17
yurak
itarib chiqarayotgan qon aorta, arteriya va arteriolalar cho’ziladi. Bunda
katta qon tomirlari sistola paytida markazdan chetdagi
qismlarga oqib boradigan
qonga nisbatan ko’p qonni qabul qiladi. Odamning sistolik bosimi normada
taxminan 16 kPa.ga teng. Yurakning bo’shashi (
diastola
) paytida cho’zilgan qon
tomirlari pasayadi (bo’shaladi), yurakning qon orqali
ularga uzatgan potensial
energiyasi qonning oqishidagi kinetik energiyaga aylananib diastolik bosimni
taxminan 11 kPa. atrofida tutib turishga madad beradi.
Sistolalar yuz berishi
davrida qonning chap qorinchadan itarilib chiqarilishi tufayli yuzaga kelgan va
aorta hamda arteriyalar orqali tarqaluvchi yuqori bosimli to’lqinga puls to’lqini
deyiladi. Puls to’lqini 5 - 10 m/s, bu esa (0,3 s da 1,5 - 3 m)
sistola davrida
yurakdan qo’l va oyoqlargagacha bo’lgan masofadan kattadir. Bu shuni bildiradiki,
puls to’lqini fronti qo’l va oyoqlarning oxirgi nuqtalariga aortada bosimning
pasayishidan oldin yetib boradi. Ammo qonning tezligi 0,3 - 0,5 m/s, puls to’lqini
tezligidan kichikdir.
Rasmda yurak atrofidagi , ya’ni aortadagi (a) va
arteriolalardagi (b) o’zgarish ko’rsatilgan. Ikkinchi grafikda bosimning o’rtacha
qiymatining va qon oqimi tezligining qon harakatlanuvchi tomirlar turiga bog’liq
Qon bosimining qon tomirlaridagi qiymatlarini ko’rsatuvchi chizmalar.
holda o’zgarishi ko’rsatilgan. 2-arteriyalar, 3-kopelyarlar, 4-venalar. Shtrixlangan
soha bosim tebranishiga mos keladi (puls to’lqini).