• Metallni qirqish usullari
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi milliy libos va san’at fakulteti «Tasdiqlayman»




    Download 1.23 Mb.
    bet5/11
    Sana15.11.2023
    Hajmi1.23 Mb.
    #98898
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    MUNDARIJA
    bahodirov multimedia2, 1. Abdurayimov Shaxzod maydon nazariyasi, 18 Tuychiyev UMIDJON, @rakhmataliyev 2021 qadimgidunyo
    2.2.Fason yuzalarni egovlash.
    Metallni qirqish. Metallni bo’laklarga bo’lish uchun arralashpolotnosi, qaychi va boshqa kesuvchi asboblardan foydalaniladi.
    Metallni qirqish uchun asbob . Qalin bo’lgan listli, polosali kesimi doira shaklida bo’lgan, profilli metallarni qirqish uchun qo’l-temir arrasi ishlatiadi. U paz, shlis, aylana bo’ylab belgi qilish uchun ham ishlatiladi (8-rasm).
    Temir arra polotnosi tishlarini shunday o’rnatish kerakki, uning egilgan tishlarining uchlari ushlagichga teskari bo’lsin. Sal tortilgan polotnoning tishlari arralagan payitda sinib ketishi mumkin, aksincha agar polotno juda qattiq tortilib o’rnatilsa, sal qiyalikdan ham polotno sinib ketadi.

    8-rasm.Qo’l temir arrasi: 1 - Qirqich; 2 - barashkali gayka; 3 - arra stannogi; 4 - ushlagich; 5 - arra polotnosi.
    Polotno tishlarinng qayrilish burchagi odatda 60 ° ni tashkil qiladi. Metallni qirqayotgan paytda ishqalanish kuchini kamaytirish uchun ikki tomonga qayiriladi. Polotno to’lqinsimon qilib ishlangani uchun uning qirqish eni 0,25-0, 6 mm ko’proq bo’ladi. Temir arra polotnosining uzunligi odatda 250-350 mm, eni 12-15 mm, qalinligi 0,6-0, 8 mm bo’lib« tishlar qadami 0,6-1,2 mm ni tashkil qiladi.




    Metallni qirqish usullari. Temir arrani qanday ushlash 12-rasmda ko’rsatilgan. Ishga tushishdan oldin qirqiladigan materialni 1 tiskida mahkam qotirib olish kerak. Arralanadigan joy tiskiga yaqin 1 bo’lishi shart. Agar u tiskidan uzoqroqda joylashsa, unda kesish paytida 1 tebranib, polotnoni sindirib yuboradi. Qirqish paytida shunga ahamiyatl berish kerakki, chizilgan chiziq o’chib ketmasin. Ishlagan paytda I temir arra gorizontal holatda ushlash lozim. Uni keskin tortmay asta sekin I harakatlantirish va oldinga qarab surilganda sekin egish kerak. Temir arraning xarakat tezligi taxminan ikki tomonga bir minutda 35-50 marta bo’lishi tavsiya qilinadi.
    Qirqishni zagotovkani uchidan boshlamaslik kerak, chunki tishlari sinib qolish extimoli bor (9-rasm).




    9-rasm. Prokatni qirqish usuli
    Polotno bilan qirqilayotganda detallning devori orasidagi ishqalanish kuchini kamaytirishi uchun unga tinmay yog` surtish kerak. Agar polotnoning tishi sinib qolsa, unda qirqishni to’xtatib, singan tishni olib tashlab, o’rniga charh yordamida yoysimon shakl berib, yana qirqishni davom ettirish mumkin.
    Bir xilda uzun zagotovkani qirqayotgan paytda temir arraning dastgohi zagotovkaning tepasiga tegib qolgani uchun uni qirqish imkoni bo’lmay qoladi. Shunda dastgohni polotnoga nisbatan 90 ° ga burib mahkamlab olsangiz, unda bemalol qirqishni davom ettirishingiz mumkin (10-rasm).

    Ingichka metall listlarni qirqish uchun uni ikkita yog`och bruslar orasiga mahkamlab qirqish mumkin (11-rasm).






    Download 1.23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi milliy libos va san’at fakulteti «Tasdiqlayman»

    Download 1.23 Mb.