O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti




Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana09.01.2024
Hajmi0,96 Mb.
#133481
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Avtomobilsozlikda robotlarning qo‘llanilishi2

 
 
 
 
 
 
 
 
 


32 
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda, Original (asl nusxa) mohiyati (asosiy xosalari) 
o’rganilishi lozim bo’lgan predmetlar sistemasidir. Keng ma’noda predmet saqlash 
deganda nimani fikrlanishi mumkin bo’lsa, o’sha tushuniladi. Ya’ni, borliqdagi va 
hayolan tasavvur etilgan har qanday narsa, hodisa, ish-harakat, voqea. Ularning 
xossalari va munosabatlar – predmetlardir. Har qanday predmet o’z navbatida 
boshqa predmetlardan tashkil topgan deb qaraladi. Demak, original – qandaydir real 
mavjud bo’lgan yoyinki hali mavjud bo’lmagan, loyihalashtirilayotgan sistemalar, 
elementlar va ularda yuz beradigan hodisalar, jarayonlar, texnologiyalar va ular 
haqidagi bilimlardir. Original predmet sohasining alohida qaraladigan qismidir.
Original – u mansub bo’lgan predmet sohasining tilida ifodalanadi va predmet 
sohasiga oid umumiy bilimlarda, ya’ni muayyan fan sohasida muayyan tarzda aks 
etadi. Originalga “Robot texnikasi” predmet sohasi deb qaralganda, uning qismi 
bo’lgan “Kinematika”, “Dinamika”, “Boshqaruv tizimlari”, “Texnologiya 
jarayonlari” bo’limlari, bu bo’limlar predmet sohasi deb qaralganda esa shu 
bo’limlarda qaraladigan muayyan tizimlar, jarayonlar, texnologiyalar va shular 
misol bo’la oladi.
Model – (lotincha modulus – andaza, namuna, nusxa) keng ma’noda 
originalning o’rniga ishlatiladigan uning obrazidir. Model (aks etgan nusxa) 
originalning asosiy xossalarini aks ettiruvchi predmetlar va ular bglanishlarining 
majmuasidir. Model originalning asosiy xossalarini aks ettirgan holda originaldan 
bevosita olish qiyin bo’lgan yoki olish imkoni bo’lmagan ma’lumotlarni olish uchun 
tanlangan predmet yoki predmetlar sistemasidir. Model ham o’z navbatida biror 
predmet sohasining bir qismidir.
Modellash – bilsh uslubining bir turidir. Modellash uslubi – originalning 
xossalarini uni aks ettiruvchi modelni tadqiq etishga asoslangan bilish uslubidir.
Modellash modelni tuzish, uni o’rganish va model haqida olingan bilimlarni 
originalga tadbiq etish jarayonlaridir.
Modellashda rasmda ko’rsatilgandek 3 tomon qatnashadi: original, sub’ekt, 
model.


33 
Modellashni amalga oshiruvchi sub’ekt original va model tegishli bo’lgan 
predmet sohalaridagi bilimlardan (fan sohasidan) xabardor bo’lmog‘i lozim va 
shundagina, u modellash jarayonlarini amalga oshira oladi. Model tuzish jarayoni 
originalning modelda aks ettirilishi lozim bo’lgan xossalarini va bu xossalar 
mohiyatini ochib beruvchi predmetlarni (ob’ektlarni) tanlashdan, bu xossalar va 
ob’ektlar haqida predmet sohasidan tegishli ma’lumotlar yig‘ishdan boshlanadi.
Mazkur predmet sohasi uchun model rolini o’ynay oladigan predmet (fan) sohasi 
tanlanadi va unda model tuziladi.
Originalning asosiy xossalarini ochib berishda qatnashuvchi predmetlarni 
uning ob’ektlari deb ataymiz. Ob’ektlar – modellovchi kishi (sub’ekt) faoliyati va 
diqqat – e’tibori qaratilgan predmetlardir. Ob’ektlarga birinchi galda originalni 
tashkil etuvchi elementlar va original xossasini tavsiflovchi o’zgaruvchilar va 
parametrlar kiradi.
Modelga universallik, adekvatlik, aniqlik va tejamkorlik talablari qo’yiladi.
Universallik – modelning turli sinflarga oid originallarga qo’llanma olishidir. 
Adekvatlik – berilgan xossalarni berilgan xatolikdan kam xatolikda aks ettirish 
qobiliyati. Aniqlik – real original parametrlarini modelda hisoblangan parametrlar 
bilan yaqinlik darajasi. Aniqlik va tejamkorlk o’zaro zid talablardir. Tejamkorlikka 
(modelga sarf bo’lgan resurslarni kamaytirishga) originaldagi ikkinchi darajali 
xossalarni hisobga olmaslik orqali erishiladi, ammo bu aniqlikning kamayishiga olib 
keladi. 


34 

Download 0,96 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti

Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish