• C++ Builder
  • Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar




    Download 14,73 Mb.
    bet143/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
    1. C++ Builderda Gauge komponentasidan foydalanib loyiha tayyorlang?.
    2. MaxValue komponentasi xususiyatini tariflang
    3. MinValue komponentasi xususiyatini tariflang.
    4. iSpring dasturida test tuzing va uni .swf fayl kengaytma bilan saqlab, C++ Builderning loyiha oynasiga joylashtiring.
    5. C++ Builderda biron bir multimediali resurs tayyorlang.
    6. MediaPlayer tugmasidan foydalanib video fayllarni namoyish qiluvchi loyiha tayyorlang.
    7. MediaPlayer tugmasidan foydalanib video fayllarni Panel tugmasida namoyish qiluvchi loyiha tayyorlang.
    8. C++ Builderda Form1 oynasidan Form5 oynasiga o‘tuvchi va aksincha amal bajaruvchi loyiha tayyorlang.
    9. C++ Builderda bir nechta loyiha oynalaridan iborat bo‘lgan multimediali resurs tayyorlang.
    10. C++ Builderda matematik amallarni bajaruvchi amaliy dastur tayyorlang.

    IV-BOB. PYTHON DASTURLASH TILI
    4.1-§. Python dasturlash tili bilan tanishish. Pythonda ma’lumot turlari hamda to‘plamlari.
    Python dasturlash tilini yaratilishi 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABCtili Basic tili o‘rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g‘oyalarini o‘zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko‘plab xususiyatlarini o‘ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o‘zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996- yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O‘sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o‘zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas). Til tezda ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni ko‘paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD(Obyektga Yo‘naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo‘ldi. Bir qancha vaqt o‘tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko‘chib o‘tdi. Uni NRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o‘sha yerda ishladi va korparatsiya shug‘ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo‘sh ish vaqtlarida tilni interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo bo‘lguncha davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini yaratishga ketardi bu esa unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini rivojlantirishga vaqti qolmayotgandi. Shunda u o‘ziga tilni rivojlantirishga imkoniyat yaratib bera oladigan homiy izladi va uni o‘sha paytlarda endi tashkil etilgan BeOpen firmasi qo‘llab quvvatladi. U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga 8 binoan u Python 1.6 versiyasini chiqarib berishga majbur edi. BeOpen da esa u Python 2.0 versiyani chiqardi. 2.0 versiyasi bu oldinga qo‘yilgan katta qadamlardan edi. Bu versiyada eng asosiysi til va interpretatorni rivojlanish jarayoni ochiq ravishda bo‘ldi.
    Shunday qilib 1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo‘lsa, 2.0 versiyasi 2000- yil, 3.0 versiyasi esa 2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi versiyasi keng qo‘llaniladi.
    Python dasturlash tili imkoniyatlari Python – bu o‘rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma‘lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar

    Download 14,73 Mb.