• Kurs ishning maqsadi: Umumiy o’rta ta’lim maktablarda “Tog’ Manzarasida mavzusini o’qitishda o’ziga xos usullarini tadbiq qilish. Kurs ishining ishning vazifalari
  • Kurs ishning obekti va predmeti
  • Kurs ishning ahamiyati
  • Kurs ishning tuzilishi: Kirish, ikkita bob, xulosa, rasm, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. I BOB Tasviriy san’atda manzara janri
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta”lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim




    Download 160,53 Kb.
    bet2/5
    Sana19.05.2024
    Hajmi160,53 Kb.
    #244589
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Maktab o’quvchilarini tasviriy san’at darslarida manzara janrida ishlashga o’rgatish metodikasi

    Kurs ishning dolzarbligi: Hozirgi vaqtda tasviriy san’at fanini o'qitishning nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqish va uni maktablarda tasviriy sanatni amalda qo’llash, yangi yo'llari, shakli, mazmuni hamda metodlarini takomillashtirish borasidagi izlanishlar dolzarb masalalardan hisoblanadi.
    Maktablarda mutaxassislik fanlarning mazmunini aniqlash, o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish va o’quv jarayoniga tadbiq etish, o’quv materialining mazmuni va tuzilishining mukammaligi, o’quvchilar saviyasiga mosligi, ilmiy bilish jarayonida faollikni kuchaytiradi va pedagogik samaradorlikni oshiradi. Demak, bu mavzuni o’quvchilarga atroflicha va chuqur o’rgatish o’qituvchilar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur malakaviy ish ana shu dolzarb muammoni hal qilishga qaratilgan.
    Kurs ishning maqsadi:
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarda “Tog’ Manzarasida mavzusini o’qitishda o’ziga xos usullarini tadbiq qilish.
    Kurs ishining ishning vazifalari:
    Tasviriy san’at darslarida o’quvchilarga rang tasvir hamda manzara janrida misollar keltirish hamda ularni buy o’nalishga qiziqtirish.
    Kurs ishning ob'ekti va predmeti:
    Malakaviy ishning ob'ekti sifatida umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari tanlab olingan,predmeti umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Tog’ manzarasi” mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni qo’llash.
    .
    Kurs ishning ahamiyati:
    Mazkur kurs ishi natijalaridan maktablarda tasviriy san’at fanlaridan saboq berishda, «Rangtasvir» fanining mazmunini ishlab chiqishda o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi talabalari foydalanishlari mumkin.
    Kurs ishning tuzilishi:
    Kirish, ikkita bob, xulosa, rasm, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

    I BOB Tasviriy san’atda manzara janri
    1.1.Umumta’lim maktablarda tasviriy san’atda manzara janri
    Ta’lim tizimi uchun, xususan oliy pedagogik ta’lim tizimida tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash muammolariga bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan horijlik A.D.Alexin, V.S.Kuzin, N.M.Nemenskiy, Z.N.Novlyanskaya, N.N.Rostovsev, T.YA.Shpikalova, B.P.YUsov kabi bir qancha olimlar o‘z tadqiqotlar olib borganlar. O‘zbekistonlik olimlardan xususan, oliy pedagogik ta’limda tasviriy san’at o‘qitish muammolari bilan S.Abdullaev, B.Azimov, B.Boymetov, N.Tolipov, N.Oydinov va boshqalar ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazganlar. Biroq, bugungi kungacha tasviriy san’atda manzara kompozitsiyasi muammolari etarli darajada tadqiq etilmagan. Shu ma’noda keyingi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida bu muammoning echimini topish yo‘llari bo‘yicha yangi ilmiy izlanishlarga xarakat qilinmoqda
    Masalan, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy shakllanishida kompozitsiya masalalari bo‘yicha V.N.Bannikov, tasviriy san’at o‘qituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonini uzviyligini ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlari bo‘yicha N.N.Dolgixning ilmiy tadqiqotlari e’tiborga loyiq. Tasviriy san’atning eng qiziqarli janrlaridan biri bo‘lgan manzara janriga deyarli barcha rassomlar murojaat etadilar. Chunki ijodkor uchun tabiat ko‘p narsa beradi. Chizishni endi o‘rganayotgan bo‘lajak yosh rassom-o‘qituvchilar ham tabiat ko‘rinishlarini tasvirlash orqali ko‘p bilim va ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirib oladilar. Ular o‘z faoliyatlarida ma’lum bir qiyinchiliklarga ham duch keladilar. Manzaradagi suvda atrof-muhitning aks etishi, undagi narsalarning ko‘rinishi qanday ifoda qilinishi haqidagi masala ham shular jumlasidandir. Suv-daryo, ko‘l, hovuz yoki yo‘l o‘rtasidagi ko‘lmak manzaraga qanday go‘zallik bahsh etishi barchamizga ma’lum. Shuning uchun ham manzarachi rassomlar masalan: rus rassomlari A.Perov, V.Serov, I.Shishkin, o‘zbek rassomlari G‘.Abduraxmonov, A.Mirsoatov, O.Qozoqov, A.Jamolovlar aksariyat hollarda suv havzasi mavjud bo‘lgan ko‘rinishlarni tasvirlashni yoqtiradilar. Bu mavzuda ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar, maqolalar yozilgan masalan G‘.Abduraxmonov «Kompozitsiya», B.Tojiev, N.Isaxojaeva “Qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya asoslari”, N.Oripova «Rangtasvir», S.Abdirasilov «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» uslubiy qo‘llanmalarida bu mavzu unchalik yoritib berilmagan.Biz quyida ana shunday mavjud muammolar va ularni bartaraf etish usullari haqida so‘z yuritamiz. Manzarani aks ettirish qiziqarli, ammo unchalik oson ish emas. Bu ko‘pincha rassom narsalarni suvdagi aksini tasvirlashiga to‘g‘ri kelganida juda bilinadi. Odatda tinch turgan suv, doimo unga qarab turgan odamga nisbatan qarama-qarshi tomonda bo‘lgan narsalarni o‘z sathida aks ettiradi Uzbekistan Bunda u huddi ko‘zgudagidek aniq tasvir beradi. To‘lqinlanib turgan suvda aks etayotgan tasvirlarning aniqligi esa uzuq-yuluq bo‘lib buzilib ko‘rinadi. Ular bo‘linibbo‘linib, “sinib” ko‘rinadi. Suvning mavjlanishi ko‘payib borgan sari ularning uzilishi ham tabora oshib, nihoyat umuman g‘oyib bo‘lishi mumkin. Aks etayotgan tasvirni to‘g‘ri chizish uchun ular qanday tuzilishini va qurilishini yahshi bilib olish lozim Shuning uchun uni quyidagi asosiy holatlarini chizmalar yordamida tahlil qilish foydadan holi bo‘lmaydi; suvning aynan yonida turgan narsalarning tushayotgan aksini chizish – agar rassom ularga nisbatan suv sathi balandligida turgan bo‘lsa, unchalik qiyin emas. Bunda faqat qirg‘oqdagi narsalarning o‘lchami va qanday holatda turganligi, ularning suvdagi aksining o‘lchami va qanday holatda turganligiga aynan mos kelishi kerakligiga rioya etish kifoya. (1-ilova) Bunday holatda predmetlar aksining o‘lchamlari AB va GB predmetlarning o‘z o‘lchamlariga teng bo‘lishi kerak, ya’ni VB=AB ga va DB=GB ga. Suvda aks etgan VBD burchagi ABG burchagiga teng bo‘lishi kerak. Endi predmetlar huddi qirg‘oqdagi MN chizig‘ida emas, balki undan yiroqroqda OP chizig‘ida turgandagi holatni ko‘raylik. Bu erda rassomga ko‘rinayotgan, suvda aks etuvchi tasvirni to‘g‘ri topish uchun OP qirg‘oq chizig‘i bo‘lgan taqdirda aks tasvir qanday ko‘rinishi kerak bo‘lsa, shunday qilib chizilishi lozim. Bunday holatda SRT predmetlar U1RF ko‘rinishda aks etgan bo‘lardi. Ammo haqiqiy qirg‘oq chizig‘i yaqinroqda joylashgan va MN holatini egallagani uchun rassom aks etayotgan tasvirni yaxlit ko‘rolmaydi, chunki uning bir qismini qirg‘oq to‘sib turadi. (OP va MN oralig‘i) Unga tasvirning U1D va UF qismigina ko‘rinadi.
    A B V V D N G M 1-ilova. Qirg‘oq chizig‘ida turgan narsalarning aksi МN-qirg‘oq chizig‘i; АB-qirg‘oqda perpendikulyar turgan predmet; GB-qiyalanib turgan predmet; VB va DB- narsalarning suvdagi aksi. Aks etayotgan tasvirning o‘lchami va qanday ko‘rinishi rassom ko‘zining balandlik nuqtasi suv sathidan qanchalik yuqorida turganiga ham bog‘liq.Rassom qarama-qarshi qirg‘oqda turgan va suvda aks etayotgan narsaning eng yuqori nuqtasi balandligi AD predmetning o‘z balandligi AB dan bir oz kichikroq, uning suvda ko‘rinayotgan aksi BG esa haqiqiy aks tasvir BV dan anchagina kichikdir. Chizuvchi kishi ko‘zining balandligi suv sathidan tobora yuqorilashgani sari aks etayotgan tasvirlarning o‘lchami ham yanada kichrayib boraveradi. Tushayotgan tasvir ustida ish olib borayotib, aks etayotgan narsalarning ayrim qismlari suvning sathidan turib ko‘rish mumkin bo‘lgan holatda ko‘rinishini ham albatta hisobga olish kerak .Agar rassom daryo ustiga qurilgan taxta ko‘prikni chizayotgan bo‘lsa, suvda aks etayotgan tasvirda uning ko‘zga ko‘rinmas, suvda turib esa ko‘rish mumkin bo‘lgan pastki qismidagi yog‘ochlarni ham ilg‘aydi. Masalan: agar u suv ustiga egilgan majnuntolni chizayotgan bo‘lsa, aslida ko‘rinmay turgan, suv sathi ustiga engashgan shohlarning suvga tushayotgan aksini ko‘radi va ularni rasmda tasvirlaydi. Qirg‘oq chizig’idan uzoqda turgan narsalarning aksi: МN- Qirg‘oq chizig’i; ОP- Narsalar joylashgan chiziq; SP- Qirg‘oqda perpendikulyar turgan predmet; TR- qiyshayib turgan predmet. U1R va FPSP va TR predmetlarning aksi: U1D va FU-akslarning suvdagi ko’rinayotgan qismi 3-ilova. Rassomning qanday balandlikda turganligiga qarab aks etayotgan tasvir o’lchaminingo’zgarishi. АB-Aks tushayotgan predmet; VB-uning haqiqiy aksi; О-rassom ko’zi; АD-predmetning ko’rinayotgan predmetningko’rinayotgan kattaligi; GB-aksining suvda ko’rinayotgan kattaligi. E’tibor bilan qaralganda narsalarning aks etayotgan tasviri ancha rangsiz, engil, xiraroq ko‘rinishini sezish mumkin. Chunki bu erda ham fazo perspektivasiga hos bo‘lgan holat kuzatiladi, ya’ni: predmetlarning suvdagi aksidagi ranglarning tiniqligi va ta’sirchanligi aslidagisiga nisbatan bir qadar kamroq bo‘ladi.
    Predmetlarning o‘z yoritilganligiga qaraganda suvda aks etayotgan tasvirning yoritilganlik quvvati ancha kam bo‘lishi ham tabiiy holdir. Chunki qora predmetlar suvdagi aksida aslidagidek – qora bo‘lib emas, balki nisbatan ochroq bo‘lib ko‘rinadi. Rasmdagi tasvirlar mukammal bo‘lishi kerak, aks holda turli ranglar ham oddiy ko‘rinadi va elementning ko‘rinishini va hajmini malakali ifoda eta olmaydi. Ob-havo sharoitiga qarab rangning nozik o‘zgarishini ifodalovchi ko‘p rangli bo‘yoqlar ham fazoviy kenglikni o‘z- o‘zidan ifodalay olmaydi. Faqat perspektiva qoidalariga to‘g‘ri amal qilgan holda tasvirlangan ranglavhalar yanada jozibali qiladi [26-30]. Predmetlarning suvdagi tarhlari ham aniq-tiniq ko‘rinishga ega emas. Narsaning suvdagi aksidagi yorug‘lik va soya o‘rtasidagi farqlar ham uning aslidagidek aniqravshan bo‘lmaydi. Ko‘rinayotgan bo‘laklarning soni va ko‘rinarliligi darajasi aslidagiga qaraganda bir muncha kamroq bo‘lib ko‘rinadi va ular ko‘zga unchalik ham ilg‘anavermaydi. Predmetlarning suvga tushayotgan aksidagi hajmini ham aslidagidek qabul qilish qiyin. Bo‘lajak rassom-o‘qituvchilar suv tasvirlanayotgan qalamsuratni ishlar ekan har qanday suvning sathi avvalambor gorizontal tekislikdan iborat ekanligini unutmasligi kerak. Bunday manzaraning haqqoniy nusxasiga esa quyidagi amallar orqali erishiladi, ya’ni: tasvirlashda havo va chiziqli perspektiva qonunlari albatta hisobga olinadi. Suv sathi mavjlar va shu’lalar, shuningdek suvdan chiqib turgan, uning yuzasida suzib yurgan narsalar- barglar, cho‘plar, o‘tlar va hakozolar orqali ham bo‘rttirib ko‘rsatiladi.
    Ular oldingi qismda tabiatan kattaroq ko‘rinib, rassomdan uzoqlashgan sari kichkinalashadi. Suv sathining tarhi qirg‘oq chizig‘i orqali ko‘rsatiladi, shuningdek suv va qirg‘oqning tutashgan erining yaqindigisi kuchli, ko‘zdan yiroqdagisi esa engil, kuchsiz chiziqlar vositasida tasvirlanadi. Agar suv havzasi daraxtlar bilan o‘ralgan bo‘lsa, ularning ustiga albatta soya tushadi va u ayniqsa quyoshli kunlari aniq ko‘zga tashlanadi. Soyalarni batafsil tasvirlash esa ancha qiyin, ammo suv sathining barcha o‘ziga xos hususiyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatishda ularning hizmati kattadir
    Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan shu narsa ayonki, demak manzarada suv havzasi bo‘lsa-yu uni bo‘lajak rassom-o‘qituvchilar tasvirlasa, buning uchun ularda etarli darajada bilim, ko‘nikma va malaka bo‘lishi zarur. Bu boradagi tajriba ham atrof-muhitni haqqoniy tasvirlash yo‘lida qilingan ko‘plab mashqlar orqali orttiriladi. Shu sababli oliy ta’lim tizimida joriy etilgan mustaqil ishlar vazifalariga manzaradagi suv tasviri hamda unda akslanayotgan atrof-muhit va barcha predmetlar haqqoniy ifodalanishiga oid mavzular berilishi, shuningdek bir xaftalik shahar amaliyoti o‘quv dasturiga ham aloxida vazifalar kiritilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tasviriy o‘quvchilarning badiiy-ijodiy bilimlari, ko‘nikmalari va ijodiy ko‘nikmalarini to‘g‘ri shakllantirish va takomillashtirish, yuqorida qayd etilgan maqola mazmunidagi takliflar asosida tasviriy san’at asarlarini tahlil qilishga tayyorgarlik ko‘rish, bir qator vazifalarni amalga oshirish jarayonida samarali natijalarga erishish imkonini beradi va shu bilan umuman pedagogik kompitetsiyaning muvaffaqiyatini ta’minlaydi


    Download 160,53 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 160,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta”lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim

    Download 160,53 Kb.