• Kurs ishi ob’ekti
  • I BOB. AVTOMOBILSOZLIKDA ROBOTLARNING QO‘LLANILISHI 1.1.Avtomobilsozlikda robototexnikaning ahamiyati va dolzarbligi
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti




    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/13
    Sana09.01.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #133481
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Avtomobilsozlikda robotlarning qo‘llanilishi2

    Kurs ishi maqsadi: Avtomobilsozlikda robotlarning qo‘llanilishi mavzusini 
    o'rganish va tadqiq etishdan iborat. 
    Kurs ishi vazifalari:
    1. Robotlar haqida umumiy tushunchalar va ta’riflarni o'rganish; 
    2. Intellektual, adaptiv va programmali robotlarni o'rganish; 
    3.Robotlarni loyihalash asosiy etaplarini o'rganish; 
    4.Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslarini o'rganish va tahlil 
    etishdan iborat. 
    Kurs ishi ob’ekti: Avtomobilsozlikda robotlarning qo‘llanilishi. 
    Kurs ishi predmeti: Avtomobilsozlikda robotlarning qo‘llanilishi va
    modellashtirishning amaliy ahamiyati . 
    Kurs ishi tuzilishi: Kirish, ikki bob (4ta paragraf), xulosa va foydalanilgan 
    adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 



    I BOB. AVTOMOBILSOZLIKDA ROBOTLARNING QO‘LLANILISHI 
    1.1.Avtomobilsozlikda robototexnikaning ahamiyati va dolzarbligi 
    Mexatronika modullari va robototexnikani afzalliklari uning keng qamrovliligi 
    va ko'p qirraliligida. Mexatronika va robototexnika - bu mexanik, elektronika va 
    mikroprotsessor texnologiyasi, informatika va kompyuterni boshqarish sohasidagi 
    bilimlarga asoslangan, mashinalar va agregatlar harakatni kompyuter boshqaradigan 
    mashinalar va tizimlarni yaratish va ishlatishga bag'ishlangan yangi fan va 
    texnologiya sohasi. Robotlar va robot tizimlari mikro, makro o'lchamlargacha 
    bo'lgan ishlarni bajarish uchun mo'ljallangan, bundan tashqari, og'ir, zerikarli va 
    xavfli ishlarda odamlarning o’rniga ulardan foydalanish. Mutaxassislik har xil 
    turdagi mexanik va elektron uskunalarni, kompyuterlarni, robotlarni, mashinalarni 
    yaxshi ko'radiganlarni qiziqtiradi. Mexatronikani vazifalari 3 turga bo’linadi:
    Mexanika
    Elektronika
    3.Axborat texnologiyalari
    Ushbu yonalishdagi bilimlarni birlashtirilishi sababli mexatronikaning yangi 
    qirralari paydo bo’ladi. Mexatronikani maqsadi yangi imkoniyatlarga ega bo’lgan 
    aqlli va harakatlanuvchi mashina va mexanizmlarni loyihalash va ishlab 
    chiqarishdan iborat. Mexanizm bir yoki bir necha jismning harakatini boshqa 
    jismlarning ma’lum harakatiga aylantirib beradigan qurilmadir. Mexanizmlarni 
    xarakatini uzatuvchi, ijrochi ya’ni ish bajaruvchi, boshqaruvchi, nazorat qiluvchi va 
    rostlovchi bo’ladi. Elektronika fan va texnologiyani elektronlar zaryadlangan 
    zarralarning turli jismlar bilan o’zaro ta’siri qonuniyatlarini o’rganish, energiyani 
    o’zgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini ishlab chiqish 
    bilan shug’ullanadigan soha.
    “Robot” so‘zi birinchi marotaba 1920 yilda chex yozuvchisi K. Chapekning 
    “RUR” (Rossum universal robotlari) asarida ishlatilgan. Robot tushunchasi keng 
    doiradagi turli sistemalar va qurilmalar bilan bog‘liq. Robotning turli xil avtomatik 
    sistemalar va qurilmalardan asosiy farqi, unda odam harakatlariga o‘xshash 



    harakatlar qila oladigan organning ya’ni mexanik qo‘l (manipulyatorlar) ning borligi 
    va u yordamida robot tashqi muhitga ta’sir qilish imkoniyati borligidir.
    Robot odam o‘rniga turli xil manipulyatsiyalarni qila oladigan mashina – 
    avtomatdir(1 – jadval).
    1– jadval. Robotlarning funksional imkoniyatlari
    Funksiyalar 
    Odamning 
    funksional organlari 
    Robotdagi analog 
    Fikrlash 
    Markaziy nerv 
    sistemasi 
    Boshqarish 
    sistemasi 
    Tashqi muhit 
    bilan aloqa 
    Sezish organlari 
    Sezish elemantlari 
    (datchiklar va sensorlar) 
    Ish va harakat 
    Qo‘l, oyoq va h. 
    Manipulyatorlar va 
    harakatlanish qurilmasi 
    Hayot 
    ta’minoti 
    Qon aylanish va 
    hazm qilish organlari 
    Energiya manbalari 
    Robototexnika - bu robotlardan tashqari avtomatlashtirilgan texnik tizimlar va 
    ishlab chiqarish jarayonlarining so'nggi texnik tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va 
    qo'llashni o'rganadi. Avtomatlashtirilgan mashinalar, boshqacha qilib aytganda 
    robotlar odamlar o'rniga xavfli joylarda yoki zavodda yig'ish jarayonida ishlashi 
    mumkin. Robotlar tashqi ko'rinishi, xulq-atvori va idrokida odamlarga juda o'xshash 
    bo'lishi mumkin. Robotlar, asosan 3 turga bo’linadi:
    Qa’tiy dastur asosida ishlaydigan robotlar.
    Odam boshqaradigan robotlar.
    Sun’iy intellektli robotlar
    Hozirgi zamon yuqori texnologiyalarida sanoat robotlari va robototexnika 
    tizimlari keng qo‘llanilmoqda. Robotlar, robototexnik va moslashuvchan ishlab 
    chiqarish sistemalari ishlab chiqarishni rivojlantirishning texnik asoslari 
    hisoblanadi. Hozirgi zamon yangi texnologiyalarida robotlar va robototexnik 
    sistemalarni qo‘llash yildan yilga oshib bormoqda. Ular yordamida yangi texnologik 



    jarayonlar o‘zlashtirilmoqda, odamlarni toliqtiradigan, bir xil, og‘ir qo‘l 
    mehnatidan, sog‘liqlari uchun zararli va xavfli ishlardan ozod qilinmoqdalar. 
    Robotlar manipulyatorlar deb ataladigan mashinlar sinfiga kiradi.
    Manipulyatorlar – ko‘p zvenolardan iborat mexanizm bo‘lib, odam qo‘li 
    harakatlarini imitatsiya qilishga mo‘ljallangan qurilmadir, u masofadan operator 
    yoki programmali boshqarish sistemasi tomonidan boshqariladi.
    Hozirgi vaqtda avtomobilsozlikda robotlar boshqa sohalarga qaraganda, 
    ko‘proq ishlatiladi, chunki bu sohadagi qator operatsiyalar inson sog‘lig‘i uchun 
    zararli va xavli operatsiyalarga payvandlash, bo‘yash, yig‘ish, germitizatsiyalash, 
    issiq detallami tashish operatsiyalari kiradi. (1-rasm)
    1-rasm. Avtomobilsozlikda robotlarning ishlatilishi
    Robotlarni avtomobilsozlikda qo‘llash mahsulot sifatini oshirish imkoniyatini 
    beradi. Masalan, ishlatilganda bo‘yoq bir xil qalinlikda amalga oshiriladi; 
    payvandlash yuqori sifatli va aniq bajariladi. Avtomobilsozlikda robotlarni 
    avtomatlashtirilgan 
    tizimlar 
    tarkibida 
    ishlatilganda, 
    ishlab 
    chiqarishning 
    unumdorligi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari oshadi. Robotlarning qayta 
    programmalash imkoniyatlari mavjudligi tufayli, ularning turli xil modellari ishlab 
    chiqarishda ishlatilishi mumkin. Bu esa avtomobilsozlik sohalari texnologiyasining 
    yuqori darajaga ko‘tarilishini ta’minlaydi. Sanoat robotlarini qo‘llash, ishlab 
    chiqarishni kompleks avtomatlashtirish imkonini beradi.



    Nuqtali payvandlashni avtomatlashtirishda, robotlar keng qo‘llaniladigan soha 
    hisoblanadi. Bunga robotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
    robotlarning to‘xtash aniqligi mm bo‘lishi kerak;
    robotlar obyektlarni manipulyatsiya qila oishi lozim.
    Odatda, bu operatsiyalarni bajarishda elektrik va gidravlik yuritmali robotlar 
    ishlatiladi. Nuqtali payvandlash jarayoni xavfli va anchagina yoqimsiz, shovqinli 
    hisoblanadi. Shuning uchun bunda, robotlarni payvandlashni avtomatlashtirish 
    uchun qo‘llash, insonlarni og‘ir mehnatdan ozod qiladi, payvandlash tezligini 
    oshirish va uning sifatini oshirish imkonini beradi.
    Elektr yoyi bilan payvandlash jarayoni inson sog‘lig‘i uchun nihoyatda zararli 
    hisoblanadi va uni robotlar yordamida avtomatlashtirish, payvandlash sifati va 
    tezligi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Odatda, besh harakat darajasiga ega bo‘lgan 
    elektr yuritmali va kontur boshqarishli robotlar ishlatiladi. Talab qilinadigan aniqlik 
    mm bo‘lishi kerak, robot murakkab trayektoriyalar bo‘yicha harakat qila olishi 
    lozim. Uni programmalash va boshqarish sodda bo‘lishi lozim.
    Bo‘yash jarayonida robotlardan avtomobilning turli qismlarini bo‘yash uchun 
    ishlatilishi hozirgi vaqtda keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
    Sanoat robotlari ishlab chiqarish jaryonlarini kompleks avtomatlashtirish 
    imkonini beradi hamda zamonaviy yangi texnologiyalarda sanoat robotlari keng 
    qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishda sanoat robotlari asosiy va yordamchi texnologik 
    operatsiyalarni avtomatlashtirishda ishlatiladi. Sanoat robotlariga qiziqish tobora 
    oshib bormoqda. Hozirgi vaqtda chet ellarda sanoat robotlarini tayyorlash bilan



    200 dan ortiq firmalar shug‘ullanmoqda robotlarning dunyo bo‘yicha 
    chiqarilayotgan modellari 600 tadan ortiq.
    “Robot” so‘zi birinchi marotaba 1920 yilda chex yozuvchisi K. Chapekning 
    “RUR” (Rossum universal robotlari) pesasida ishlatilgan. Robot tushunchasi keng 
    doiradagi turli sistemalar va qurilmalar bilan bog‘liq.
    Robotning turli xil avtomatik sistemalar va qurilmalardan asosiy farqi, unda 
    odam harakatlariga o‘xshash harakatlar qila oladigan organning ya’ni mexanik qo‘l 
    (manipulyatorlar) ning borligi va u yordamida robot tashqi muhitga ta’sir qilish 
    imkoniyati borligidir. Robot odam o‘rniga turli xil manipulyatsiyalarni qila oladigan 
    mashina – avtomatdir. (2 – jadval).
    2 – jadval.

    Download 0,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti

    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish