• “Tasviriy san’at fani o’qitish metodikasi” fanidan KURS ISHI
  • MUNDARIJA Mavzu; Maktab o’quvchilarini tasviriy san’at darslarida manzara janrida ishlashga o’rgatish metodikasi
  • I BOB Tasviriy san’atda manzara janri
  • Xulosa.................................................................................................................21
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta”lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim




    Download 160,53 Kb.
    bet1/5
    Sana19.05.2024
    Hajmi160,53 Kb.
    #244589
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Maktab o’quvchilarini tasviriy san’at darslarida manzara janrida ishlashga o’rgatish metodikasi



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA”LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM
    TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI” FAKULTETI
    Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi
    Tasviriy san’at va muhandislik grafikasiyo’nalishi


    ­­­­“Tasviriy san’at fani o’qitish metodikasi” fanidan


    KURS ISHI
    Mavzu:Maktab o’quvchilarini tasviriy san’at darslarida manzara janrida ishlashga o’rgatish metodikasi

    Bajardi: Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi yo’nalishi 3 bosqich 802- guruh talabasi Nizomova Madinabonu
    Ilmiy rahbar:Rahmonova Maftuna

    JIZZAX-2023




    MUNDARIJA
    Mavzu; Maktab o’quvchilarini tasviriy san’at darslarida manzara janrida ishlashga o’rgatish metodikasi

    Kirish....................................................................................................................3
    Asosiy qism;
    I BOB Tasviriy san’atda manzara janri
    1.1. Umumta’lim maktablarga tasviriy san’at darslarida manzara janri...............7
    1.2. “Tasviriy san’at mashg’ulotlarining mazmuni va o’qitilishi”……………12
    2 BOB Pedagogik texnologiyalarni tasviriy san’at darslarida pedagogik texnologiyalar
    2.1. Maktablarda tasviriy san’at darslarini o’qitishda pedagogik texnalogiyalarning o’rni......................................................................................16
    2.2. “Tog’ manzarasi”janri..................................................................................20
    Xulosa.................................................................................................................21
    Foydalanilgan adabiyotlar...................................................................................23

    Kirish
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’lim – tarbiya sohasiga milliy didaktik nuqtai nazardan yondoshib, uni quyidagicha ta‘riflaydi : «Ta‘lim O’zbekiston xalqi ma‘naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O’sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi». Prezidentimizning ushbu ko’rsatmalari ijtimoiy sohada faoliyat ko’rsatayotganlarga, shu jumladan, ta‘lim – tarbiya bilan shug’ullanuvchilarga ham, umumiy metodologik asos vazifasini o’taydi
    Ma'lumki mustaqillikka erishish tufayli tasviriy san'at texnologiyalarini rivojlantirishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, ranglar texnologiyasida qadimdan ishlash va tabiatan qanday olgan kabi zaruriy muammolarga keng o'rin berilmoqda. Rangtasvirda ishlash va rangtasvir yo'nalishi jaddallik bilan rivojlanishi esa yetishib chiqayotgan mutaxassislarning zamonaviy bilim tajribasiga bog'liqdir. Bu borada oliy o'quv yurtlarining «Badiiy-grafika» hamda «San'atshunoslik» fakultetlarida zamon talabiga javob beradigan, har tomonlama yetuk qobiliyatli san'at va muhandislik grafikasi amaliy san'at bakalavr yo'nalishi mutaxassislari tayyorlanishi lozim. Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisi o'z kasbi bo'yicha keng bilimga ega bo'lishi bilan birga boshqa turdagi rangtasvir, grafika, qalamtasvir, amaliy san'at, masalalarini ham chuqur mushohada qilish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.
    Har qanday fan bizni o'rab turgan borliq qonuniyatlarini o'rganadi va o'z izlanishlari bilan tabiat bilimini boyitadi.Oliy o'quv yurtlarining «Badiiy-grafika», «San'atshunoslik» fakultetlarida mutaxassislik fanlaridan rangtasvir, tasviriy san'at texnologiyalari va boshqa mutaxassislik fanlari o'qitiladi va talabani shunday bilimga ega qiladiki, u ranglar bilan ishlash usullari, texnologiyasi haqidagi muammolarni mustaqil yecha oladi. Tasviriy san'at texnologiyasi va nusxa ko'chirish fani bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining amaliy malakalarini puxtalashtirish, tasviriy san'atning turli materiallari bilan erkin ishlay olish ko'nikmalarini mustahkamlashga qaratiladi. Shuningdek, turli tasviriy san'at ashyolari tarkibi, ularni tayyorlash texnologiyasi, har bir tasvirdan nusxa olish uchun unga mos bo'lgan material ashyoni to'g'ri tanlay olish, rangtasvir texnologiyasini aniqlash kabi malakalarni ham shakllantiradi.
    Jamiyatimizning madaniy va ma’naviy yuksalishini oshirishda tasviriy san’at mutaxassislarining roli juda kattadir. Bunday mutaxassislarni tarbiyalash va ta’lim berish tasviriy san’at va muhandislik grafika fakultetining birinchi kursidayoq boshlanishi kerak. Ilmiy va uslubiy bazasiz bu vazifani yechib bo’lmaydi, o’z navbatida, bu birinchi kursdan boshlab o’quv jarayonini tashkil etishning yangi shakllari va tasviriy san‘atni o’rgatish uslublarini ishlab chiqish ehtiyojini keltirib chiqaradi.Tasviriy san‘atning aynan natyurmort janrlari ustida ishlash katta ahamiyatga ega. Tasviriy faoliyatning nazariyasini muntazam o’rganish, tasviriy san’at ta‘limini muvaffaqiyatli o’zlashtirishning asosiy shartlaridandir. Rangtasvir qonun-qoidalarini puxta egallagan talabagina amaliy ijodda samarali shug’ullanishi mumkin. Kimda-kim ilmni amaliyotsiz tasavvur etsa, - u bamisoli suzishga eshkaksiz chiqayotgan qayiq haydovchisidir va u hech qachon qayerga ketayotganligiga to’la ishonch hosil qila olmaydi, deya ta‘kidlagan Leonardo da Vinchi. Ayniqsa rangtasvir sohasida amaliyot hamisha kuchli nazariyot bilan bog’liq holda amalga oshirilishi zarur va bularsiz hech narsaga erishib bo’lmaydi.
    Tasviriy san‘atning tarixi, rangtasvirni amaliy o’rganishda juda katta metodik tajribaga ega. Metodikaga oid adabiyotlarda juda qimmatli materiallar to’plangan bo’lib, ularda ko’plab texnik va texnalogik maslahatlar yoritilgan. Rangtasvir nazariyasiga kelsak, bu masalaga tarixiy merosning ahamiyati unchalik sezilmaydi.
    ___ O`zbekiston Respublikasi prizidenti I. A Karimovning ,,O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”asari 2011-yil, avgust.


    Download 160,53 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 160,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta”lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim

    Download 160,53 Kb.