• Marketing” fanidan talabalar bilimini baholash mezoni.
  • Talabalar bilimini baholash mezonlari




    Download 0,64 Mb.
    bet10/12
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #244182
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    2.03. Marketing fan Sillabus 2023-2024

    Talabalar bilimini baholash mezonlari
    Talabalarning “Marketing” fanidan olgan bilimlari oraliq nazorat va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha baholanadi.
    Оrаliq nаzоrаt sеmеstrdа ikki mаrtа o‘tkаzilаdi, yakuniy nаzоrаt – sеmеstr yakunidа mаzkur fаn bo‘yichа nаzаriy bilim vа аmаliy ko‘nikmаlаrni tаlаbаlаr tоmоnidаn o‘zlаshtirish dаrаjаsini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
    Talabaning o‘zlashtirish natijalari “5” baho tizimda baholanadi.
    Marketing” fanidan talabalar bilimini baholash mezoni.
    “Marketing” fani bo‘yicha baholash mezonlari, nazorat turi, shakli, soni haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
    “Marketing” fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:

    • joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, hisob grafik ishi, nazorat ishi, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;

    oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o‘tkaziladi va shakli yozma, o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Talabalar roziligi asosida elementar matematika fanidan olingan test natijalari oraliq nazorat bahosiga tenglashtiriladi.

    • yakuniy nazorat (YAN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi.

    “Marketing” fani bo‘yicha talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.


    Download 0,64 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalar bilimini baholash mezonlari

    Download 0,64 Mb.