“Tasviriy san’at mashg’ulotlarining mazmuni va o’qitilishi”




Download 160,53 Kb.
bet3/5
Sana19.05.2024
Hajmi160,53 Kb.
#244589
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktab o’quvchilarini tasviriy san’at darslarida manzara janrida ishlashga o’rgatish metodikasi

1.2. “Tasviriy san’at mashg’ulotlarining mazmuni va o’qitilishi”.
Ma’lumki, san’at bir necha avlodning ko’p yillar davomida shakllangan an’analari, ustaning shogirdga o’tkazgan bilimlari asosidagina taraqqiy topadi. Bu esa so’zsiz umumiy badiiy ta’lim yo’nalishida bo’lmasa ham kasbiy badiiy ta’lim shaklida rivojlanganligidan dalolat beradi. Ma’lum davrlarda O’zbekiston hududidagi san’at taraqqiyotida uzilishlar ro’y berganligining sabablari, Iskandar Zulqarnayn, mo’g’ullar, arablar, rus istilochilariga borib taqaladi. Amir Temur markaziy davlat tuzgan davrda tasviriy san’atning miniatyura turi gullab-yashnagani ham buning yaqqol dalilidir.Amir Temur davrida miniatyura va kitob girafikasi shunchalik tez rivojlandiki, u nafaqat Sharq, hattoki, Evropa mamlakatlari san’atiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Natijada, Samarqand, Buxoro, Hirot minatyura maktablari bilan bir qatorda, Bag’dod, Tabriz, Sheroz, Ozarbayjon, Hind, Isfaxon, Turk minatyura maktablari ham shakllandi va rivojlandi. Mazkur minatyura maktablari rassomchilikdan kasb yo’nalishida rivojlangan bo’lsada , lekin ulardan umumiy ta’lim tizimidagi tasviriy san’atni o’qitishda bemalol foydalansa bo’ladi. Xususan, umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun tayyorlangan dasturlarda san’atshunoslik asoslari rangtasvir va qalamtasvir ishlash, naturaga qarab tasvirlash, borliqni idrok etish bilimlari mavjud bo’lib, kasbiy badiiy va umumiy badiiy ta’lim tizimlari o’rtasiga qat’iy chegara qo’yib bo’lmaydi. Tasviriy san’atning nazariy asoslari hisoblangan rang, hajm, perspektiva, kompozitsiya asoslari kabilar, ham kasbiy, ham umumiy ta’lim tizimida o’rganiladi. Faqat tasviriy san’atning o’qitilishida talaba va bolalarning yoshlari, idroki, psixologik xususiyatlari, tasviriy malakalari hisobga olinishi lozim, xolos. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at o’quv predmetining maqsadi barkamol, komil insonni, uning badiiy madaniyatini shakillantirishga qaratiladi.
Tasviriy san’at o’quv predmeti har bir inson uchun zarur bo’lgan badiiy madaniyatga doir elementlar bilim va malakalar beradi.
Chunki, har bir o’quvchi kelajakda qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, u ishdan tashqari vaqtlarda dam olishi, hordiq chiqarishi, ish vaqtida sarflangan quvvatini tiklashi kerak bo’ladi. Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan san’at asarlari bilan muzey, ko’rgazmalar va boshqa joylarda tanishishi, ularni idrok etishi, ulardan zavqlanish orqali erishadi Shuningdek, ko’pchilik o’quvchilar o’zlarining kelajak hayotlarida ma’lum miqdorda rasm ishlashlariga to’g’ri keladi. Rasm chizishni bilish, faqat rassomlar, dizaynerlar, me’morlar uchungina emas, u o’qituvchilar, injenerlar, meditsina xodimlari, quruvchilar, agronomlar, harbiylar, olimlar uchum ham zarurdir. Ularning har biri o’z faoliyatlarida rasm, sxemalar diagrammasi eskizlar orqali so’z bilan tushuntirib bo’lmaydigan o’z g’oya va fikrlarini tasvirlab ko’rsatishga harakat qiladilar. Lekin bu maktablarda tasviriy , amaliy va me’morchilik san’atlaridan chuqur va keng bilim va malakalar berish kerak ekan, degan ma’noni bildirmaydi.
Dekorativ rasm chizish mashg’ulotlari orqali o’quvchilarni badiiy sifatlarini oshirish. Dekorativ rasm chizish o’quvchilarni badiiy jihatdan tarbiyalash katta imkoniyatga ega. Chunki o’quvchilar bunday darslarda tasviriy san’at turi, ayniqsa uning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadilar. Shuningdek darslarda amaliy san‘atdagi ritm, simmetriya, asimmetriya, syujet kabi ifodalilik vositalari haqidagi bilimlarga ega bo’ladilar. Dekorativ ishlar o’quvchilarni ijodiy qobiliyatini o’stirishda asosiy o’rinlardan birini egallaydi.
Tasviriy san’at dasturida kutilgan shaklni qayta ishlash asosida tursimon naqsh chizish «Qutichaning bezak eskizini ishlash», «Plakat yoki albom» eskizini tayyorlash kabi bir qator mavzular bor. Masalan, kitobni badiiy bezash mavzusini o’tishda o’qituvchi kitobning badiiy informatsiyasini, g’oya va bilimlarni tarqatish vositasi ekanligi haqida ma‘lumot berish bilan, bir qatorda, uning kishilar hayotidagi roli avlodlarning xazinasi turli sohada har bir mutaxassisga amaliy yo’l-yo’riq beruvchi manbaa xalqlarning o’zaro aloqa vositasi ekanligi haqida to’xtalib o’tadi.
Ayniqsa, o’qituvchining kitoblarni tayyorlash haqidagi suhbat va ko’rsatmalari muhimdir.
Buning uchun badiiy jihatdan yuksak saviyaga ishlangan namunalar ko’rsatilib, uning elementlari va kompozitsiyasiga bolalar e‘tiborini qaratiladi.
5-6- sinflarda ham badiiy bezak ishlariga oid mavzular bor, ular «Navro’z», «Vatan himoyachilari kuni», «8-mart – Xalqaro Xotin-qizlar bayrami» kabi bayramlar munosabati bilan tabriknoma eskizini yoki albom tayyorlash bilan bog’lik, bo’lgan mavzulardir. Bunday mavzularda o’qituvchi faqat eskizni yoki albomni tayyorlash haqida fikr yuritibgina qolmay, bu bayramlarning qisqacha tarixi mohiyati yuzasidan suhbat o’tkazadi.
Shuningdek, ko’p nusxada tayyorlangan yuksak badiiy saviyadagi tabriknoma ularning kompozitsiyasini rangini tahlil qilib beradi. Tabriknoma yoki albomning badiiy bezak yoki spetsifik xususiyatlari haqida to’xtaladi. Badiiy did va ijodiy qobiliyatlarni, texnik grafik malakalarini o’stirishga qaratilgan.
Ming yillar davomida naqshlar bir necha avlod ustalari faoliyati va ijodida sayqal topib, ular haqiqiy san’at asariga aylanib ketgan. Bu asarlarda mislsiz ifodalilik va go’zallikning oddiy vositalari bilan aks ettirilishi bolalarni zavqlantiradi. Bu zavq bolalarni ana shu san’at ustalari kabi naqshlar ishlashga undaydi. Natijada narsa uchun eskiz ishlash jarayonida bolalar elementlarni kompozitsiyada chiroyliroq joylashtirishga o’z rasmlarini yorqin va jilvador rang bilan bo’yashga harakat qiladilar. Bular o’z o’rnida badiiy did va ijodiy qobiliyatlarni o’sishiga olib keladi.
Mavzu asosida rasm chizish mashg’ulotlarida uning ikki turi yuzasidan ish olib boradilar:
a) tevarak atrofdan olingan mavzular asosida rasm ishlash;
b) badiiy asarlarga rasm ishlash (hikoya, ertak, masal, she’r va boshqalar).
Rasm ishlashning bu turida o’quvchilar naturadan emas balki xotira va tasavvurdan rasm ishlash, narsaning o’ziga qarab rasm ishlashga qaraganda ancha murakkab bo’lib, u o’qituvchi va o’quvchilardan katta mas’uliyat va qunt talab qiladi.
O’qituvchiga qo’yiladigan bu mas’uliyat darsga yaxshi tayyorlanish, ya‘ni zarur bo’lgan adabiyotlarni o’qish va adabiy asarni va unga tegishli bo’lgan ob’ektlarni yaxshi o’rganish, shuningdek dars rejasini yaxshi ishlab chiqish va bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalar hajmini aniqlash kabilardan iborat bo’ladi.
Shu bilan birga, tematik rasm chizish bolalarni tasvirlanuvchi joyni, ba‘zi bir narsalarni sinchkovlik bilan kuzatib o’rganish, hamda, ularning xomaki rasmini ishlashni ham talab etadi. Ertak, hikoya, masallar asosida illiustratsiya ishlash o’quvchilar uchun qiziqarli mashg’ulot turi bo’lishiga qaramay, u bolalar faoliyatida ma‘lum qiyinchiliklarni tug’dira oldi. Chunki, u kompozitsiyada murakkab ma’noni tasvirlash bilan bog’liq bo’lganligi uchun bolalarni jiddiy fikr yuritishga, ishga ijodiy munosabatda bo’lishga undaydi

.


Download 160,53 Kb.
1   2   3   4   5




Download 160,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Tasviriy san’at mashg’ulotlarining mazmuni va o’qitilishi”

Download 160,53 Kb.