O‘zbekiston respublikasi oliy




Download 18,37 Mb.
bet61/75
Sana16.02.2024
Hajmi18,37 Mb.
#157830
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75
Bog'liq
Elektr uskunalarini tamirlash

Nazorat savollari:


  1. Transformatorni yaroqliligi qanday aniqlanadi?

  2. Transformator qanday quritiladi?

  3. Transformator moyi ekspluatatsiyasi haqida ma’lumot bering?

  4. Moy sifati qanday aniqladi?

  5. Moy qanday tozalanadi?

  6. Moy regeneratsiyasi haqida ma’lumot bering?

    1. Transformator ishga qanday tayyorlanadi?

    2. Termosifon filtr vazifasi nima? U qanday ishlaydi? Moy qanday regeneratsiya qilinadi?

    3. Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlaridagi TP larning ekspluatatsiyasining xususiyatlarini ayting?

    4. Transformatorda namlik va issiqlik almashinish jarayonini tushuntiring?

    5. Moy eskirishini qanday tushunasiz?

Transformator ortiqcha yuklanishlarda qanday ishlaydi?
  1. mavzu: Qishloq va suv xo‘jaligi transformator podstansiyalari ekspluatatsiyasi.


Reja:

    1. Qishloq va suv xo‘jaligi korxonalari.

    2. Bir fazali iste’molchilarni fazalaroro to‘g‘ri taqsimlash.

    3. Transformatorning quvvati oshgan sari uning nosimmetriyasi.

Qishloq va suv xo‘jaligi korxonalari va aholi yashash punktlaridagi transformantorlar ekspluatatsiyasining o‘ziga xos tomonlaridan biri fazalar nosimmetriyasidir. Bir fazali iste’molchilarni fazalaroro to‘g‘ri taqsimlash va ularning ish grafiklarini hisobga olish nosimmetriya holatini yaxshilashi mumkin. Transformatorning quvvati oshgan sari uning nosimmetriyasi ham kamaya boradi. Lekin bir fazali iste’molchilarning ko‘pchiligi; yoritish iste’molchilari bilan birga kuch iste’molchilari ham (payvandlash agregatlari, qo‘l instrumentlari, elektr maishiy qurilmalar, suv qizdirgichlar), ularning bir tekis taksimlanishini va ishlab turishini ta’minlash imkonini bermaydi.
Texnik ekspluatatsiya qoidalariga ko‘ra fazalar bo‘yicha toklar assimmetriyasi 20% dan kam bo‘lishi zarur bu erda: Imax-maksimal yuklangan faza toki, A, Iurt-uch faza toklarining o‘rtacha miqdori.
Qishloq transformatorlar podstansiyalarida toklar nosimmietriyasi o‘rtacha 30- 50% ni tashkil qilishi kuzatilgan. Fazalarning notekis yuklanishi ularda kuchlanishning o‘zgarishiga va oxir-oqibat iste’molchilar ko‘rsatkichlarining pasayishiga olib keladi. Elektr iste’molchilar uchun ayniqsa oshirilgan kuchlanishlar xavf tug‘diradi, ularni xizmat muddatlarini kamaytiradi. Fazalarda kuchlanishning past bo‘lishi esa qurilmalarning ish ko‘rsatkichlarini pasaytiradi, cosφ pasayadi, magnitlovchi tok miqdori ortadi (kuchlanish yuqoriroq bo‘lsa), elektr tarmoqlar va transformatorlarda quvvat isrofi ortadi, joylarda qizishlar bo‘lishi mumkin. Fazalar nosimmeteriyasi kichik quvvatli iste’molchilar uchun xavf tug‘diradi, fazalarda kuchlanish o‘zgarib iste’molchilarda energetik ko‘rsatgichlarining pasayishiga, ularning yomonlashuviga olib keladi. Nosimmetriya koeffitsienti kn = 0,3 va fazadagi tok 1,2 In bo‘lganda, transformator moyining harorati 200S ga ortishi kuzatilgan. Chulg‘amlarning pastki qismi 22- 250S gacha qizishi mumkin. Hozirda chiqarilayotgan alyuminiy chulg‘amli transformatorlarda nol ketma - ketlik qarshiligi eskilariga nisbatan (mis chulg‘amli) 1,5 barobar ortgan bo‘lib, nosimmmetriya rejimlarida kuchlanish formasining buzilishi yanada ortadi. Shuning uchun yangi ishlab chiqarilayotgan transformatorlarda nosimmetriyalik chegaralarini kamaytirish zarur. Nosimmetriyalikni kamaytirish uchun xozirda elektrotexnik sanoat qishloq xo‘jaligi uchun faza chulg‘amlari « yulduz-nolli zigzag» va «uchburchak-nolli yulduz» sxemalarida ulangan transformatorlar ishlab chiqarmoqda. Bunda nosimmetriya rejimlarida ham kuchlanish yuqori sifatli bo‘lib qoladi. Masalan, quvvati 100 kVA bo‘lgan eski seriyali transformatorlarda nol ketma-ketlik qarshiligi qisqa tutashuv qarshiligidan 10 marta ortiq va yangi seriyalilarida-17 marta bo‘lsa, chulg‘amlari « uchburchak-zigzig» ulangan transformatorlar uchun ular bir xil bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi va aholi yashash punktlaridagi kuch transformatorlarining yana bir xususiyati, ular sutka davomida notekis yuklanadi. Kechki va ertalabki maksimumga ega, kunduzi va tunda yuklama past bo‘ladi yoki bo‘lmaydi. Ularni o‘rtacha sutkalik yuklanishi 20-30% ni tashkil qiladi. Bu yuklanish yil fasllarida turlicha bo‘lishi mumkin. Transformatorlarning dastlabki yuklanishini hisobga olib, ularni tarmoqning avariya rejimlarida ma’lum bir darajada ortiqcha yuklanishi ruhsat etiladi. Masalan texnik ekspluatatsiya qoidalari bo‘yicha kuch transformatorlari 30% ortiqcha yuklanish bilan 5 sutka davomida, 40% ortiqcha yuklanish bilan 6 soat davomida ishlab turish mumkin. Kuch transformatorlarining avariya rejimlarida qisqa muddatga ortikcha yuklanish chegara kiymatlari 6.4- jadvalda keltirilgan. Bunda transformator moyining harorati nazorat qilib turiladi. Agar transformatorda yozgi maksimum uning nominal quvvatidan past bo‘lsa, qishki maksimum soatlarda 15% doimiy ortikcha yuklanish bilan ishlab turishga ruhsat etiladi. Transformatorlarning yuklamasini nazorat qilib turuvchi ampermetrlar shkalasi ham shu tokni qayt qila olishi zarur. Statistik ma’lumotlar ko‘rsatadiki, kuch transformatorlarida ko‘proq yoz mavsumlarida avariya bo‘ladi. Bunga asosiy sabab ular qishki ortiqcha yuklanishlaridagi qizishlari , yozgi issiq atrof muhit haroratidagi qizishdan ko‘ra pastroq bo‘ladi. 8.5-jadvalda transformatorni yozgi mavsumiy haroratining o‘zgarishlari ko‘rsatilgan. Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, transformator yuklanishi 50% bo‘lsada, yoz oylarida transformator moyining harorati yuqoriroq bo‘lar ekan.





T.r.

Nominal quvvatiga nisbatan ortiqcha yuklanish karraligining ruhsat etilgan miqdori

Transformatorning ruhsat etilgan ortiqcha yuklanish muddati, min

Moyli transformator

Quruq transformator

1

1,20



60

2

1,30

120

45

3

1,40

90

32

4

1,50

70

18

5

1,60

65

5

6

1,75

20



7

2,00

10



6.4-jadval Transformatorlarning chegaraviy ortiqcha yuklanishi.
Jadvaldagi natijalardagi yillik o‘rtacha haroratning o‘zgarishidan foydalanib transformatorning yuklanish rejimini to‘g‘irlash mumkin bo‘ladi, podstansiyaning yuklanish rejimi o‘rnatiladi. Issiqlik yuklama gradientini (ishlab chiqarish va maishiy iste’molchilar bo‘lganda) hisobiy davrdagi o‘rtacha sutkalik haroratning har bir gradusiga to‘g‘ri kelgan miqdori 0,5*10 -2 dan 2,6*10 –2 gacha bo‘ladi. Yana shuni ta’kidlash joizki, transformator moyining sovitish imkoniyati uni quYuqligiga va u o‘z navbatida transformator haroratiga-uning yuklamasiga va atrof muhit haroratiga bog‘liq bo‘ladi.
Agrosanoat majmui obyektlarining elektr ta’minoti ochiq transformator podstansiyalarida amalga oshiriladi va transformatorlar quyosh nurlari va shamol ta’sirida bo‘ladilar. Quyosh nurlari ta’sirida moyning yuqori qatlamlari qiziydi. Uning harorati pastki qatlamlariga nisbatan, transformator bakining o‘lchamlariga qarab, (8-15)OS ga yuqori bo‘ladi. Quyosh nurlari ta’sirida moyning eskirishi tezlashib, ekspluatatsiya muddatlari qisqaradi. Transformator baki qo‘shimcha ravishda yana quyosh nurlaridan to‘silsa, uning qizishi va eskirishining oldi olinadi.



Yil oylarida



Nominal quvvatiga nisbatan yuklama

O‘rtacha oylik harorat

Harorat, OS

Havoning

Transformator moyining

Haroratlar farqi

May

0,65

26

56

30

Iyul

0,49

34

65,5

31,.5

Avgust

0,48

29

61

32

Sentyabr

0,66

22,5

51

28,5

Oktyabr

0,84

20,0

50

30

Noyabr

0,96

17

58

41

Yanvar

1,05

2

56

54

Mart

0,9

16

59

43

6.5 jadval Transformator haroratining mavsum davomida o‘zgarishi

Doimiy shamollar transformatorning issiqlik rejimni yaxshilaydi. Shamol tezligi 2 m/s dan oshsa, transformator yuklamasini oshirish mumkin bo‘ladi. Shamol tezligi ortgan sari transformatorning sovish sharoiti yaxshilana boradi.


Shamol ta’sirida transformator moyining harorati (510)OS ga pasayishi kuzatilgan
(6.3-rasm).
6.3-rasm. Transformator moyining yuqori qatlami haroratining shamol tezligiga bog‘liqlik grafigi.


Transformator yuklamasi fazalarda turlicha bo‘lganda, turli ulanish sxemalarida, transformator
chulg‘amlari turlicha qiziydi. Nol ketma-ketlik toklarini kamaytirish uchun qishloq xo‘jaligi elektr ta’minot tizimlarida transformatorlarning faza chulg‘amlari
«yulduz-yulduz nolli» sxemadan «yulduz-nolli zigzag» sxemasiga o‘tkaziladi. Bunda transformatorni qizishi kamayadi. Bak ichida harorat farqi kamayib, harorat maydoni tekislanadi.
Transformatorning yuklamasi 0,2Sn bo‘lganda bakning maksimal va minimal haroratlari farqi (5-10)OS ni tashkil kilsa, 0,4Sn yuklanish bilan ishlaganda haroratlar gacha bo‘ladi. Transformator cho‘lg‘amlari «uchburchak –nolli yulduz» sxemasida ulansa ham uning qizishi pasayadi. Umuman olganda, transformatorning fazalar bo‘yicha nosimmetrik va notekis yuklamalarida qizish darajasi fazalar yuklanishiga, nosimmetriya darajasiga, chulg‘amlarning ulanish sxemasiga va ulanish gruppasiga bog‘liq bo‘ladi.
Nazorat savollari:

  1. Transformator ishga qanday tayyorlanadi?

  2. Termosifon filtr vazifasi nima? U qanday ishlaydi? Moy qanday regeneratsiya qilinadi?

  3. Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlaridagi TP larning ekspluatatsiyasining xususiyatlarini ayting?

  4. Transformatorda namlik va issiqlik almashinish jarayonini tushuntiring?

  5. Moy eskirishini qanday tushunasiz?

Transformator ortiqcha yuklanishlarda qanday ishlaydi?

  1. Download 18,37 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Download 18,37 Mb.