O‘zbekiston respublikasi oliy




Download 18,37 Mb.
bet58/75
Sana16.02.2024
Hajmi18,37 Mb.
#157830
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
Bog'liq
Elektr uskunalarini tamirlash

Nazorat savollari


  1. Kabel tarmoqlari ekspluatatsiyasi eng murakkab masalalari?

  2. Kabel tarmoqida zaralanishjoylari qanday aniqlanadi?

  3. Kabelning zaralanish joyini topishda qo‘llaniladigan uslublar?

  4. Kabel tarmoqlarida zararlanish joylarini aniqlash jarayonlari?
  1. mavzu: Kabel elektr tarmoqlarini ta’mirlash.


Reja:

    1. Ekspluatatsiya davomida kabel izolyasiyasi va kabelning metal qoplamalari.

    2. Kabelning metal qobig‘i.

    3. Kabel qobig‘i yemirilishi.

Kabellar yerga yotqizilganligidan tashqi ta’sirlardan himoya qilinganligidan u uzoq vaqt xizmat qiladi, ishonchli ishlab turadi. Ekspluatatsiya davomida kabel izolyasiyasi va kabelning metal qoplamalari ta’mir qilinadi.
Kabelning metal qoplamasi yer ishlari bajarilishida yoki korroziya natijasida zararlanishi mumkin. Agar kabel qoplamasi zararlansa uning ichki izolyasiyasiga namlik o‘tmasdan kabel soz holda ishdaligida tuzatiladi. Kabelning metal qobig‘i zararlangan bo‘lsa, uning ta’miri quyidagi ketmaketlikda bajariladi:

  • zararlangan kabelning metall qobig‘i ikki tomonidan kesib ajratib olinadi.

  • ustki ikkinchi qatlam lentasi nam bo‘lmaganligi tekshirib ko‘riladi. - zavodda kabelga qilingan qoplamasini chetlari ochilib razbortovka qilinadi (ochib chegarasi qo‘yiladi ).

  • kabelni germetikligi tiklanadi.

  • Kabelni har ikki tomonida ochilgan kabel tolalariga qo‘rg‘oshin trubka qo‘yib kundalang ulanish joylari va bo‘yinlari kovsharlanadi. Quyish teshigidan kabell massasi quyilgach teshiklari ham yopiladi. yangi quyilgan qoplama kabel bronyasi bilan ulanadi, kabelni himoya qiluvchi cho‘yan qobig‘ichiga mahkamlanadi va erga yotqiziladi, agar kabel ochiq o‘rnatiladigan bo‘lsa ustidan po‘lat truba kiydiriladi.

Agar kabel qobig‘i emirilishi uning ichki qismi ham nosoz holga kelgan bo‘lsa, izolyasiya nam tortib qolgan yoki mexanik zararlangan bo‘lsa, kabelning shu qismi kesib olib tashlanadi (kamida 3 metr) va shu markali kabel bo‘lagi ulanadi. Kabel ikki tomonidan ikkita mufta yordamida ulanadi. Kabel ulanish joyi ilon izi qilib, uzunligiga zapas qoldirib yotkiziladi. Kabel izolyasiyasining ta’miri agar kabel tolalarida izolyasiya nosozligi topilsa va u bir joyda bo‘lsa, kabel tarmog‘i kesilmasdan tuzatilishi mumkin. Buning uchun kabel izolyasiyasi ochib tolalari orasi ochilishi uchun shu joyda kabel uzunligida zapas bo‘lishi kerak, yani kabel izolyasiyasida namlik bo‘lmasligi zarur. Kabel ochilgach unga yangi izolyasiyalovchi lenta o‘raladi ustiga qo‘rg‘oshin trubka kiydirilib teshigidan kabel massasi quyiladi. Keyin ta’mir jarayoni kabel qobig‘ini ta’miriday mahkamlanadi. Kapital ta’mirda kabel tarmoqlaridagi oxirigi o‘rnatilgan muftalarni yangisiga almashtiriladi va germetiklanadi. Kabelni muftalarini germetiklash uchun epoksid kompaudidan foydalaniladi. Izolyasiyasi tiklangan kabel tolalari epoksid kompaudi bilan quyilgach ustidan qalay yoki alYuminiy trubka kiydiriladi. Ustidan 15-20 mm masofada x.b. lenta bilan o‘raladi. Unga ham epoksid kompaundi surtilgan bo‘ladi. Agar epoksid kompaud ikki tomonidan oqib chiqsa, u tozalab artiladi (benzin yoki atsetonga botirilgan latta bilan).
Kabelli tarmoqlar elektr uskunalarini o‘rnatish qoidalariga, shu bilan birga texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda bajarilgan bo‘lishi kerak,
shundagina u foydalanishga qabul qilinadi. Ularga ekspluatatsiyadan oldin albatta pasport qilinadi. Pasportda kabelli elektr uzatish tarmoqlari haqida ma’lumotlar, uni sinov xujjatlari, ekspluatatsiya davridagi ko‘rilgan chora tadbirlar ko‘rsatiladi.

Download 18,37 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Download 18,37 Mb.