|
BOB Pedagogik texnologiyalarni tasviriy san’at darslarida pedagogik texnologiyalar
|
bet | 4/5 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 160,53 Kb. | | #244589 |
Bog'liq Maktab o’quvchilarini tasviriy san’at darslarida manzara janrida ishlashga o’rgatish metodikasi2 BOB Pedagogik texnologiyalarni tasviriy san’at darslarida pedagogik texnologiyalar
2.1. Maktablarda tasviriy san’at darslarini o’qitishda pedagogik texnalogiyalarning o’rni.
“Kuzgi natyurmort’. Natyurmort kompozitsiyasi eskizini ishlash. Kompozitsiya so’zi lotincha “compozito” so’zidan olingan bo´lib, tuzish, birlashtirish, bog’lash turli xil ramziy qism ifodalarni bir butun yaxlitlikka birlashtirish va biron bir g’oyani madh etish ma’nosini bildiradi.
Kompozitsiyani ijoddan alohida tasavvur qilib bo´lmaydi. Rassom asar yaratishida kompozitsiyaga alohidi etibor beradi. Naturadan eng sodda natyurmort ishlashda ham kompozitsiyaga alohida etibor qaratilmoqda
Kompozitsiyaning asosiy mazmun xususiyatlaridan biri mantiqiylik, shakli va qismlarning uzaro mutanosibligidir.
Rassom o’z asarlarining qay biri badiiy, ifodaviy, kompozitsiyon vosita asosida yaratilayotganligiga alohida etibor bermog’i zarur.
Badiiy ijod tajribasi shakillanish mobaynida, kompozitsiyaning asosiy izchil, mukammal qonun-qoidalari va vositalari, hamda ishlab chiqishga sharoit yaratib berdi.
Shu jumladan olimlar tomonidan har qanday san’at asarini his qilishda zarur bo´ladigan go’zallikning prinsplari ishlab chiqilgan. Ular odatda, san’at nazariyasida, badiiy va kompozitsiyon ifoda vositalari, xususan, nur va soya , kontrost, simmetriya, nisbat, plastiklik, ritm, tonallik, dinamika, hajmlilik, arxitektonika, uyg’unliklar deb yuritiladi. Kompozitsiyaning asosiy mazmun xususiyatlaridan biri mantiqiylik, shakl va qismlarning o’zaro munosibligidir.
Kompozitsiya tasviriy san’atning asosiy shartlaridan biri bo´lib, yaratilayotgan asarning asosiy fikr va g’oyasi, maqsadi hamda mazmunini tushinarli, yorqin ifodalash bilan uzviy bog’liqligi etirof etiladi.
Shuningdek turli shakllar, siymolar ko´rinishlardan badiiy asar obrazlarini yaratish ijodkor oldiga asosiy vazifa qilib qo´yiladi.
Yartilgan asarlar bizning yodimizda, tushunchamizda uzoq saqlanib qolishi sabablaridan biri, kompozitsiya echimida tanlangan mavzuning aniq, to´liq, mazmo´nan mukammal tushinarli ifoda etilganidadir.
Natyurmort ishlash san’atining har biri janrida kompozitsiyon yichimining o’z usullari shakillangan. Rangtasvirda natyurmort asarlarini yaratish jarayonida rassom san’atning dastgohli turlariga oid bo’lgan bilimlari ichki uyg’unlik hissiyoti va kompozitsiyadagi barcha qismlarning to’g’ri joylashganligi haqidagi tuyg’ulariga tayanadi.
Natyurmortni bosqichma-bosqich ishlash usullari. Har bir rassom natyurmort ishlash jarayonida ya´ni biron bir ish jarayonida bosqichma –bosqich ishlash usulidan foydalanib chizadi va o´rgatadi. Bounda rassom qo´yidagi bosqichlardan foydalanadi.
1. Bu bosqichda eskizlar chizish materiallarni to´plash vositalarini yig´ib eskizlar chizib olib uning kompozitsiyasiga etibor qaratilib ishlanadi. Har bir rasm chizishda kamida besh-oltita eskiz tayyorlab olinadi keyin chizish boshlanadi. Tayorlangan eskiz asosida tasvir mato yoki qog´ozga joylashtriladi.
2. Bu bosqichda ranglar ahamiyati topiladi, unda kompozitsiya asosida ranglar mosligi topiladi. Yorqin ranglar ochga och ranglar yorqin rangga qaratilib moslab ishlanadi. Natyurmort chizishda ranglarni tanlay bilish katta ahamiyat kasb etadi. Buyumlarni ya´ni mevalarni joylashtrilayotganda ularning rangiga alohida etibor qaratiladi va bo´nda ranglar topilib olinadi, ular mosligiga ham etibor qaratiladi.
3. Bu bosqich ham rasm ishlashda ahamiyati katta bo´lib, bunda yorug´ soya topiladi. Yorug´ soya hosil qilish suniy va tabiiy bo´ladi. Tabiatdagi ranglar yorug´ tushishi natijasida o´zgaradi va bir-biriga bog´lanadi, bo´nda ranglar mosligi hosil bo´ladi. Yorug´ soya, nim soya, juda yorug´ligiga ahamiyat qaratiladi.
4. Bu bosqichda ishga badiiy yondoshilib fikrlab qarash kerak bo´ladi va rang perspektivasiga alohida etibor qaratilishi shart. Badiiy yondoshilgan asar kuzatuvchini ham fikrlashga undaydi. Badiiy yondoshilgan asar kuzatuvchiga estetik did beradi va uning xotirasini mustahkamlashga yordam beradi.
5. Bu bosqich oxirgi bosqich hisoblanib bo´nda rasm tayyor holiga kelishi uchun urg´u berilishi lozim bo´lgan joylarga ahamiyat qaratiladi va berilgan bosqichlar bosib utilib rasm tayyor holga keltriladi.
|
| |