• 2.Saralashning turlari. Massivda saralash .
  • Faylda saralash .
  • To’g’ridan-to’g’ri tanlash usuli.
  • O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 477,49 Kb.
    bet2/6
    Sana15.12.2023
    Hajmi477,49 Kb.
    #119514
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    14.Ma\'lumotlami saralash algoritmlari.2
    Sun’iy intellekt
    Saralashdan asosiy maqsad - saralangan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida zarur bo’ladigan elementni tez va oson qidirib topishni soddalashtirishdan iborat.
    Mavjud saralash algoritmlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
    •ichki saralash algoritmlari (massivda saralash);
    •tashqi saralash algoritmlari (faylda saralash).
    2.Saralashning turlari.
    Massivda saralash. Odatda massivlar ixtiyoriy jarayonlarni tez amalga oshirishni ta’minlovchi tezkor xotirada joylashadi. Massivlarni saralash algoritmlarining asosiy xususiyati tezkor xotirada ishlashni minimallashtirishdan iborat. Bunda elementlarni qayta joylashtirish jarayoni tezkor xotiraning o’zida bajarilishi shart.
    Massivlarda saralash usullarini 3 ta sinfga ajratish mumkin:
    •qo’yish orqali saralash;
    •tanlash asosida saralash;
    •almashtirish orqali saralash.
    Faylda saralash. Fayllar sekin ishlovchi, lekin kattaroq hajmdagi tashqi xotirada saqlanadi. Agarda saralanadigan ma’lumotlar ketma-ket kirish mumkin bo’lgan tuzilmalarda saqlanayotgan bo’lsa, bunday tuzilmalarga massivda saralash algoritmlarini qo’llab bo’lmaydi. Chunki, ketma-ket kirishga ruxsat berilgan tuzilmalarda vaqtning har bir momentida faqat va faqat bitta komponentga murojaat qilish mumkin bo’ladi.
    Ushbu labaratoriya uchun berilgan topshiriq to’g’ridan-to’g’ri tanlash usuli bilan bog’liq bo’lganligi sababli ushbu usulga to’xtalib o’taman.
    To’g’ridan-to’g’ri tanlash usuli.
    To’g’ridan-to’g’ri tanlash usuli qandaydir ma’noda to’g’ridan-to’g’ri qo’yish usuliga ziddir. Bu yerda suriladigan elementlar faqat bitta bo’ladi va har bir surishdan keyin elementlarni taqqoslashlar soni bittaga kamayadi. Bu jarayon elementlar tugaguncha davom etadi.

    Bizga n ta element berilgan bo’lsin. Biz shu elementlar ichidan eng kichigini topamiz va bu elementni massiv boshidagi element bilan almashtiramiz. Endi esa ikkinchi elementdan boshlab, n-elementgacha bo’lgan n-1 ta elementdan eng kichigini topamiz. Topilgan minimumni qaralayotgan elementlarning boshiga ya’ni ikkinchi element o’rniga qo’yamiz. Ushbu jarayon massiv elementlari tugaguncha davom ettiriladi va natijada massiv elementlari o’sish tartibida saralangan bo’ladi. To’g’ridan-to’g’ri tanlash orqali saralash usulining C++ dasturlash tilidagi algoritmi uchun funksiya.
    void selectionSort(int *num, int size)
    {
    int min, temp; // minimal elementni qidirish va almashtirish uchun for (int i = 0; i < size - 1; i++)
    {
    min = i; // joriy element indeksini saqlaymiz
    // i-o’ringa joylashtirish uchun minimum elementni topamiz
    for (int j = i + 1; j < size; j++) // i-elementdan keyingilari uchun
    {

    if (num[j]

    < num[min]) //

    minimumdan kichigi bo’lsa,

    min = j;

    // uning

    indeksini min da saqlaymiz

    }
    temp = num[i]; // minimum va i-elementlarni almashtiramiz num[i] = num[min];
    num[min] = temp;
    }
    }



    Download 477,49 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 477,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 477,49 Kb.