|
Antropogen landshaftlarning yerdan
|
bet | 7/11 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 95,52 Kb. | | #236983 |
Bog'liq Turdiyev sardorning-fayllar.orgAntropogen landshaftlarning yerdan
foydalanish tiplari bilan nisbati
(F.N. Milkovdan, 1978)
Anropogen landshaftlar
|
Yerdan foydalanish tiplari
|
Sinflar
|
Tiplar
|
Qishloq xo‘jalik landshaftlari
|
Dehqonchilik
O‘tloq – yaylov
Bog‘dorchilik
Aralash
|
Ekinzor
Pichanzorlar va yaylovlar
Bog‘lar, tokzorlar
Tropiklardagi ko‘p yarusli
|
O‘rmon landshaftlari
|
Shartli tabiiy
Ikkitlamchi
O‘rmon ekinlari
|
O‘rmonzorlar
|
Suvli landshaftlar landshaftlar
|
|
Suv havzalari
|
Texnogen (sanoat) landshaftlar
|
|
Tog‘ ishlanmalari yerlari
|
Seliteb landshaftlar
|
|
Shahar va qishloqlar band etgan yerlar
|
Antropogen landshaftlar sinfi, o‘z navbatida, kichik sinf-larga bo‘linadi. Masalan, qishloq xo‘jalik landshaftlari, bog‘dor-chilik landshaftlari, o‘tloq-yaylov landshaftlari kabi kichik sifnlarga ajratiladi. Ular ham, o‘z navbatida, qaysi zonada joylashganligiga qarab turlarga bo‘linadi.
Insonning tabiiy muhitga ta’sirining turli sajiyasi va darajasi har xil antropogen landshaft tularining vujudga kelishiga imkon beradi. A.M. Ryabchikov (1986) insonning ishalb chiqarish faoliyati shakllariga bog‘liq holda hozirgi landshaftlarning 22 tipini ajratadi. A.M. Ryabchikovning fikricha, insonning juda xilma-xil ishlab chiqarish faoliyatining 7 ta asosiy hududiy shaklini ajratish mumkin (sug‘orma dehqonchilik, lalmikor dehqonchilik; plantatsiyalar, bog‘lar va dalalar; yaylovlar; partov yerlar (o‘rmonlardagi kundakov yerlar bilan), foydalanilayotgan o‘rmonlar).
Landshaftlarning eng kuchli o‘zgarishlari tog‘ sanoati ishlanmalari, hududdan sanoatda foydalanish va shaharlarni bunyod etish bilan bog‘liq. Bu antropogen omillar tabiiy kompleksning barcha komponentlariga ta’sir ko‘rsatadi: litogen asos buziladi, yuzaning kuchli o‘zgarishi sodir bo‘ladi, suv balansi o‘zgaradi, tuproq – o‘simlik qoplami buziladi, tabiiy muhitni ifloslanishi sodir bo‘ladi.
Antropogen landshaftlarni tasnif qilishda ko‘pgina tadqiqotchilar ularning o‘zgarish darajasini e’tiborga oladilar. Masalan, A.G. Isachenko (1991) inson faoliyatining landshaftlarga ta’siri va uning nazariy muammolari haqida fikr yuritar ekan, inson tomonidan o‘zgartirilgan landshaftlar tasnifi tabiiy landshaftlar tasnifiga bog‘liq bo‘lishini uqtiradi va tabiiy landshaftlarning turil xil tasniflariga tadbiq etish mumkin bo‘lgan hamda o‘zgartirilgan landshaftlarning sifat jihatdan anchagina yiriklashtirilgan birliklarini aks ettiruvchi tasnifini tavsiya etadi. Bu tasnifda landshaftlarning 4 ta asosiy guruhi ajratiladi:
1) shartli o‘zgartirilgan (ibtidoiy) landshaftlar. Ular bevosita inson ta’siriga va xo‘jalikdagi faoliyatiga duchor bo‘lmagan landshaftlardir. Ularda inson faoliyatining kuchsiz va bilvosita ta’siri izlarinigina payqash mumkin;
2) kuchsiz o‘zgartirilgan landshaftlar. Bular asosan inson faoliyatining (kotensiv) (ovchilik, baliqchilik) xili kabi ta’siriga duchor bo‘lgan landshaftlar. Bunday landshaftlarda inson faoliyati ayrim komponentlargagina ta’sir etib, tabiiy aloqadorliklar hali buzilmagan va avvalgi o‘z holatni tiklab olishi mumkin;
3) buzilgan (kuchli o‘zgartirilgan) landshaftlar. Bu guruhdagi landshaftlar asosan inson faoliyatining jadal xili ta’sirida o‘zgargan landshaftlardir. Ularning ko‘p komponentlari o‘zgarib, landshaftlar tuzilmasining sezilarli darajada buzilishiga olib kelgan;
4) madaniy landshaftlar. Tuzilmasi inson tomonidan jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan va ilmiy asoslangan holda oqilona o‘zgartirilgan landshaftlardir.
I.M.Zabelin (1978) antropogen landshaftlarni ikkiga: tabiiy-antropogen va madaniy landshaftlarga ajratadi. Tabiiy antropogen landshaftlar bir marotaba inson ta’sirida hosil bo‘lib, keyinchalik o‘z holicha, tabiiy qonuniyatlar ta’sirida rivojlana boshlaydi. Ular vaqt o‘tgan sari asta–sekin o‘zining ilgarigi tabiiy holatiga qaytishi mumkin, ammo inson tomonidan bo‘ladigan qayta “turtkilar” bu jarayonni sekinlashtirishi yoki to‘xtatishi mumkin.
Madaniy landshaftlar deganda I.M.Zabelin inson tomonidan o‘zining amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun ataylab, ongli ravishda barpo qilingan landshaftlarni tushunishni tavsiya etadi. Madaniy landshaftlar tabiiy sharoiti bir xil bo‘lgan va ko‘p yillar davomida xo‘jalikning biror tarmog‘ida foydalanilayotgan hududdan iborat.
Ayrim tadqiqotchilar madaniy landshaftlarni antropogen landshaftlarning sinonimi sifatida qaraydilar. Ammo bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, antrpogen landshaft inson faoliyati tufayli o‘zgartirilgan bo‘lib, ularning yuzaga kelishida tabiiy omillar bilan bir qatorda antropogen omil ham faol ishtirok etadi. Inson tabiatdan foydalanish jarayonida antropogen landshaftni vujudga keltiradi, ammo bu landshaft hamma vaqtda ham xo‘jalik nuqtai – nazaridan samarali bo‘lavermaydi. Antropogen landshaftga insonning kon – qazilma faoliyati, o‘rmonlarning ko‘p va pala–partish kesilishi, cho‘lda o‘simlik qoplamining yo‘q qilinishi va boshqalar oqibatida buzilgan, unumsiz, ko‘rimsiz bo‘lib qolgan landshaftlar ham kiradi. Shu sababli antropogen landshaftlarni uchta kichik guruhga ajratish maqsadga muvofiq.
a) madaniy ladshaftlar – strukturaviy aloqalar doimiy ravishda ison tomonidan melioratsiya, kultivatsiya, kimyolash-tirish va boshqa tadbirlar orqali boshqarilib turiladigan landshaftlar (ekinzorlar, bog‘lar va plantatsiyalar, madaniy (ekilgan yaylovlar va b.)
b) sun‘iy landshaftlar (neolandshaftlar) – inson tomonidan tabiiy asosda yaratilgan (aholi manzilgohlari, sanoat – transport komplekslari, sug‘orish tizimlari, vohalar va boshqa landshaftlar) va ancha kuchli darajada o‘zgartirilgan landshaftlar. Masalan, yirik shaharlarning hududida tabiiy biotsenozlar deyardi batamom yo‘qotiladi va ularning o‘rnini tabiiy landshaft uchun xos bo‘lmagan yashil o‘simliklar egallaydi; bu yerda mezorelef ham o‘zgaradi, sizot suvlarining rejimi batamom o‘zgacha tus oladi, o‘ziga xos mikroiqlim vujudga keladi va b.
v) buzilgan (destruktiv yoki nomadaniy) landshaftlar antropogen landshaftlarning bu kichik guruhiga mansub bo‘lgan landshaftlar odatda hududning tabiiy resusrlaridan noto‘g‘ri foydalanish tufayli vujudga keladigan landshaftlarning buzilisi mahsulasidir. Buzilgan landshaftlarni hozirgi paytda tog‘va tog‘ oldi hududlarida ham, tekisliklarda ham ko‘rish mumkin (eroziyaga uchragan yerlar, sho‘r bosgan yerlar, tashlandiq karyerlar, terrikonlar va boshqa yaroqsiz yerlar).
Shunday qilib, madaniy landshaftlar sifati yaxshilangan, unumdorligi oshirilgan, insonning mehnat qilishi, dam olishi, estetik zavqlanish uchun qulay o‘zgartirilgan landshaftlardir.[8]
|
| |