• Mavzu : Raqamli iqtisodiyotdagi o’zgarishlar. REJA
  • Raqamlashtirish haqida tushuncha
  • Raqamlashtirish
  • Raqamli iqtisodiyot
  • Raqamli iqtisodiyotga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati
  • Aqlli uy ”, “Buyumlar interneti ”, “Xavfsiz yo‘llar ”, “Aqlli shahar ”, “Aqlli tibbiyot
  • 430 taga yaqin
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 337.83 Kb.
    bet1/4
    Sana13.11.2023
    Hajmi337.83 Kb.
    #97809
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Namuna referat
    2 5354896814413710189


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
    VAZIRLIGI

    Iqtisodiyot va ta’lim fakulteti
    “Iqtisodiyot” yo’nalishi
    4-guruh talabasi Yo’ldashev Axrorjon Egamnazar o’g’lining
    “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari” fanidan
    “Raqamli iqtisodiyotdagi o’zgarishlar” mavzusida tayyorlagan

    Qabul qildi: ______________
    Tayyorladi: ______________
    Qo‘qon 2023
    Mavzu: Raqamli iqtisodiyotdagi o’zgarishlar.
    REJA

    1. Raqamlashtirish haqida tushuncha.

    2. Iqtisodiyot haqida tushuncha.

    3. Raqamli iqtisodiyot 2030 konsepsiyasi.

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari.


    Raqamlashtirish haqida tushuncha Ayni paytda qaysi sohaga nazar tashlamang, “raqamli” so‘ziga duch kelasiz. Bugungi kun talabi shunday. Sohani rivojlantirmasangiz, uning kelajagini o‘ylamasangiz, unga eng so‘nggi rusumdagi texnik-uskunalarni, dasturiy mahsulotlarni joriy qilmasangiz, ishchi-xodimlar uchun kundan-kun qulay shart-sharoit yaratib bermasangiz, imkoniyat darajasida faoliyatingizda inson omilini kamaytirib bormasangiz, raqobatga bardosh berolmay, o‘z-o‘zidan chetga chiqib qolasiz. Sizning chetga chiqishingizning ortida esa qanchadan qancha inson taqdiri turganligini his qilib yashash zarur. Shunday ekan hozirda har bir rahbar bu borada yanada chuqurroq o‘ylashi talab qilinadi.
    Ayni paytda ijtimoiy hayotning har bir sohaga axborot-kommunikatsiya
    texnologiyalarining keng joriy etilishi natijasida raqamli iqtisodiyotning roli yildanyilga ortib bormoqda. “Raqamli iqtisodiyot”ning yaralishi va taraqqiy etishi yangi texnologiyalarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu ikki mavzuni bir-biridan ajratish mumkin emas. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish “raqamli iqtisodiyot”ni qurish uchun zarur negizni yaratadi.
    Xo‘sh, bugun juda ko‘p gapirayotganimiz raqamlashtirish o‘zi nima? Raqamlashtirish bu – hayotning turli sohalariga, jumladan iqtisodiyot, ta’limning barcha bosqichlari, madaniyat, tibbiyot, turizm, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa jarayonlarga raqamli texnologiyalarni joriy qilishdir.
    Raqamli iqtisodiyot esa raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar va xizmatlar yig‘indisi. Raqamli iqtisodiyotining izchil rivojlanishining birinchi va eng muhim omili — zamonaviy AKT-infratuzilmani yaratishdir.
    Axborot-texnologik platformalarda faoliyat ko‘rsatadigan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda.
    Raqamli iqtisodiyot” jamiyat hayotining barcha sohalarida, jumladan, iqtisodiyot sohasida ham muhim rol o‘ynaydi.
    Raqamli iqtisodiyot sohasida qo‘llanilayotgan so‘z va atamalar hammaga ham birdek tushunarli emas. Bu esa, o‘z navbatida, mazkur sohaga oid lug‘at yoki qo‘llanma yaratishni talab qildi. Shu sababli ham Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat unitar korxonasi tomonidan “Raqamli iqtisodiyotga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati” yaratildi.
    Mazkur lug‘at raqamli iqtisodiyotda mavjud atamashunoslikni umumlashtirishga qaratilgan bo‘lib, albatta, hali yetarlicha mukammal bo‘lmagan urinish bo‘lib hisoblanadi.
    Mazkur lug‘at nafaqat virtual reallik, bitkoin va blokcheynlar to‘g‘risidagi atamalar izohini, balki moddiy buyumlar – platformalar, aloqa liniyalari, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, logistika kabi atamalar izohini ham o‘z ichiga oladi. Ularsiz eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, xususan, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimida masofadan o‘qitish, yo‘l harakati xavfsizligi, uy-joy kommunal xo‘jaligi, davlat boshqaruvi va axborot texnologiyalarining “raqamli iqtisodiyoti” rivojlanishi mumkin emas.
    O‘zbekistonda Hukumat Qarori bilan “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirishning “Aqlli uy”, “Buyumlar interneti”, “Xavfsiz yo‘llar”, “Aqlli shahar”, “Aqlli tibbiyot” kabi yangi raqamli, fuqarolarimiz uchun qulay muhit yaratilishini nazarda tutadigan loyihalarni keng miqyosda amalga oshirishning tayanch infratuzilmasi barpo etilmoqda.
    “Raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish va rivojlantirish muammolari, zamonaviy iqtisodiyotni “raqamli iqtisodiyot”ga aylantirish uning yuqoridagi kabi ko‘plab ta’riflari mavjudligi va uning yagona talqini yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini berdi.
    “Raqamli iqtisodiyot”ga Internet, uyali aloqa, axborot-kommunikatsiya va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlarning bir qismi sifatida qaraladi.
    “Raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish jarayoni iqtisodiyotda qo‘shimcha qiymat yaratishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internetni joriy etish hisobiga yangi texnologik darajaga o‘tish bo‘yicha kompleks vazifalardir. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi va vazifalari fuqarolarning turmush sifatini yaxshilash, iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi va samaradorligini oshirish, uning eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Shu bilan birga, transport sohasi, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, uy-joy-kommunal xo‘jaligi, moliyaviy xizmatlar bozori va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirishning shu kabi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash zarur.
    Ham mutaxassislar uchun, ham boshlovchi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan ushbu lug‘at, “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati xodimlari, shuningdek, boshqa mutaxassislarining birgalikdagi mehnati samarasidir.
    Lug‘at alifbo tartibida joylashtirilgan 430 taga yaqin atamani o‘z ichiga oladi. Lug‘atda rus va o‘zbek tillaridagi atama va ta’riflar hamda atamalarning ingliz tilidagi muqobillari ifodalangan. Masalan:

    Download 337.83 Kb.
      1   2   3   4




    Download 337.83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 337.83 Kb.