‘lishi talab etiladi. Bundan tashqari A = 1 va B = 2 ni ko‘rsatish orqali ham amalga oshirish mumkin.
Agar masshtabni kattalashtirish talab etilsa, A ning qiymati B dan katta bo‘lishi kerak. Masalan, ChangeScale(2,1); komponentning hajmini ikki baravar oshiradi.
|
| |