26
1
– ko‘tarish va burilish moduli; 2 – burilish moduli; 3 – burilish va
siljish moduli; 4 – ko‘tarish moduli; 5 – burilish va chiziqli harakat moduli; 6 –
aylanish moduli; 7 – tebranma harakat moduli; 8 – siljish moduli; 10 – 14 qisqich
modullari.
1.5 – rasmda keltirilgan robot modullari yetarli darajada universal hisoblanadi.
Masalan, 1,2 yoki 1,8,6 hamda 10 – 14 modullar asosida “Siklon – 3B”, “PR – 10”,
“MP – 5” sanoat robotlari manipulyatorining konstruksiyalarini;
3,7,10 modullar yordamida “MP1”, “Sport – 1”; 2,4,9,13 –
modullar asosida
“Universal”, “Yunimeyt” robotlari manipulyatorlari konstruksiyalarini hosil qilish
mumkin.
Avtomobilsozlikda robotlarning qo‘llanilishi
Hozirgi vaqtda avtomobilsozlikda robotlar
boshqa sohalarga qaraganda,
ko‘proq
ishlatiladi, chunki bu sohadagi qator operatsiyalar inson sog‘lig‘i
uchun
zararli va xavli operatsiyalarga payvandlash, bo‘yash, yig‘ish, germitasiyalash, issiq
detallami tashish operatsiyalari kiradi. (1.8.-rasm).
7-rasm. Avtomobilsozlikda robotlarning ishlatilishi
Robotlarni avtomobilsozlikda qo‘llash mahsulot sifatini oshirish imkoniyatini
beradi. Masalan, ishlatilganda bo‘yoq bir xil
qalinlikda amalga oshiriladi;
payvandlash yuqori sifatli va aniq bajariladi.
27
Avtomobilsozlikda
robotlarni
avtomatlashtirilgan
tizimlar
tarkibida
ishlatilganda, ishlab chiqarishning unumdorligi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari
oshadi. Robotlarning qayta programmalash imkoniyatlari
mavjudligi tufayli,
ularning turli xil modellari ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin.
Bu esa avtomobilsozlik sohalari texnologiyasining
yuqori darajaga
ko‘tarilishini ta’minlaydi. Sanoat robotlarini qo‘llash, ishlab chiqarishni kompleks
avtomatlashtirish imkonini beradi.