|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 67/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash
Elektr maishiy jihozlar, qizdirish vositalari ekspluatatsiyaga qanday qabul qilinadi?
Elektr maishiy jihozlar ekspluatatsiyasi qanday tashkil qilinadi?
Qanday EQQga ruhsat olinadi?
EQQ ga qanday tartibda ruhsat beriladi?
Elektr yoritish vositalari ekspluatatsiyasi qanday bajariladi?
Elektr nurlatish qurilmalar ekspluatatsiyasi qanday bajariladi?
Elektron-ion texnologik vositalari ekspluatatsiyasi qanday bajariladi?
mavzu: Yoritish qurilmlarining ekspluatatsiyasi.
Reja:
Yoritish qurilmlari, ularning turlari va vazifalari.
Yoritish qurilmlarining ekspluatatsiyasi.
Qurilmlarining ekspluatatsiyasi davomida yuzaga keladigan nosozliklar va ularni bartaraf etish tartiblari.
Yoritish qurilmlarining ekspluatatsiyasi
Qishloq va suv xo‘jaligi elektr iste’molchilari ichida eng ko‘p qismini yoritish va nurlatish vositalari hisoblanadi. Ular nisbatan kam quvvatli bo‘lsada (P=0.025-10kV), elektr energiya iste’molining 8-10% salmog‘ini tashkil qiladi.
Xonalarni, maydon va yo‘laklarni, bino va inshoatlarni yoritish normal ish faoliyatini olib borishga, harakatlanishga, dam olishga qulay sharoit yaratadi, insonlarning turmish sharoitini yaxshilaydi.
Elektr yoritish va nurlatish vasitalarining ekspluatatsiyasida elektr uskunalarni soz xolda ushlash, yoritish va nurlatish rejimlariga rioya qilish, energiya sarfini kamaytirish, elektr uskunalarning texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash borasida muntazam tashkiliy va texnik tadbirlar amalga oshirib turiladi.
Eskirgan lampalarni almashtirish. Ishlab chiqarish korxonalarga turli xil yorug‘lik manbalari ishlatilib kelinmoqda. Ularning ba’zilari eski loyihalar asosida o‘rnatilgan bo‘lib, past texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarga egadirlar.
Hozirda katta xonalarni yo‘lak va maydonlarni yoritishda mavjud cho‘g‘lanma lampalar, lyumenessent lampalar bilan almashtirilmoqda. Lyumenessent lampalar kam energiya iste’mol qilib, yaxshi yoritilganlik hosil qiladi. Yorug‘lik nurlarining to‘lqin uzunligi kunduzgi tabiiy yorug‘lik nurlariga yaqin bo‘lib, xizmat muddati 5-8 barobar ko‘proqdir. Masalan 100 Vt quvvatli cho‘g‘lanma lampa 1500 lYumen yorug‘lik oqimi bersa, 40 Vt li lYumenessent lampa 3000 lYumendan ko‘proq yorug‘lik oqimi beradi. Bundan tashqari lampalarda ekspluatatsiya davomida yorug‘lik oqimi kamayib boradi. Masalan xizmat muddati oxirida cho‘g‘lanma lampada yorug‘lik oqimi 15% kamayadi, lYuminessent lampada- 45%, Yuqori bosimli DRL lampada-
30%. Suning uchun, ayniqsa razryadli lampalarni, xizmat muddati bitgach (8-
10 ming soat) yangilariga almashtirish, yangi yorug‘lik manbalari o‘rnatish kerak bo‘ladi.
Yorug‘lik qurilmalarining ish rejimlarini avtomatlashtirish elektr energiya iste’molini tejash, lampalarning xizmat muddatlarini oshirish, optimal yoritish rejimini ta’minlash imkoniyatini beradi. Tashqi maydonlar, ko‘chalarni yoritish tizimini avtomatlashtirish uchun FR-2, FRM, AO tipli fotorelelar, programmali boshqarish qurilmalari (PRUS) va boshqalar ishlatiladi. Programmali rostlash tizimlari yordamida ichki xonalarni va tashqi yoritishni ishchi rejimi, navbatchi rejimi, avariyali rejimi va boshqa rejimlari tanlab ishga tushiriladi. Texnologik jarayonlarni tungi smenalarda optimal rejim bilan ishlab turishni ta’minlaydi. Turli xil qishloq va suv xo‘jaligi obyektlarida elektr yoritish vositalarini markazlashtirilgan holda boshqarish uchun impulsli teleboshqarish tizimlari, kompyuter tarmog‘i bilan bog‘langan tizimlar ishlab chiqilgan. Boshqarish
tarmog‘i o‘rniga obyektdagi 0,4 kV li tarmoqdan foydalansa bo‘ladi. Yoritish tarmog‘ida nominal kuchlanishni ushlab turish ayniqsa cho‘g‘lanma lampalar uchun muhimdir. Kuchlanish pasayganda lampaning yorug‘lik berishi tez pasayib boradi. Kuchlanish ortganida esa lampaning xizmat muddati tez qisqaradi. Masalan, agar kuchlanish 10% ga ortiq bo‘lsa, cho‘g‘lanma lampa 1500 soat o‘rniga T=300 soatgina ishlay oladi, 15% ga ortiq bo‘lsa, T=90 soatni tashkil qiladi. Yoritish tarmoqlarida kuchlanish ortishi nazorat qilinadi. Kuch transformatorining ikkilamchi chulg‘amida kuchlanish avtotransformatorlar, tiristorlar, rezistorlar yordamida chegaralab turiladi. Ular kuchlanishni stabillashtirib yoki chegaralab turish rejimlarida bo‘lishlari mumkin. Bunday qurilmalar bir necha guruh yorug‘lik manbalari tarmog‘ida kuchlanishni avtomat rostlab turadi. PUE qoidalari bo‘yicha yoritish tarmog‘ida kuchlanishni o‘zgarishi
±2,5% deb belgilangan. Kuchlanish xavfi lampalar transformatorga yaqin yoki tarmoq oxirida bo‘lsa mavjud bo‘ladi. Chunki past kuchlanishli tarmoqlarda optimal tarmoq uzunligi 0,2-0,4 km bo‘lib, bu masofa har doim ham shunday bo‘lmaydi. L=500 metrdan ortsa kuchlanish me’yoridan past bo‘lib ketadi. Transformatorga yaqin joylarda esa kuchlanish me’yoridan Yuqori bo‘ladi. Kuchlanish past bo‘lishi lyumenessent lampalarni ishga tushirishda ko‘proq seziladi. Yorug‘lik manbalari toza saqlash. Ko‘pchilik yoritgichlar, lampalar shisha sirtli bo‘ladi va ularni tozaligi, changi artilganligi, yorug‘lik berish ko‘rsatgichlariga ta’sir qiladi.
Yorug‘lik nurlaridan samarali foydalanish uchun xonalarning ichki devorlarini oq va ochiq ranglarga bo‘yash oynalarni oq pardalar bilan to‘sish zarur. Agar xona devorlari va shifti oq rangda bo‘lsa, yorug‘lik nurining qaytish koeffitsienti η= 75% bo‘ladi. Devorlar chang yoki suvoq bo‘yicha qolgan bo‘lsa η
= 10-15% ni tashkil qiladi xolos.
Shuning uchun xona devarlari yoritgichlar sirti belgilangan muddatlarda tozalab turiladi. Yoritgichlarni tozalashda ular tarmoqdan ajratib qo‘yiladi. Kuchli chang ajralib turuvchi xonalarda (ozuqa sexi, paxta tozalash sexi) 15 kunda bir tozalab turiladi. Boshqa binolarda obyekt harakteriga qarab 1 oydan 4 oygacha bir marta tozalab turiladi.
Nurlatish qurilmalarining nurlatish rejimlari ufirmetrlar yordamida nazorat qilib turiladi. Ular ultirabinafsha (OBU, OBSh, OBNU) yoki infraqizil nurlar (SSPO, ORI, EO, ORK-2, OU-4) yoki unvirsal (KKUF, «LUG») bo‘lishi mumkin. Har bir qurilmaning ekspluatatsiyasi sharoitlaridan kelib chiqib texnik qarov muddatlari belgilanidi. Texnologik talablardan kelib chiqib har bir qurilmaning ish rejimlari belgilanadi. Qurilmalar eskigan sari ularni ish muddatlari (nurlatish vaqti) ortib borishi zarur. Agar lampadan chiqayotgan nurlar intensivligi 30% dan ortiq pasaysa, u yangisiga almashtirilishi zarur. Nurlatish qurilmalari ishlatilganda xonalar shamollatilib turilishi, tirik organizimlariga ta’sirlari hisobga olib ish rejimlari aniqlanishi zarur. Barcha sanitar va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilib ishlar bajarilishi zarur. Xizmatchilar maxsus ko‘zoynak, himoya kiyimida bo‘lishlari lozim.
Yoritish va nurlatish vositalarining texnik ekspluatatsiyasi ularni ishonchli ishlab turishini ta’minlovchi texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlarni o‘z
ichiga oladi. Yoritgichlarni texnik xizmati reja asosida 3-6 oyda bir marta o‘tkazib turiladi. Texnik xizmat ko‘rsatish tadbirlari texnologik pauza vaqtlarda lampalarni o‘rnatilgan joyda o‘tkaziladi. Tipaviy ish hajmi quydagilarni o‘z ichiga oladi: yoritilganlik, yorug‘lik nurlari miqdorini o‘lchash; chang va iflosliklardan tozalash; qurilmalarning ishchi holati tekshiriladi, lapalarning quvvati va boshqa ko‘rsatgichlari rejim ko‘rsatgichlariga to‘g‘ri kelishi tekshiriladi, shisha kolba va to‘siqlar butunligi, korpusda yoriqlar yo‘qligi ko‘riladi, patron ko‘zdan kechiriladi va tozalanadi, ulanish kontaktlari tekshirib tozalanadi, bo‘shashgan maxkamlanishlar qotiriladi, armaturaga kirish joylarida simlarning izolyasiyasi tekshiriladi, korpusi erlanganligi tekshiriladi, armatura holati, lampaning joylashganlik holati ko‘rsatiladi. Gazrazryadli lampalarning ishga tushirishi rostlash vositalarining holati tekshiriladi: drossel, kondensator va starter ishga yaroqli bo‘lishi zarur. Yoritish va nurlatish kurilmalarning joriy ta’miri yillik texnik qarov va ta’mir grafigi asosida 12-24 oyda bir bor o‘tkaziladi. Joriy ta’mir yoritgichlarni joyidan echib olib, maxsus joyda yoki ustaxonada ta’mir qilinadi. Bunda quydagi tadbirlar bajariladi: qurilmani tozalash, qismlariga ajratish, nosozliklarni aniqlash, izolyasiyasini tekshirish, zarur bo‘lsa to‘g‘irlash, bo‘yoq qilish; to‘suvchi romini oq rangga bo‘yash, sxemani yana yig‘ish detallarni joyiga mahkamlash, simlarning izolitsiyasini, kontaktlari sozligi, lampalarning butunligi tekshirib ko‘riladi. To‘liq yig‘ilgan qurilmalarni ishchi holati tarmoqqa ulab tekshirib ko‘riladi, yorug‘lik oqimi o‘lchab ko‘riladi.
Gazrazryad lampali yoritgich va nurlatgichlarda yana himoyalovchi shisha to‘siq va romning holati, rezitorlar sozligi, kondensator, drossel, staterlarning ishchi holati tekshiriladi. Zarur bo‘lsa, nosozliklar joyida yo‘qotiladi. Yoritgich va nurlatgichlar ekspluatatsiyasida uzilishlar bo‘lmasligi uchun elektrotexnik xizmat ba’zasida ularning ehtiyot qisimlari bo‘lishi zarur. Mavjud lampalar miqdoridan foizlarda: cho‘g‘lanma lampalar uchun- 100%; gazrazriyadli lampalar 20…40%; patronlar- 2%; startyorlar- 6%; drossel- 3%; himoyalovchi shisha to‘siqlar- 12%; zichlovchi rezina baldoqlar- 20%.
Yoritish va nurlatish qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga rioya qilmaslik, ularning samarali ishlashini pasaytiradi va xizmatchi xodimlar va hayvonlarni elektr toki bilan shikastlanish xavfini oshiradi. Elektr qurilmalarida avariya sodir bo‘lganda qattiq qizish hollari vujudga keladi, bu holat detallarni o‘ta qizishiga va yong‘in chiqishiga yoki portlashiga olib kelishi mumkin.
Yoritish va nurlatish qurilmalarini ekspluatatsiyaga qabul qilib olinayotganda quyidagilar tekshiriladi:
qurilmalar tomonidan haqiqiy yoritilganlik yoki nurlatilganlikni ta’minlaganligi;
o‘tkazgich simlarni markasi, ularning ko‘ndalang kesim yuzasi va joylashtirish usulini loyihaga mosligi;
o‘tkazgich simlarni ulash sxemasi va fazalar bo‘yicha yuklanishlarni taqsimlanishi;
saqlagich elementlarni loyihaga mosligi;
izolyasion tayanchlarni, apparatlarni, detallarni, konstruksiyalarni qotirish ishonchligi;
o‘tkazgich simlarning izolyasiya qarshiligini me’yorlarga mosligi.
Yoritish va nurlatish qurilmalarini ekspluatatsiya qilishdan maqsad qurilmaning hamma elementlarini soz holatda ushlash va ularni samarali ishlashini ta’minlash. Qurilmalar yaratayotgan o‘rnatilgan darajadagi yoritilganlikni yoki nurlatilganlikni ta’minlash uchun tarmoq kuchlanishining qiymatini hamda yoritgich va nurlatgichlarning umumiy holatini tekshirib borish kerak. Kuchlanish qiymatini haddan tashqari o‘zgarishi sabablarini aniqlab, uni tezda bartaraf qilish kerak. Yoritgichlarni tozalab turish katta ahamiyatga ega, chunki chang hisobiga ularning FIK hamda yoritilganligi 1,5…2 marta kamayishi mumkin. Yoritgich va nurlatgichlarni tozalash davri ularni qanday sharoitda ekspluatatsiya qilinishiga bog‘liq: ko‘p changli xonalarda-oyiga to‘rt marta; kam changli xonalarda-oyiga ikki marta; tashqi yoritishda-yiliga uch marta.
Normal muhitli xonalarda izolyasiyaning holatini ikki yilda kamida bir marta va og‘ir muhitli xonalarda yiliga kamida bir marta tekshirish kerak. O‘tkazgich sim izolyasiyasing qarshiligi ikkita yonma yon turgan saqlagichdan keyin uzgichlarni yoqilgan, eruvchan quyma olib quyilgan va lampa burab olingan holatida o‘lchanadi. Izolyasiya qarshiligining qiymati 0,5 Mom dan kam bo‘lmasligi kerak.
Nurlatish qurilmalarini ishlatish uchun ularga nurlatish rejimining grafik- jadvali tuziladi. Tarmoq kuchlanishining o‘zgarishi 5% Yuqori bo‘lganda berilgan nurlanishni nurlatish rejimiga mos o‘zgartirish kerak bo‘ladi. UB nurlari manbalari yaratayotgan nurlatilganlikni ma’lum davrlarda ufimetr bilan tekshirib turish kerak. Lampani eskirish davri oshib borgan sari mos ravishda nurlatilganlik vaqtini ham oshirib borish kerak. Yoritish qurilmalarining oldinga Yurish-qaytish harakati avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Qurilma to‘xtaganda avtomatik ravishda tarmoq kuchlanishi uziladi.
Nurlatish yoki yoritish qurilmalaridan foydalanayotgan xizmatchilar texnika xavfsizligi bo‘yicha kamida III-guruh kvalifikatsiyasiga ega bo‘lishi kerak. Ayniqsa, nasos stansiyasida nurlatish qurilmalaridan foydalanganimizda xizmatchilarni xavfsizligiga e’tibor berishimiz zarur, chunki nasos stansiyasi o‘ta xavfli xonalar kategoriyasiga kiradilar
|
| |