O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




Download 14,73 Mb.
bet144/178
Sana13.05.2024
Hajmi14,73 Mb.
#230019
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   178
Bog'liq
Darslik 01.05.2023

Pythonning o‘ziga xosligi

  1. Oddiy, o‘rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot.

  2. Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotiraniboshqarishni hisobga olish shart emas.

  3. Ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi.

  4. Interpretatsiya qilinadigan til.

  5. Kengayishga moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo'ladi.

  6. Juda ham ko'p xilma-xil kutubxonalarga ega.

  7. xml/html fayllar bilan ishlash

  8. http so`rovlari bilan ishlash

  9. GUI(grafik interfeys)

  10. Veb saytlarni yaratish

  11. FTP bilan ishlash

  12. Rasmli audio video fayllar bilan ishlash

  13. Robot texnikada

  14. Matematik va ilmiy hisoblashlarni dasturlash

Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo‘q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan dasturlash tillari orasida eng yaxshisidir.
Python dasturini kompyuterga o‘rnatish bir necha bosqichlardan iborat.
https://www.python.org/downloads/windows/ orqali rasmiy veb saytiga kirib, kompyuteringizning texnik parametrlarini hisobga olgan holda eng so‘nggi versiyasini yuklab olamiz. Kompyuterning texnik parametrlariga, razryadi, (64 bit yoki 32 bit) qaysi operatsion sistema o‘rnatilganligi va boshqa parametrlar kiradi. Biz hozir sizga 64 bitli kompyuter uchun o‘rnatish jarayonini tushuntirib o‘tamiz.

4.1.1-rasm
Yuklab olib o‘rnatishni boshlaymiz. Pastdagi rasmlarda o‘rnatish jarayoni rasmlar ketma – ketligida keltirilgan.

4.1.2-rasm
Dastur ustiga sichqonchani ikki marta bosib, o‘rnatishni boshlaymiz. Quyidagi oyna hosil bo‘ladi.

4.1.3-rasm


Bu oynadan Add Python 3.7 to Path ga belgi qo‘yib, Install Now ni tanlaymiz.

4.1.4-rasm
Dastur o‘rnatib bo‘lingach Closeni bosib, ishni yakunlaymiz

4.1.4-rasm
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dastur o‘rnatib bo‘lingach, Python dasturlash tilining ishchi stoliga alohida belgisi hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun dasturni Pusk orqali ishga tushiramiz. Har doim yangi dastur bilan ishlashda IDLE ni ishga tushiramiz.

Download 14,73 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   178




Download 14,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

Download 14,73 Mb.