22
Ikkinchi avlod - adaptiv robotlar, ular tashqi muhit o‘zgarishlariga moslasha
oladi. Adaptiv robotlarning birinchi avlod programmali
robotlarga qaraganda
funksional imkoniyatlari keng bo‘ladi. Tashqi muhit bo‘yicha informatsiyani olishda
turli xil sensor qurilmalardan foydalaniladi. Masalan, sun’iy ko‘z sistemalari, taktil
sensorlar, lokatsion datchiklar va h.
Uchinchi avlod – intellektual robotlar. Bunday robotlar tashqi muhitni o‘zida
aks
ettira oladi, avtomatik ravishda bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar bo‘yicha
qaror qabul qilish imkoniyatiga ega. Intellektual robotlar odamga o‘xshash turli
intellektual va oldindan rejalashtirilgan harakat funksiyalarini bajaradi.
Adaptiv robot moslashuvchan sistemalarning bir turidir.
Bunday robot
programmalashtirilgan harakat funksiyalari qisman aniq tashqi muhitda bajarish
imkoniyatiga ega. Tashqi muhit o‘zgarishini adaptiv
robot sensor qurilmalari
yordamida qabul qilib, o‘z faoliyatini avtomatik ravishda qayta programmalaydi.
Adaptiv robotlarda sensor qurilmalari sifatida sun’iy ko‘z, lokatsion sensorlar,
taktil va kuch-moment datchiklari qo‘llaniladi.
Adaptiv robotning sxemasi 1.3- rasmda keltirilgan.