• 5320400 -“Kimyoviy texnologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarini Yakuniy Davlat Atestatsiya sinovlaridan o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan
  • TUZUVCHI: t.f.n., dotsent O.K.Rahmonov
  • Umumiy kimyoviy texnologiya” fani bo‘yicha
  • Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fani bo‘yicha
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «tasdiqlayman»




    Download 3,03 Mb.
    bet1/89
    Sana22.06.2024
    Hajmi3,03 Mb.
    #265192
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
    Bog'liq
    KvaKT ДАК Baholash mezoni (2)


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
    «TASDIQLAYMAN»
    Farg‘ona politexnika instituti
    rektori O‘.R.Salomov
    ___________________
    «_____»_________2023 y.
    5320400 -“Kimyoviy texnologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarini Yakuniy Davlat Atestatsiya sinovlaridan o‘tkazish bo‘yicha


    mutaxassislik fanlaridan


    BAHOLASH MEZONLARI


    Farg‘ona – 2023 y.

    ANNOTATSIYA
    Dastur 5320400 – Kimyoviy texnologiya ta’lim yo‘nalishining 2020/2021 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi ixtisoslik fanlar asosida tuzilgan.



    TUZUVCHI:




    t.f.n., dotsent O.K.Rahmonov
    FarPI,“Kimyo va Kimyoviy texnologiya” kafedrasi mudiri.
    t.f.n., X.M.Polvonov
    FarPI,“ Kimyo va Kimyoviy texnologiya” kafedrasi dotsenti.
    t.f.d., Sh.O.Eminov
    FarPI,“ Kimyo va Kimyoviy texnologiya” kafedrasi dotsenti.



    Ushbu dastur “Kimyo texnologiya” fakultetining 2023-yil ____._____ dagi № - sonli Kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.


    KIRISH

    5320400 – “Kimyoviy texnologiya” ta’lim yo‘nalishi - fan va ishlab chiqarish texnologiyalari sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u zamonaviy sanoat ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashda, jarayonlarni hisoblash va taxlil qilish, ularning optimal parametrlarini aniqlash, qurilmalarni hisoblash va loyihalash, kimyo sanoatining ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish usul va uslublarining yig‘indisini o‘z ichiga oladi.


    Ta’lim yo‘nalishining vazifasi - talabalar bilimlarini chuqurlashtirish va kimyoviy texnologiyada asosiy texnologik jarayonlar: gidromexanik, issiqlik almashinish, massa almashinish, mexanik va kimyoviy jarayonlarning turlari, ularning harakatlantiruvchi kuchi, mexanizmi, nazariy asoslari, ularning qonuniyatlari, moddiy va issiqlik balanslari; ushbu jarayonlarni amalga oshiruvchi uskuna va qurilmalar, ularning konstruktiv tuzilishi, ishlash prinsipi, kamchilik va afzalliklari, ularning asosiy o‘lchamlarini hisoblash va loyihalash; optimal samarador texnologik tizimlarni yaratish, ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash, texnologik yеchimlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarini oshirish va ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir.
    5320400 – “Kimyoviy texnologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari Yakuniy Davlat Atestatsiyasida ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga asosan 3 ta mutaxassislik fanlari bo‘yicha: “Umumiy kimyoviy texnologiya”, “Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar” va “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fanlaridan variantlar tuzilib, har bir variantda 3 ta savollar shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida quyidagi ma’lumotlarni batafsil qamrab olgan.

    Umumiy kimyoviy texnologiya” fani bo‘yicha:


    Kimyoviy texnologiyaning nazariy asoslari “Umumiy kimyoviy texnologiya ” fanining mazmuni, predmeti va metodi. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va metodi. Kimyoviy va mexanik texnologiyalar haqida tushuncha. Texnologik va muvozanat baholash mezonlari, kimyoviy jarayon xaqida tushuncha. Kimyoviy jarayonlarni fazaviy tarkibi bo‘yicha turkumlash. Diffuziya va kinetik soxalarida boradigan jarayonlar. Ishlab chiqarishning asosiy texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari, mahsulotning chiqishi, sarflanish koeffitsientlari, tannarxi, ishlab chiqarish quvvati, unumdorligi, kapital sarflar. Massalar ta`siri qonuni va uning amaliy qo‘llanilishi. Muvozanat doimiysi.Kimyoviy muvozanat. Massalar ta`siri qonuni. Massalar ta`siri qonunidan muvozanat doimiysini topish. Muvozanat doimiyligini ifodalash usullari. Muvozanat doimiysini mahsulotning muvozanat sharoitidagi chiqishi bilan o‘zaro bog`liqligi. Kimyoviy muvozanat. Le-Shatel`e printsipi. Kimyoviy gomogen jarayonlarda muvozanat. Muvozanat sharoitlari. Le-Shatel`e printsipi. Muvozanatni siljitish uchun uni amaliy qo‘llanishi. Gomogen va geterogen reaktsiyalarning tezligi va tezlikni oshirish tadbirlari. Texnologiyada kataliz ahamiyati. Gomogen jarayonlar. Ularni turkumlash. Gomogen jarayonlarning tezligini oshirishning asosiy omillari. Geterogen reaktsiyalarning tezligi va tezlikni oshirish tadbirlari. Geterogen jarayonlar. Ularni turkumlash. Massa uzatish.Geterogen sistemalar: gaz-suyuqlik, gaz-qattiqlik, suyuqlik-qattiqlik va hakozalarda massa uzatish yuzasini oshirish. Kimyoviy texnologiyada kataliz axamiyati. Katalitik jarayonlarni turkumlash. Ijobiy va salbiy kataliz. Katalizatorlarning tanlov xususiyati va aktivligi. Gomogen va getarogen kataliz mexanizmi. Sanoat katalizatorlari. Kimyoviy reaktorlar. Kimyo texnologik tizimi. Kimyoviy reaktorlar, ularga talablar. Reaktorlarning tavsifi. Kimyoviy reaktorlar, ularga talablar. Ishning yuqori unumdorligi va tezkorligi, jarayonning eng yuqori tanlanishi. Issiqlikdan samarador foydalanish, qurilma baxosining pastligi, boshqaruvda yengillik. Reaktorlarning kimyoviy-texnologik jarayonlarga qarab tavsiflanishi. Ideal siqib chiqaruvchi reaktorlar, ularning xarakteristik tenglamasi, modeli. Ideal siqib chiqaruvchi reaktorlar, ularning modeli, reaktorning moddiy balansi, xarakteristik tenglamasi, differentsial hajm. Kimyo texnologik tizimi. KTT haqida tushuncha. KTT ga qo‘yiladigan umumiy talablar. KTT elementlarining texnologik aloqalari, ularning vazifalari, ketma-ketligi, parallelligi, baypastligi, qaytarmaligi, tarmoqqa aloqadorligi. KTT da xom ashyo va energiya. Moddiy va energetik bog`lanishni tuzish printsipi, o‘xshashlik nazariyasi xaqida tushuncha, matematik modellash, fizik modellash. Noorganik moddalar ishlab chiqarish texnologiyalari Sul`fat kislotasi ishlab chiqarish texnologiyasi. Sul`fat kislotasi xususiyatlari, qo‘llanilishi, ishlab chiqarish usullari: nitroza va kontakt usuli. Bog`langan azot birikmalari. Ammiakning sintezi, vodorod va azotni olish usullari. Ammiakni sintez qilish reaktsiyasi, reaktsiyaning fizik-kimyoviy asoslari, katalizatori, texnologiyasi. Sintez kollonasi. Azot kislotasini ishlab chiqarishning nazariy asoslari, ammiakni katalizator ishtirokida yoqish jarayoni va azot (IV) oksidini suv bilan absorbtsiyalash. Mineral o‘g`itlar texnologiyasi. Mineral o‘g`itlar turlari to‘g`risida ma`lumot. Oddiy superfosfat, qo‘sh superfosfat, ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi. Ammoniy selitrasi, xususiyati va ishlab chiqarish texnologiyasi. Kaliy o‘g`itlari to‘g`risida ma`lumot. Silikat materiallarining turlari. Chini va fayans ashyolari texnologiyasi. Silikat materiallarining turlari.Chinni va fayans ashyolari texnologiyasi. Keramik ashyolar ishlab chiqarish uchun xom ashyo, xom ashyoni tayyorlash. Keramik ashyolarni ishlab chiqarish texnologiyasi: shakllash (formovka), quritish, kuydirish. Asosiy qurilmalar, pechlarni turlari. Shisha ishlab chiqarish to‘g`rsida ma`lumot. Bog`lovchi materiallar. Bog`lovchi materiallarning turlari, tsement to‘g`risida ma`lumot, suvda va havoda qotadigan materiallar.

    Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fani bo‘yicha:


    Azotli birikmalar qanday usullar bilan olinadi. O‘ta sovutish jarayonini tushuntiring. Metan konversiyasi jarayonini tushuntiring. Azot birikmalarni xalq xo‘jaligida qanday maqsadlarda qo‘llaniladi. Vodorod ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonini tushuntirng. Ammiak qanday usulda olinadi. Ammiak sintezi jarayonining fizik – kimyoviy asoslarini izoxlang. Sanotda gazlarni tozalashdan maqsad nima. Vodorod ishlab chikarish texnologiyasini izoxlang. Gazlarni tozalash qanday usullarda olib boriladi. Ammiak ishlab chiqarish texnologiyasini izoxlang. Sanoatda gazlarni tozalash uchun nima kerak buladi. Azot vodorod ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonini tushuntiring. Xavoni ajratishdan maqsad nima. Azot-vodorod qanday usullarda ishlab chiqariladi. Konversion gazlarni tozalashni tushuntirib bering.. Xavoni ajratish texnologiyasi. Xavo rektifikatsiyasi va BR – 6 kurilmasi. Gazlarni etanolaminning suvli eritmasi yordamida tozalash. Uglevodli gazlar konversiyasi jarayonini fizik-kimyoviy asoslash. Koks gazini ajratish asosiy jarayoni va texnologiyasi. Elektrokimyoviy ishlab chiqarish. Koks gazini ajratish asosiy jarayoni va texnologiyasi. Elektrokimyoviy ishlab chiqarish. Koks gazini ajratish asosiy jarayoni va texnologiyasi. Azotni boglashdan maqsad nima. Azotli birikmalarni xalq xo‘jaligida qanday maqsadlarda qo‘llaniladi. Vodorod ishlab chiqarish texnologiyasini izoxlang. Gazlarni CO va CO2 dan tozalash. Xavoni ajratish texnologiyasini tushuntiring. Kontakt usulda sulfat kislota ishlab chiqarish. Azotli birikmalar qanday usullar bilan olinadi. Metan konversiyasi jarayonini tushuntiring. Nitrat kislota ishlab chikarish texnologiyasi. Sulfat kislota ishlab chiqarishning fizik – kimyoviy asoslari. Sulfat kislota ishlab chiqarish usullari, navlari va jixozlari materiallari. Sulfat kislota ishlab chiqarishdagi o'choq gazining xom ashyolari. Oltingugurtli xosh ashvolarni yoqish texnologiyasi. Kolchedanni va oltingugurtni yoqish o'choqlari turlari: mexanik, changsimon yoqish. qaynar qatlamli, siklonli. Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarish asoslari. Vanadiy katalizatori ishtirokida oltingugurt ikki oksidini birlamchi va ikkilamchi oksidlash. Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarishning klassik tizimi. Oltingugurt uch oksidi absorbtsiyasi va klassik tizim qarama qarshi jarayonlari. Kontakt usul bilan sulfat kislota ishlab chiqarishninig zamonaviy texnologik tizimlari. Sulfat kislotasini nitroza usuli bilan ishlab chiqarish. Mineral o'g'itlar turlari. O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish korxonalari. Kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish usullari. Elementar azotning asosiy xususiyatlari va bog'lanish usullari. Azot birikmalarining axamiyati. Elementar azotni bog'lash usullari. Atmosfera havosini ajratish qurilmalari. Kimyoviy va fizik usullar bilan vodorod ishlab chiqarish. Vodorodni elektroliz usuli bilan ishlab chiqarish. Konvertrlangan gazlarni uglerod dioksidididan tozalash. Sintetik ammiak ishlab chiqarish va undan nitrat kislota olish usullari. Kuchsiz nitrat kislotasi ishlab chiqarish asoslari. Nitrat kislota ishlab chiqarish qurilmalari. Sulfat kislota va uni ishlab chiqarish xomashyolarini tavsiflab bering. Sulfat kislota va oleumning xossalari. Oltingugurtli xom ashyolarni kuydirishning fizik-kimyoviy asoslari. Sulfat kislota ishlab chiqarishda kuyundi gazini changdan tozalash. Katalizatorlar ishtirokida sulfit angidridni oksidlashning fizikkimyoviy asoslari.

    Download 3,03 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




    Download 3,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti «tasdiqlayman»

    Download 3,03 Mb.