• Mundarija: 1.Kirish. Adabiyotlar sharhi.
  • Tajribaviy qism. 3.1 Tajriba uchun ishlatilgan reaktiv va tahlil uskunalari 3.2. Ishni olib borish metodologiyasi
  • Natijalar tahlili 4.1.Sement 4.2Separatsiya 4.3Tanlab eritish 4.5Taklif etilayotgan texnologiyani hisoblash qismi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 32,29 Kb.
    bet1/5
    Sana11.10.2024
    Hajmi32,29 Kb.
    #274489
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    diploma diplom 2


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSITUTI
    KIMYOVIY MODDALAR TEXNOLOGIYASI FAKULTETI
    ,,SILIKAT MATERIALLARI,KAMYOB VA NODIR METALLAR TEXNOLOGIYASI’’KAFEDRASI 4-20 GURUH TALABASI
    PARDAYEV ASADBEKNING
    ,,SANOAT KORXONALARI CHIQINDILARIDAN,FOYDALI KOMPONENTLARNI AJRATISH METODOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH” MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY-ILMIY ISHI

    Toshkent-2024 y.


    Mundarija:
    1.Kirish.
    Adabiyotlar sharhi.
    2.1.Kul va shlak chiqindilarini hosil bo‘lishi.
    2.2.Kul va shlak chiqindilarini qayta ishlash ahamiyati va ularning atrof-muhitga ta’siri.
    2.3.Kul va shlakning fizik va kimyoviy xususiyatlari.
    2.4.Kul va shlakning kimyoviy-mineralogik tarkibi.
    2.5.Kul va shlaklarni kompleks qayta ishlash borasida O‘zbekiston va dunyoda olib borilgan ishlar
    Tajribaviy qism.
    3.1 Tajriba uchun ishlatilgan reaktiv va tahlil uskunalari
    3.2. Ishni olib borish metodologiyasi
    3.3.Magnitli separatsiya.
    3.4.Kul va zoloshlak namunasini sulfat kislotada tanlab eritish
    3.5.Termik ishlov berish.
    3.6.Kul va shlakni betonga qo‘shish metodologiyasi
    3.7.Kul va shlak chiqindilarini qayta ishlashga taklif etilayotgan texnologiya tavsifi.
    Natijalar tahlili
    4.1.Sement
    4.2Separatsiya
    4.3Tanlab eritish
    4.5Taklif etilayotgan texnologiyani hisoblash qismi.
    4.6.Kul va shlakni tanlab eritish moddiy balansi.
    Hisob qismi
    5.1.Asosiy qurilma aralashtirgich hisobi.
    5.2.Xulosa
    5.3.Foydalanilgan adabiyotlar.

    KIRISH


    Bugungi kunda turli xildagi chiqindilar dunyo miqyosidagi asosiy ekologik
    muammo bo‘lib kelmoqda. O‘rganilayotgan ilmiy-tadqiqot tahlillariga ko‘ra,oxirgi yillarda maishiy va sanoat chiqindilarining yildan-yilga ortayotgani yer yuzidagi ekologik barqarorllikka juda ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Tahlil natijalariga ko‘ra,bugungi kunda chiqindilarning 900 ga yaqin turi ro‘yxatga kiritilgan.Shuningdek, chiqindilarning hajmi har yili o‘rtacha hisobda 3% ga oshib
    bormoqda. Ko‘pchilikka ma’lumki, ko‘p yillar davomida chiqindilarni noto‘g‘ri boshqarish tabiiy resurslarni o‘zgarishi va tabiat hodisalarining buzilishiga sabab bo‘lgan. Hosil bo‘layotgan chiqindilarning 80% ini organik moddalar tashkil etadi va ularni qayta ishlash natijasida biz katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarishimiz mumkin. Xomashyo materiallaridan kompleks
    foydalanilganida sanoat chiqindilari yoki tashlandiq keraksiz mahsulotlar boshqa
    bir sanoat ishlab chiqarishiga xomashyo bo‘lishi mumkin. Shunga o‘xshash , xom-
    ashyolardan foylalanilganda hozirgi davr xalq xo‘jaligining rivojlanish talablariga
    mantiqan to‘g‘ri keladi.So‘nggi paytlarda elektr energiyasiga bo‘lgan talab oshishi
    natijasida energetika sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.Elektr energiyasining dunyo miqyosidagi ishlab chiqarilishi hozirgi rivojlanish bosqichida o‘n yil davomida ikki baravarga ortdi.Demak,yoqilayotgan organik yoqilg‘ining miqdori ham ikki baravar ko‘p sarflanmoqda.Issiqlik elektr stansiyalarining dunyodagi qazilma yoqilg‘ining 40% ga yaqinini sarflayotganligi atrof-muhitga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.IESlarning ta’siri atmosferaga yonish mahsulotlaridagi zararli gazlar va kulni mayda qattiq zarrachalari, ifloslangan oqava suvlar hamda atmosferaga tutun gazlar va suv havzalariga gidrokul tashlanishi tizimlaridan,turbinalarning kondensatorlaridan aylanma suv bilan suv havzalariga chiqindilarni tashlanishi natjasida kuzatilmoqda.Elektr stansiyalardan tashlanayotgan turli moddalar biosferaga zararli ta’sir qilmoqda. Shu munosabat bilan IES laring atrof muhitga ta’sirini kamaytirish dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Tuproqning har xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan shiddatli tarzda ifloslanishi real tahdid tug’dirmoqda. Turli kimyoviy vositalar, zararli moddalar va mineral o‘g‘itlarmi, sanoat va qurilish materiallarini saqlash, tashish va ulardan foydalanish qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi yerning ifloslanishiga olib kelmoqda va undan samarali foydalanish imkoniyatlarini cheklamoqda.Foydali qazilmalarni jadal qazib olish, ko‘pincha ularni qayta ishlashning texnologik sxemalari nomukammalligi ko‘p miqdorda ag‘darmalar, kul, shlak va boshqa moddalar to‘planib qolishiga olib kelmoqda.Bular dehqonchilik uchun yaroqli bo‘lgan yerlarni egallabgina qolmay, balki tuproqni, yer osti va yer usti suvlarini, atmosfera havosini ifloslantirish manbalariga ham aylanmoqda.Respublikada zaharli chiqindilardan foydalanish sanoati esa hozircha
    yaratilgan emas.



    Download 32,29 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 32,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 32,29 Kb.