2
Ushbu uslubiy ko’rsatma "
TABIIY VA ILMIY FANLAR
"
kafedrasi yig’ilishida (majlis bayoni №1) Agromuxandislik
fakulteti uslubiy kengashida (majlis bayoni №1),
institut
uslubiy kengashida (majlis bayoni №1) kуrib chiqildi va ochiq
matbuotda chop etishga tavsiya qilindi.
Tuzuvchi: SamVMI dos. Nuriddin Mamatkulov.
Taqrizchi : SamDU dos. E.Arzikulov
SAMARQAND – 2018 yil
3
So’z boshi
Biofizika va radiobiologiya biologik hodisalar asosida yotuvchi eng oddiy
va fundamental o’zaro ta’sirlar haqidagi fandir. Biofizika
va radiobiologiya jadal
rivojlanib, hozirgi kunda tirik dunyo tuzilishining molekulyar asoslarini tashkil
etuvchi elementar qatlamiga kirib bormoqda. Hozirgi davrda biofizikaviy
tadqiqotlarning biologiya, ekologiya, nazariy va amaliy tibbiyot qishloq xo’jaligida
keng tadbiq etilayotgani ushbu soha mutaxassislari uchun bu fanni o’rganish
zarurligini ko’rsatmoqda.
Biofizika va radiobiologiya fanining hozirgi kundagi asosiy bo’limlari –
biologik
jarayonlar kinetikasi, termodinamikasi, biopolimerlar tuzilishi va
xossalari, hujayra
jarayonlari biofizikasi, fotobiologik jarayonlar biofizikasi,
radiasion biofizika, radiasiyaning tirik organizmga tasiri va hokazolardir.
Biofizika va radiobiologiya turli biologik hodisalarning molekulyar
asoslarini tashkil etuvchi hodisalar:
ionlar transporti, biologik membranalar
fizikaviy - kimyoviy holatining o’zgarishlari, bioelektrogenez,
mexanik -
kimyoviy jarayonlar, energiya o’zgarishlari va elektronlar ko’chishi, fotobiologik
jarayonlar, tirik organizmlarning elektromagnit maydonlar
va ionlashtiruvchi
hamda optik nurlanishlarga birlamchi reaksiyalarini o’rganadi. Biofizika
fundamental masalalarni hal etish bilan birgalikda biologiya,
tibbiyot, qishloq
xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan amaliy masalalarni ham yechmoqda.
Fanni o’qitish maqsadi – talabalarga asosiy biofizikaviy hodisalar va
g’oyalarni o’rganish, fizikaviy qonunlarni tirik
organizmlarga tadbiq qilish,
biofizika fani yutuqlarini qishloq xo’jaligiga, xususan chorvachilik va veterinariya
sohalariga tadbiq etish bilan tanishtirishdan iborat.