|
-Rasm. O`zbekistonning tabiatni muhofaza qilish xaritasi
|
bet | 9/11 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 95,52 Kb. | | #236983 |
Bog'liq Turdiyev sardorning-fayllar.org3-Rasm. O`zbekistonning tabiatni muhofaza qilish xaritasi
Madaniy landshaftlarni shakllantirishga doir tadbirlar ularning gorizontal va vertikal tuzilmasini tartibga solish bilan bog‘liq. Buning uchun, birinchidan, hududni tashkil etish uchun landshaftning morfologik tuzilishidan foydalanish, ya’ni turli vazifalarni bajarish belgilangan joylarni to‘g‘ri tashkil etish, ikkinchi tomondan esa komponentlararo aloqalardan ayrim tabiiy jarayonlarni kuchaytirish va boshqalarini susaytirish uchun foydalanish lozim.
Shunday qilib, hududni ilmiy tashkil etish landshaft morfologiyasiga, uning salohiyatiga asoslanishi lozim.
A.G. Isachenkoning (1991), fikricha madaniy landshaftni hududiy tashkil etishning asosiy geografik tamoyillariga quyidagilar kiradi:
1. Madaniy landshaft bir xil bo‘lmasligi kerak.
2. Madaniy landshaftda antropogen bo‘sh joylar, tashlandiq karyerlar, atrof muhit ifloslaqnishining manbalari bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan turli chiqindigohlar va boshqa “noqulay” yerlar bo‘lmasligi kerak. Ularning barchasi qayta obodonlashtirilishi - rekultavatsiya (lot. re qarshi + cultus ekish, ishlov berish) qilinishi kerak.
3. Yerdan foydalanishning barcha turlari orasida yashil qoplamga asosiy e’tibor berilishi kerak. Odatda eng yaxshi yerlar qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun berilishi kerak. Ammo rekultivatsiya qilingan maydonlar, bo‘sh yerlar va kam unumdor qishloq xo‘jalik yerlarining bir qismidan foydalanilganda daraxtzorlar band etadigan maydonlarni imkon boricha ko‘paytirishga harakat qilish lozim.
4. Ayrim landshaftlarda tabiiy muvozanatni saqlash uchun yerlardan ekstensiv foydalanish ham maqsadga muvofiq. Chunki, tabiiy biotsenozlar madaniy biotsenozlarga nisbatan Quyosh energiyasi va suvdan to‘liqroq foydalanadi va muayyan sharoitlarda iqtisodiy jihatdan samaraliroqdir. Landshaftlarni “parvarishlash”da yerdan foydalanishning turli (masalan, ekinzorlar, bog‘lar, yaylovlar va b. ) tiplarini birgalikda tashkil etish va ularni qo‘llab-quvvatlash anchagina iqtisodiy foyda bergan holda ekologik talablarga ham mos tushadi.
5. Landshaft hududini tashkil etish loyihalarida muhofaza qilinadigan hududlar (shu jumladan, qo‘riqxonalar) uchun ham joy ajratilishi lozim. Qo‘riqxonalar band qilgan hudud faqat ilmiy maqsadlarda foydalanilishi, xo‘jalikda esa batamom foydalanilmasligi lozim. Bundan tashqari, qo‘riqxonalar o‘simlik va hayvonlarning genofondini (yun. genёs tug‘iladigam; lot. fundus asos)saqlab qolish imkonini beradi, ko‘pgina qimmatbaho turlar yashirinadigan maskan va joylashadigan markaz bo‘lib xizmat qiladi, yaqin atrofdagi hududlarda tabiiy jarayonlarni tartibga solishga imkon beradi.[23]
Muayyan sharoitlarga va eng avvalo landshaftlarning tabiiy tuzilmasining qay darajada saqlanib qolganligi darajasiga bog‘liq holda turli xildagi tabiiy rezervatlar (lot. rezervatus saqlangan, asralgan) va zakazniklar ham tashkil etilishi mumkin. Tabiatning ayrim noyob yoki qiziqarli ob’yektlarni (relyef shakllari, ochilib qolgan geologik joylar, sharsharalar, tub o‘simlik qoplamining “omon qolgan” qoldiqlari va b.) tabiat yodgorliklari sifatida belgilash va asrash lozim. Shuningdek, landshaftlarning muhofazaviy, rekreatsiya, madaniy - tarbiyaviy, iqtisodiy vazifalarini birgalikda amalga oshirishning eng maqbul shakli milliy va tabiiy bog‘larni yaratishdir. Tabiatdan foydalanishning bunday shaklida kam o‘zgartirilgan landshaftlar bilan bir qatorda xo‘jalikda foydalanilayotgan joylar ham kirishi mumkin; ayniqsa tabiiy va madaniy - tarixiy yodgorliklarning mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq. Milliy va tabiiy bog‘lar ommaviy kelish uchun ochiq bo‘ladi va sayyohlik, hordiq va shifobaxsh markazlar bo‘lib xizmat qiladi. Ularning hududida ilmiy tadqiqotlar uchun rezervatlar, yordamchi xo‘jaliklar, shifo va dam olish maskanlari, kichikroq xizmat ko‘rsatish korxonalari bo‘lishi mumkin. Bunday bog‘larga mamlakatimizdagi Zomin milliy bog‘i misol bo‘ladi.
6. Madaniy landshaftning oqilona rejalashtirilgan tuzilmasi uning tashqi shinamligiga monand bo‘lishi kerak. Bu maqsadni amalga oshirish rekultivatsiya, ko‘kalamzorlashtirish va ekinzorlarni ilmiy asoslangan holda joylashtirish bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, landshaft arxitekturasi(lot. architectura < yun. architektonikё qurish mahorati ), ya’ni turli inshootlarning landshaftga mos bo‘lishi ham muhim ahamiyatga ega. Inshootlarni joylashtirish, ularning katta-kichikligi va arxitektura uslubi, shuningdek, yo‘llarning atroflariga manzara berish landshaftlarning estetik sifatini oshirishi lozim.
7. Landshaft hududini ilmiy asoslangan holda tashkil etishning muhim shartlaridan biri landshaftning morfologik qismlari orasidagi gorizontal aloqalarni hisobga olishdir. Sanoat korxonalari, aholi dahalari, ko‘kalamzorlar, suv havzalarining joylashuvi shamollarning ustuvor yo‘nalishiga, shuningdek yer usti va yer osti oqimining yo‘nalishiga mos tushishi lozim. Ikkilamchi gravigen jarayonlarni bartaraf qilish va tuproq zarralarining yo‘qolishini oldini olish uchun nafaqat oqar suvlar va jarlarning atroflari, balki suv ayirg‘ichlar va yonbag‘irlarda ham bu yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qiymatidan qat’iy nazar daraxtzorlar va o‘rmonli maydonlar bo‘lishi zarur.
8. Ekinzorlarni to‘g‘ri joylashtirish, ulardan to‘g‘ri foydalanish va muhofaza qilish turli melioratsiyalar yordamida ularning salohiyatini oshirishga doir tadbirlar bilan birga bo‘lishi zarur. Bu vazifa muammolarning ikkinchi majmuasiga – landshaftning mavjudligi jarayonlarini boshqarishga o‘tishni taqoza etadi. Chunki, tabiiy jarayonlarni uzluksiz ravishda qo‘llab-quvvatlab turish va maqbul yo‘nalishda va zarur holatda tartibga solish madaniy landshaftni buzilgan landshaftdan farq qilishiga imkon beradi.
P.N. G‘ulomovning fikricha madaniy landshaftlar bunyod etish uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
1. Madaniy landshaftlar jamiyatning iqtisodiy, rekreatsion va estetik talablariga to‘liq javob berishi kerak. Kishilarning yashashi uchun ekologik sharoit eng qulay va atrof muhit musaffo bo‘lishi lozim.
2. Madaniy landshaft bir xil manzarali bo‘lmasligi kerak. Uning ichki xilma – xilligi landshaftda barqarorligi uchun muhim shartdir. Shuning uchun madaniy landshaftda ekinzorlar bilan daraxtzorlar va boshqa geosistemalar bo‘lishi zarur.
Shunday qilib, madaniy landshaftlarda unumdorlik, iqtisodiy samaradorlik zarur shart – sharoit qulay, tabiiy muhit sog‘lom, musaffo va rangbarang bo‘lishi kerak.[5]
XULOSA
Xulosa shuni aytish joizki, Aslini olganda, landshaftlar juda ko‘p va turli-tuman omillar ta'sirida shakllanadi, rivojlanadi. Ular landshaftlarda turli sifat va xususiyatlarning shakllanishida turlicha ahamiyat kasb etadi. Agar landshaftlarning shakllanishida ma'lum bir turdagi omillar ahamiyatli hisoblansa, ularning tabaqalanishida yoki rivojlanishida boshqa turdagi omillar, landshaftlarning o‘zgarishida esa yana bir boshqa guruh omillar ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda, tabiiy landshaftlarning antropogen landshaftlarga aylanishida antropogen omil asosiy kuch sanaladi. Shuning uchun ham inson faoliyati ta'sirida o‘zgargan landshaftlarni antropogen landshaftlar, deb atashdan ko‘ra, antropogen omil ta'sirida o‘zgargan landshaftlar, deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi.
Antropogen omillar ta'sirida landshaftlarning o‘zgarishi faqat u yoki bu komponentning o‘zgarishi natijasida bo‘lib qolmay, balki komponentlar orasidagi, qolaversa, landshaftlarning morfologik qismlari orasidagi modda va energiya almashinishi bilan ham bog‘liqdir. Natijada landshaftlardagi vertikal va gorizontal aloqadorlikning o‘zgarishi oxir-oqibat landshaftlar strukturasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Antropogen landshaftlar tasnifini yaratish borasida ozmi-ko‘pmi ishlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay (F.N.Milkov, 1973, 1986; N.N.Iogansen, 1970; N.I.Axtirseva, 1977; K.A.Drozdov, 1988 va b.), bu masala ancha serqirra va murakkab bo‘lganligi uchun o‘z yechimini tugal topmagan. Har qanday tasnif obyektni chuqur va batafsil tahlil etishni talab qiladi. F.N.Milkov barcha antopogen landshaftlarni sinflarga bo‘lib olishni tavsiya etadi. Bunda asosiy belgi sifatida inson faoliyatining turi va landshaftlarda qay darajada aks etganini hisobga olishni tavsiya etadi va sanoat landshaftlari, yo‘l landshaftlari, qishloq xo‘jalik landshaftlari kabi landshaftlarni ajratadi.
Inson dehqonchilik bilan shug‘ullanar ekan u o‘z oldiga eng avval iloji boricha ko‘proq qishloq xo‘jalik mahsuloti olishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsadga erishish uchun landshaftni tekislaydi, o‘g‘it soladi, tuproqni ma'lum bir qalinlikda ag‘darib tashlaydi, ma'lum bir ekin ekadi, sug‘oradi, begona o‘tlar va zararkunanda hasharotlarga qarshi turli xil dorilarni ishlatadi, tuproqning sho‘rini yuvadi, zax suvlarini qochiradi va hokazo. Xullas, ekin ekishdan to hosilni yig‘ishtirib olgunga qadar turli-tuman agrotexnik tadbirlarni qo‘llaydi va bu jarayon o‘nlab, yuzlab yillar mobaynida qaytalanaveradi. Natijada, bizga yaxshi tanish bo‘lgan va antropogen landshaftlar ichida "Madaniy landshaft" deb atalishi mumkin bo‘lgan hamda yuqori mahsuldorlik, iqtisodiy samaradorlik kabi talablarga ozmi-ko‘pmi mos kela oladigan landshaftlar hosil bo‘ladi.
Sug’orma dehqonchilik inson hisobga olmagan ba'zi hodisa va jarayonlarni masalan, yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi, dalalardan qaytgan oqova suvlarning tarkibida mineral tuzlarning ortib ketishi, ikkilamchi sho‘r bosishi, irrigatsiya eroziyasi va h.k. ni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham antropogen rivojlanish orasida yuzaga keladigan qaramaqarshiliklarni oldini olish yoki juda bo‘lmaganda ularning ko‘lamini kamaytirish uchun landshaftlarning tashqi ta'sir kuchlariga nisbatan barqarorligini aniqlab olish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
|
| |