Nazorat savollari:
Elektr motor ekspluatatsiyaga qanday qabul qilinadi?
Elektr motor izolyasiyasiga yuklanish rejimlari ta’siri qanday bo‘ladi?
Elektr motorda namlik almashuvi haqida aytib bering?
Elektr motorlarda qanday texnik qarov va joriy ta’mir tadbirlari bajariladi?
Maxsus elektr motorlar ekspluatatsiyasini ayting?
mavzu: Elektr motorning texnik qarovi va joriy ta’miri.
Reja:
Elektr motorning texnik qarovi.
Texnik qarov ish hajmi.
Texnik qarov o‘tkazish muddatlari motor tipi.
Elektr motorning texnik qarovi va joriy ta’miri
Elektr motorning texnik qarovi turgan joyida demontajsiz amalga oshiriladi. U qismlarga ajratilmaydi. Texnik qarov ish hajmiga quydagilar kiradi: motorni chang va ifloslanishlardan tozalash; erga ulanish tarmog‘ining sozligini tekshirish, motorning qismlarining mahkamlanishini tekshirish, qizishi, ish harorati va titrash darajasi, shovqinini o‘lchash, ulanish kontaktlarini tozalab, yana mahkamlanish, izolyasiya qarshiligini o‘lchash, nosozliklarni yo‘qotish. Faza rotorli motorlarning kontakt xalqalari va щetkalarining holati tekshiriladi. Texnik qarov o‘tkazish muddatlari motor tipi, atrof muhit sharoiti, ishlab turgan ish mashinasining holatiga qarab o‘rnatiladi.
Qishloq va suv xo‘jaligidagi 4A, 5A, D, AI seriyali asinxron motorlarning texnik qarovi 3 oyda bir marta o‘tkaziladi. Cangli, namligi yuqori xonalarda o‘rnatilgan motorlarda (ozuqa maydalagichlar, nasoslar, drobilkalar, go‘ng transporterlari va hokazo) 45 sutkada bir marta texnik qarov o‘tkaziladi. Shunday davriylikda ochiq atmosferada yoki naves ostida o‘rnatilgan motorlarda ham texnik qarovlar o‘tkaziladi. Sut tovar fermalaridagi vakuum-nasoslar Yuritmalari uchun 1,5-2 oyda bir marta texnik qarovi o‘tkaziladi. Har bir guruh ish mashinalari xilma xil motorlarida texnik qarov davriyligi zavod yo‘riqnomalarida (PPZESX) POOR bo‘yicha yoki joylardagi yo‘riqnomalarga ko‘ra o‘rnatiladi.
Elektr motorlarning joriy ta’miri maxsus guruhlar tomonidan bevosita ishlab chiqarish - elektrotsex yoki elektrik xonasida yoki maxsus ta’mir sexlarida bajariladi. Bunda motor tarmoqdan ajratiladi, erga ulanish tarmog‘idan ajratiladi, joyidan echib olinadi. POOR sistemasiga ko‘ra motorning joriy ta’mirida quyidagi jarayonlar bajariladi: texnik qarovidagi jarayonlar, ish joyidan echib olish, ta’mir stoliga olib kelib, qismlarga ajratish, chulg‘amlarini tozalash, stator chulg‘amlarining izolyasiyasi qarshiligini o‘lchash, agar zarur bo‘lsa uni quritish, podshipniklarni yuvish - tozalash, tekshirish, kerak bo‘lsa almashtirish, motor klemmalar qutisi va chulg‘amlari oxirlaridan chiqqan simlarning holatini tekshirish, qayta yig‘ish, moylash, yurishida sinash, buyoq qilish, motorni ish joyiga o‘rnatish, ish mashinasi bilan sentrovka qilish, yuklama ostida sinash. Faza rotorli motorlarda yana kontakt xalqalari, shetkalarining holati tekshirib ko‘riladi. Zarur bo‘lsa, kontakt xalqalari silliqlanadi, shetkalar kontakti butun Yuzasi bo‘yicha etarli bosim bilan o‘rnatilgan bo‘lishi zarur. Shetkalar tez eyiladi, shuning uchun ular, yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga javob bermasi, almashtiriladi. Elektr motorlar texnik qarovi va joriy ta’mirida quritilganda metall yuzasi bilan izolyasiya qoplamasi (lak) orasida yupqa bo‘shliqlar qoladi. Bu bo‘shliqlar ekspluatatsiya yoki saqlash davrida yana namlik tortib olib, izolyasiyasini yaroqsiz holga keltirishi mumkin. Shuning uchun joriy ta’mirda
elektr motorlar quritilganidan keyin vannalarda izolyasiyalovchi lakga shimdirilishi zarur. Motorni qo‘shimcha lak bilan shimdirish ta’mir texnologiyasini murakkablashtiradi. Maxsus vanna, lak, lakni sifatli saqlovchi sig‘imlar kerak bo‘ladi. Bundan tashqari elektr motorning ta’mir muddatlari ham ortadi. Ta’mir muddatlari texnologik agregatning ish sikllari oshmasa, joriy ta’mir texnologik jarayonga xalaqit bermay amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Aks holda ta’mirga olingan motor o‘rniga rezerv motor o‘rnatish kerak bo‘ladi.
Qishloq va suv xo‘jaligi obyektlarida o‘rnatilgan 4A seriyali uch fazali asinxron motorlarning joriy ta’mir davriyligi ular ishlab turgan muhit sharoitiga qarab, quruq muhitlarda 24 oydan, zax muhitlarda 18 oy va o‘ta zax va kimyoviy faol gazlar bo‘lgan muhitlarda 12 oygacha bo‘ladi. Eski seriyali asinxron motorlarda, kapital ta’mirlangandan keyin ishlab turgan bo‘lsa, joriy ta’mir muddatlari 3-6 oyga qisqartiriladi. POOR sistemasida elektr uskunalarning joriy ta’mir va texnik qarov muddatlari turli sharoitlarni hisobga olmaydi. Shuning uchun har bir texnologik mashinada ishlab turgan elektr motorning texnik qarov va joriy ta’miri muddatlari ishlab chiqilgan yillik ekspluatatsiya grafigiga, ekspluatatsiya kartasiga, ishlab turgan rejimiga elektr ta’minot sharoitlariga va boshqa ekspluatatsiya sharoitlariga qarab belgilanadi. Elektr uskunalar texnik qarovi va joriy ta’miri muddatlarini belgilashda ularning diagnostikasi natijalariga e’tibor qilinadi. Diagnostika elektr uskunalarda soz holda ishlab turganida va ta’mir oldidan o‘tkaziladi va bo‘lg‘usi ta’mir hajmi aniqlanadi.
Sifatli o‘tkazilgan diagnostika tadbirlari elektr uskunalar resurslarini aniqlab beradi, o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan, ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspluatatsiyaga yaroqsiz bo‘lgan elektr uskunalar, ularning qismlari ro‘yhatdan chiqarilib yangisiga almashtriladi. Natijada texnologik mashinalarning behosdan to‘xtab qolishi, avariya holatlari, elektr uskunalarning butkul yaroqsiz holga kelib kolishining oldi olinadi. Resursi tugab borgan va ko‘rsatkichlari chegaraviy ruhsat etilgan qiymatlarga kelgan jihozlarni ta’mir qilish ularning ishonchliligini oshiradi, texnologik mashinalarning uzluksiz ishlab turishini ta’minlaydi.
Elektr motorlarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirishi uchun qator tadbirlar o‘tkaziladi. Qishloq va suv xo‘jaligidagi elektr motorlarni ishdan chiqishiga asosiy sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin: og‘ir atrof muhit sharoiti (Yuqori namlik, tok o‘tkazuvchi chang, kimyoviy faol gazlar, quyosh, yog‘in sochishlar va hakozolar), avariyaviy ortiqcha yuklanishlar, to‘liqsiz fazada ishlashdan va boshqa avariyaviy rejimlardan himoyalanish darajasining pastligi va boshqalar. Og‘ir muhit sharoitlarini hisobga olib, elektr motorlarning ishonchliligini oshirish uchun elektr motorlarni agressiv muhitlarda ishlashi uchun mo‘ljallab ishlab chiqariladi va ularni konstruktiv ishlanishi, bo‘yicha to‘g‘ri modernizatsiya qilinadi, ta’mir paytida nozik qismlari almashtiriladi. Yana elektr motorlar agressiv muhitdan boshqa xonaga chiqariladi, agar bunga texnologik jarayonni amalga oshirish imkoni bo‘lsa. Elektr motorlarning ishonchliligini oshirish uchun zavoddan alohida muhitlarda ishlash uchun mo‘ljallangan motorlar ishlab chiqarilmoqda. Ularning belgilanishida «SX» bo‘lsa, demak ular qishloq xo‘jaligi sharoitilari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi, masalan 4AL2SCX 4ASX
konstruksiyali motorlarning ulanish kontaktlariga qo‘shimcha ishlov berilgan, sifatli bo‘yoq qilingan bo‘ladi.
4AM, 5A, AI seriyali motorlar modernizatsiya qilingan bo‘lib, oshirilgan ishonchlilikka ega bo‘ladi. Ular qo‘shimcha izolyasiyalangan bo‘lib, himoyalanish darajasi yuqori qilib ishlangan. Hozirda sanoatda ishlab chiqarilayotgan motorlar quvvati 0,06 kVt dan 400 kVt gacha, 0,4kV kuchlanishda, tezligi 3000, 1500,1000,750 ayl/min bo‘lib, ishlanishi oshirilgan himoyali universaldir, ular Yuqori namlik, kimyoviy faol muhitlarda (namligi 80- 10%, ammiak miqdori 20-40 mg/m3, CO2- 0,03-0.88 mg/m3, N2S-10-90 mg/m3, changlanish darajasi 240g/m3 gacha) ishonchli ishlay oladi. Hozirgi kunda ham ishlab chiqarish sharoitlarida eski seriyali asinxron motorlar ishlab turibdi va ularning ekspluatatsiyasida, texnik qarov va joriy ta’mir muddatlarini belgilashda ularning konstruktiv ishlanishini hisobga olish zarur.
Elektr motorlarning ishonchliligini oshirish uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan uslub lak bilan shimdirishidir. Lakni ingibitorlar bilan to‘ldirish va jarayonni 2-3 bor takrorlash kutilgan natijalarni beradi. Ingibator lak qatlamiga erib difundiyalanadi va elektr uskunadagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi, namlikni singib o‘tishini to‘xtatadi. Ingibator sifatida BDN ingibitori olinishi mumkin. U dietilanil, benzotiazol va paranitorfenollarning atsetondagi eritmasi bo‘lib, ingibitorlar umumiy lak massasining 6% ini tashkil qiladi. Stator chulg‘amlarining yon tomonlari yana bo‘yoq purkalib, bo‘yoq qatlami bilan qoplanadi va vannaga botiriladi. Kuzatuvlar ko‘rsatadiki, ingibitorlar bilan to‘yingan lak bilan motorlar izolyasiyasi kuchaytirilganda ularda izolyasiya qarshiligi ekspluatatsiya davrida 4- 5 marta yuqori bo‘lib qoladi.
Elektr motorlarni ekspluatatsiya davrida stator chulg‘amlarining yon tomonlari eng ko‘p qiziydi, ya’ni issiqlik emirilishi eng yuqori bo‘ladi. Stator chulg‘amlarining izolyasiyasini atrof muhit ta’siridan himoya qilishni kuchaytirish uchun u epoksid smolasi bilan kapsullanadi. Bunday uslublar yuqori namlik, kimyoviy faol gazli muhitlarda qo‘l kelishi mumkin. Bunda ishonchi ekspluatatsiya muddatlari 8-10 yilga uzayadi. Lekin kapsullash texnologiyasi murakkab bo‘lib, u faqat maxsus sex yoki zavodda kapital ta’mirlash paytida o‘tkazilishi mumkin. Undan keyin kapsullangan chulg‘amlarni ta’mir texnologiyasi murakkablashadi.
Elektr motorlarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish uchun ularni alohida xonaga olib chiqish mumkin, agar texnologik jarayon shunga yo‘l quysa, ya’ni texnologik agregat bevosita obyektda bo‘lishi shart bo‘lmasa. Bunda texnologiya murakkablashishi mumkin, qo‘shimcha tok tarmoqlari talab qilinadi, demak qo‘shimcha mablag‘lar zarur bo‘ladi. Shuning uchun og‘ir muhit sharoiti bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarini loyihalash va montaj jarayonida bu amallarni bajarish nazarda tutilishi zarur. Loyiha hisoblariga ko‘rsatilgan harajatlar kiritib yuboriladi va texnik-iqtisodiy asoslanadi.
Elektr uskunalarni montajida ham motorlarni ishonchli ishlashi, ularni atrof muhit ta’siridan himoyasi hisobga olinishi zarur. Masalan tomda o‘rnatilgan ventilyatorlarga (nasos stansiyalari, parrandachilik, chorvachilik fermalari, issiqxonalar, ustaxonalar, paxta, don punktlari va boshqa joylarda) havoda
kondensatlangan suv tushib, uning izolyasiyasini ishdan chiqarishi mumkin. Ventilyasiya trubalari o‘qi bo‘ylab tomadigan suv tomchilaridan motor himoya qilinadi, yoki o‘qi bo‘ylab siljitib, chetroqqa o‘rnatiladi. Bunda elektr motorlarni to‘xtab qolishlari kamayadi, ular ishonchli ishlab turadi. Izolyasiyani namlanib qolishdan saqlash uchun, motorlar davomli ishlamay turganida, chulg‘amlarini, motorni qizdirib turilishi mumkin. Bunda motor ichida zarur mikroiqlim hosil bo‘ladi va namlik izolyasiyadan haydalib, motorning quruq va sifatli bo‘lishi ta’minlanadi. Tok bilan motorni qizdirishda motor chulg‘amlari turli sxemalarda tarmoqqa ulab quyiladi. Bunda motor turgan joyida tarmoqdan ajratilib, uchchala faza chulg‘amlari kondensatorlar orqali ulanishi, bir fazasi tiristor orqali ulanishi yoki ikki tiristorli sxema bo‘lishi mumkin (7.4-rasm). Bunda motorga berilgan tok miqdori uning to‘xtab turgan holida atrof muhitdan 5,0-100S ga harorati Yuqoriroq bo‘lishini ta’minlab turishi zarur. Bunda motorga namlik va kimyoviy faol gazlar singib kirmay qoladi. Yuqoridagi sxemalar tarmoq quvvat koeffitsienti miqdorini oshirish imkonini ham beradi.
Kondensatorlar batareyasi motorda biror faza yo‘qolgan rejimlarda ma’lum bir muddatga motorni to‘liqsiz faza rejimida ishlab turishiga imkon beradi. Texnologik jarayon davom etib turishi mumkin va motor 25% gacha ortiqcha yuklanib ishlab turadi. Agar uning normal ekspluatatsiya rejimida yuklanishi 25- 30% ga past bo‘lsa, bunday rejimda uzoq vaqt ishlab turishi mumkin. Texnologik mashina uzluksiz ishlab turadi.
7.4-rasm. Elektr motorning chulg‘amini quritish sxemasi.
(a)-kondensator (S) bilan, (b)-bir tiristorli sxema bilan, (v)-ikki tiristorli sxema bilan elektr motorning cho‘lg‘amini quritish sxemasi.
Bundan tashqari yulduzcha sxemada ulangan kondensatorlar batareyasi motorni himoya qilishi ham mumkin (7.5-rasm). Bu erda kondensatorlar batareyasi sig‘imi quyidagicha aniqlanadi. Agar ular yulduz sxemada ulangan bo‘lsa quvvati 10 kVt gacha motorlar uchun:
S=1,3(1+2Rn), agar aylanish chastotasi p= 3000 ayl/min bo‘lsa, S=3(1+Rn), agar p= 1500 ayl/min bo‘lsa,
S=3,7(1+Rn), agar p= 1000 ayl/min bo‘lsa, S=3,5(3+Rn), agar p= 750 ayl/min bo‘lsa.
Agar motor quvvati 10 kVt dan yuqori bo‘lsa:
S=10+Rn, , p=3000, 1500,1000 ayl/min bo‘lsa S=30+2Rn, , p=750 ayl/min bo‘lsa
Rn,- kVt larda olinganda S- mikrofaradalarda bo‘ladi.
Eski seriyali motorlarda sxema qo‘llanilganda kondensatorlar sig‘imlari 35% ga oshirib olinadi.
Motorlar individual kondensatorlar batareyasiga ulanganda texnik xavsizligi qoidalariga rioya qilish zarur, chunki ular kuchlanish ostida doimiy qoladi. Ekspluatatsiyaga ulash oldidan va muntazam ravishda kondensatorlarning sig‘imi va tarmoq cos si nazorat qilib turiladi.
Tiristorli sxemalar qo‘llanilganda motorga o‘rtacha 0,1 IH tok kelib turadi, bu tok motorni quruq bo‘lishini ta’minlaydi. Bu sxema ishlab turganida magnit Yuritkich va kontaktlarda titrash yuzaga kelishi mumkin, ularning mahkamlanish qismlari tekshirib turiladi, motor kontakt joylari, sentrovkasi tekshiriladi. Ikki tiristorli sxemalarda bu kamchiliklar yo‘qotiladi. Odatda qizdirish toki (25-50%) In bo‘lganda sxema ishonchli ishlab turadi. Quritish toki 0,25 In bo‘lganda tiristor orqali o‘tgan tokning nosinusoidalligi K 5% bo‘ladi. Elektr motorlar ishonchli ishlab turishi uchun ular ishonchli ximoya vositalari bilan ta’minlanishi PUE va
TEQ bo‘yicha ekspluatatsiyasini tashkil qilinishi zarur.
7.5-rasm. Asinxron motorni faza yo‘qolishi rejimidan
kondensatorlar yordamida himoya qilish sxemasi.
Respublikamiz sharoitida ko‘plab meliorativ nasos stansiyalari ishlab turibdi, ular er ostiga tuproq sho‘rini yuvib tushgan suvni oqava suv kanallariga chiqarib turish uchun xizmat qiladi. Sirdaryo, Jizzax, Xorazm, Qoraqalpoq, Buxoro viloyatlari erlarining ko‘pchilik qismi erlari sho‘rlanishi yuqori bo‘lib, ular qish mavsumida yuviladi. Suv tuproqdagi tuzlarni yuvib er ostiga tushadi. Demak, meliorativ (drenaj) nasoslari sho‘rlangan-tuzli suvni haydaydi. Ular
kimyoviy faol muhitda ishlab turadi. Shuning uchun meliorativ nasos stansiyalari uchun maxsus, suv ostida ishlab turishga mo‘ljallangan, germetik motorlar ishlab chiqariladi. Bunday motorlar chuqurligi 250 metrgacha bo‘lgan quduqlarda ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, aholini ichimlik suv bilan ta’minlovchi nasos stansiyalarida ham ishlatiladi. Respublikamizning qishloq aholi yashash punktlarida ko‘pchilik suv ta’minoti tizimida shunday nasoslar ishlatiladi. Har bir aholii yashash punktlari ishlab chiqarish korxonalari o‘z suv ta’minot tizimiga ega. Ularda 3 fazali, quvvati 2-65 kVt bo‘lgan PEDV tipli asinxron elektr motorlar
ishlatiladi (suv to‘ldirilgan, suvga cho‘ktirilgan holatda ishlaydigan elektr motor). Ular diametri 140-230mm bo‘lgan quvurlarda o‘rnatiladi.
Bunday motorlar yagona seriyali asinxron motorlardan farq qilib cho‘lg‘amlari maxsus simdan tayyorlanadi, rotori suvda yumshatiluvchi podshipniklarga ega bo‘ladi, korpusi butunlay germetik ishlangan bo‘ladi. Suv ostida ishlovchi nasoslar to‘xtovsiz ishlab turishi, yuqori FIK bilan ishlashi, xavfsiz ishlatilishi zarur. Bularni ta’minlash uchun quyidagi tadbirlar bajariladi:
er osti suvlari debiti, satxi, bosimi, tozaligi nazorat qilib turiladi, nasosni suvli ishlashini ta’minlovchi rejimlari tanlanishi zarur;
nasoslar yuqori FIK bilan barqaror ishlashini ta’minlovchi tarmoq gidravlik ko‘rsatkichlari saqlab turiladi. Suv yig‘ish baklari etarli hajmda bo‘lishi zarur;
elektr motor ulanishlarida sifatli kuchlanish bo‘lishi nazorat qilinadi;
elektr motorni va boshqarish щitini o‘z vaqtida va sifatli texnik ekspluatatsiya tadbirlarini o‘tkazib turilishi.
ish n
Suv ostida ishlaydigan nasos motorlari ishga tushirishdan oldin distillangan suvga to‘ldiriladi. Stator chulg‘amlarining korpusiga nisbatan izolyasiyasi o‘lchab ko‘riladi, Riz 5mom bo‘lishi zarur (tsug 200S ), chiqish simlari ta’minlovchi tarmoqqa ulanadi. Ulanish joylari izolyasiyalanadi metall trubka kiyitiladi va suvga to‘ldirilib yana izolyasiya qarshiligi o‘lchab ko‘riladi, 1,5-2,0 soatdan so‘ng izolyasiya qarshiligi doimiy bo‘lib qolishi zarur. Nasos qurilmasini quduqqa tushiriladi, 1,5 soatdan keyin izolyasiya qarshiligi ta’minlovchi tarmok orqali o‘lchab ko‘riladi Riz 5M Om bo‘lib qolishi zarur. Suv quvurini tekshirib ko‘rib keyin nasos agregati ishchi tushiriladi. Щitdagi ampermetr bilan motor yuklamasi nazorat qilinadi. I I bo‘lishi zarur. 5-6 sutka davomida ekspluatatsiya qilingach ishchi tok ampermetr shkalasida belgilab qo‘yiladi. Keyinchalik bu belgi bo‘yicha, nasos yuklamasi nazorat qilib turiladi. Motorning ishchi holati tekshirib turiladi.
Suv ostida ishlovchi motorlarning texnik qarovi har oyda o‘tkaziladi. Bunda motor er ostida suvda qoladi va quyidagi tadbirlar bajariladi:
-motorning toki (yuklanishi) va kuchlanishini o‘lchab ko‘riladi. Agar normal kuchlanishda tok kuchi 20-25 % gacha ortgan bo‘lsa motor qismlari eyilganligini bildiradi va u joriy ta’mir qilinadi,
-motorni tarmoqdan ajratilgach to‘la sovigach, 40-45 minutdan keyin , ta’minlovchi kabelni ajratib olib, u orqali motor chulg‘amlari izolyasiyasi o‘lchanadi. Izolyasiya kattaligi avvalgi qiymatidan 2-3 barovar kamayib ketgan yoki 5 M Omdan past bo‘lsa, uning izolyasiyasida nosozlik borligidan darak bo‘ladi,
-elektr motorni soz holdaligiga ishonch hosil qilingach, mayda defektlari yo‘qotilgach, u tarmoqqa ulanadi. Suv quvurini tekshirib nasos ishga tushiriladi.
Ampermetrda motor toki nazorat qilinadi, u nominal qiymatidan ko‘p bo‘lmasligi
zarur (7.6-rasm).
7.6-rasm. Suv ostida ishlovchi motorlarning iste’mol tokining tarmoq kuchlanishiga bog‘likliq funksiyasi.
1-ESV 10-63-65; 2-ESV 8-16-140; 3-ESV 6-10-235.
Motor ulangan tarmoqdagi kuchlanish doim bir xil bo‘lishi zarur. Kuchlanishning o‘zgarib turishi elekt motorni qizishiga, rezinametall podshipniklarning eyilishiga olib keladi. Oxir oqibatda motor tarmoqdan ortiqcha Yuklanish toki iste’mol qiladi, u qizib ishlaydi, izolyasiyasi eskirib yaroqsiz holga keladi.7.1-jadvalda suv ostida ishlaydigan elektr motorlarning asosiy nosozliklari va ularni yo‘qotish uslublari keltirilgan.
7.1-jadval
Suv ostida ishlaydigan elektr motorlarning asosiy nosozliklari va ularni yo‘qotish uslublari
T.r.
|
Nosozliklar
|
Asosiy sabablari
|
Yo‘qotish uslublari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
«Pusk» tugmasi bosilganda ampermetr
yuqori tok ko‘rsatadi, motor ishga tushmaydi
|
Ta’minlovchi tarmoq kuchlanishi past.
Rotor tormozlanib qolgan
|
Kuchlanishni me’yoriga etkazish.
Rotorni aylantirib ko‘rish
|
2
|
Nasos titrab ishlab turibdi, ampermetr
|
Balansirovka buzilgan.
Nasos
|
Nasosni quduqdan ko‘tarib nosozligini
|
|
ko‘rsatishi barqaror emas
|
sentrovkasi buzilgan podshipniklar echilgan
|
yo‘qotish kerak
|
3
|
Nasos ishlab turganda suv yo‘q, tok salt ishlash miqdorida
|
Kirish trubkasi ifloslangan. qaytish klapani yopilib qolgan
|
Tozalash
|
4
|
Haydash kanalida suv bosimi past
|
Motor notekis aylanmoqda. Nasos detallari eyilgan. quduqda suv satxi pasaygan
|
Dvigatel aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish, nasosni almashtirish, suv tortish quvurlarini
almashtirish
|
Suv ostida ishlab turgan elektronasos komplekti metall tuzli suv ta’sirida korroziyaga uchraydi, izolyasiyasi tezroq eskirib boradi. Bu jarayon motor ishlab turganida ham to‘xtab turganida ham davom etadi. Motorni ichki korroziyasini oldini olish uchun zavoda tayyorlangandayoq u distillangan suv bilan to‘ldiriladi, suvga ingibitor qo‘shiladi. Ingibitor tarkibida utropin-2,4 g/l, natriy nitrati-1,09 g/l, kaliy xromat-0,6 g/l bo‘ladi. Ingibitorlar motor qismlarini korroziyasini sekinlashtiradi. Izolyasiyasiga ham emiruvchi ta’sirni kamaytiradi. Motorning eng ta’sirchan joyi ta’minlovchi kabelga ulangan joyi bo‘lib, ular alohida yopishqoq
lenta bilan o‘raladi va lak bilan qoplanadi. Ingibitorli distillangan suv bilan to‘ldirib ulanish joyi qo‘shimcha laklangan motor xizmat muddati 2-2,5 barobar ortganligi kuzatilgan. Ingibitor arzon tarkibli bo‘lib, oddiy laboratoriya sharoitida tayyorlanadi. Distillangan suvda eritilgan ingibitorlar oddiy yopiq idishda uzoq vaqt o‘z sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qoladi. Shuning uchun ingibitorli eritma zarur proporsiyada tayyorlab olinadi va zaruratga qarab ishlatiladi.
Demak er osti suvlarida ishlayotgan motorlar ekspluatatsiyasi alohida e’tibor talab qiladi va tegishli amallar bajarilganda Yuqori ekspluatatsiya ishonchliligini ta’minlanadi.
|