|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
|
bet | 11/12 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #244182 |
Bog'liq 2.03. Marketing fan Sillabus 2023-20245 baholiktizim
|
Talabalarning bilim darajasi
|
5
|
A’lo
|
Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.
|
4
|
Yaxshi
|
Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.
|
3
|
Qoniqarli
|
Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.
|
2
|
Qoniqarsiz
|
Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik. Bilmaslik.
|
ON vaYaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi.
JN va ONnazoratlarda “2“ (qoniqarsiz) baho olgan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.
ON turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi
YaN turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.
ON turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “ 2 ” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
YaN turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini o‘tkazilishi tegishli oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra, rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi.
“Marketing” fanidan oraliq nazorat savollari
1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati.
2. Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari va turlari
3. Bozor segmentatsiyasi asosiy tamoyillari.
4. Maqsadli bozor segmentlarini tanlash.
5. Tovarni bozorda joylashish pozitsiyasi.
6. Raqobat tushunchasi va mohiyati, raqobat turlari va shakllari.
7. Raqobatli ustunlik tushunchasi.
8. Tovarni raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari
9. Raqobatchilik strategiyalarini tanlash.
10.Tovar yoki xizmat tushunchalari, tovarning iste’mol xususiyatlari.
11. Tovar assortimenti va nomenklaturasi.
12. Tovar o‘ramasi va servis.
13.Tovarning“hayotiylik davri” va uning bosqichlari.
14.Yangitovarishlabchiqarishbosqichlari.
15. Tovar siyosatining tuzilishi.
16. Narxtushunchasivauningmohiyati.
17. Narxsiyosatinishakllantirish
18. Narx belgilash uslublari.
19. Tovarlarning yashash davri mobaynida narxlarning o‘zgaruvchanligi.
20.Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularning tuzilishi.
21. Tovar logistikasiniboshqarish
22.Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmog‘ini shakllantiruvchi omillar.
23.Talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirishning mohiyati.
24.Xaridorlarga va sotuvchilarga ta’sir etish uslublari.
25.Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmunivamaqsadlari.
26.Marketing kommunikatsiyasi kompleksi va unda reklamaning o‘rni.
27. Sotishni rag‘batlantirish va omma bilan aloqaning marketingdagi o‘rni
28. Interaktiv va raqamli marketingning mazmuni va mohiyati
29. Virtual bozorda raqamli marketing kommunikatsiyasi
30. O‘zbekistonda raqamli biznes rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.
“Marketing” fanidan yakuniy nazorat savollari
Marketing haqida tushuncha va uning mohiyati.
Yangi maxsulotni tayyorlash strategiyasi va tovarning hayotiylik davri.
Sanoat marketingi xususiyatlari.
Marketingning rivojlanish konsepsiyalari.
Yakuniy narx belgilash uslubiyoti.
Xizmatlar marketingi xususiyatlari.
Marketing maksadlari, tamoyillari va asosiy vazifalari.
Narxning kurinishlari, narxlashtirish buyicha yondashuvlar.
Xalqaro marketing xususiyatlari.
Marketingni tashkil etish va boshqarish.
Taqsimot kanallari va tovar harakati.
Marketingda strategik rejalashtirish.
Marketing tadqiqotlari mohiyati va tadqiqotlar olib borish usullari.
Bozorni segmentlashtirish va segmentlash tamoyillari, maqsadli bozorni tanlash,tovarni bozorda pozitsiyalash.
Reklama va uning ahamiyati.
Marketing axborotlar tizimi.
Tovar nima, tovarning uchta darajasini bilasizmi?
Marketing kommunikatsiya siyosati.
Korxona marketing faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar.
Tovarlarni tasniflashning asosiy ko‘rinishlari.
Chakana va ulgurji savdo.
Bozorni segmentlashtirish va segmentlash tamoyillari, maqsadli bozorni tanlash, tovarni bozorda pozitsiyalash.
Marketingni tashkil etish va boshqarish.
Tovar nima, tovarning uchta darajasini bilasizmi ?
Marketing tadqiqotlari mohiyati va tadqiqotlar olib borish usullari.
Xizmatlar marketingi xususiyatlari.
Tovarlarni tasniflashning asosiy ko‘rinishlari.
Marketing axborotlar tizimi.
Xalqaro marketing xususiyatlari.
Yangi mahsulotni tayyorlash strategiyasi va tovarning hayotiylik davri
Marketing axborotlar tizimi.
Xalqaro marketing xususiyatlari.
Yakuniy narx belgilash uslubiyoti.
Marketing haqida tushuncha va uning mohiyati.
Reklama va uning ahamiyati.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
|