|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 56/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash
Kabel tarmoqining ishonchli va xavfsiz ishlab turishi.
Kabel trassasi.
Nazorat qarovlari.
Kabel tarmoqlarining qarovlari.
mavzu: Profilaktik sinovlar va o‘lchovlar.
Reja:
Kabel tarmoqlarida ekspluatatsiya davomida Yuzaga keluvchi defaktlar.
Harorat rejimi va yuklanish.
Kabel tarmog‘ida navbatdan tashqari sinovlar.
Kabel tarmoqlarida ekspluatatsiya davomida yuzaga keluvchi defaktlarni, zararlanishlarni o‘z vaqtida qayd qilish va yo‘qotish choralarini ko‘rish uchun muntazam ravishda profilaktik sinovlar va o‘lchovlar o‘tkazib turiladi. Harorat rejimi va yuklanish sharoitlari va montaj uslubiga ko‘ra qulay sharoitda bo‘lgan kabellar 3 yilda bir marta sinab turiladi.
Kabel tarmog‘ida navbatdan tashqari sinovlar ta’mirdan yoki trassada er ishlari bajarib bo‘lingach o‘tkaziladi. Kabellarni sinovlari oshirilgan doimiy kuchlanishda o‘tqaziladi. Kabellar katta sig‘imga ega bo‘lganligidan o‘zgaruvchan tokda sinalganda yirik quvvatli manbaalar talab qilinadi. 1kV gacha bo‘lgan kabellar U=1000-2500 V li megommetrlar bilan sinaladi. Sinovlarda doimiy kuchlanishda singish toki ham aniqlanadi va uning miqdoriga qarab izolyasiya qarshiligining o‘zgarishi aniqlanadi. O‘ta masul kabel tarmoqlarida dielektrik isroflar o‘lchab ko‘riladi. Profilaktik sinovlarda kabelning har bir tolasi bilan boshqa tolalari va qoplamasi orasidagi izolyasiyasi tekshiriladi.
Kabel bilan birgalikda oxirgi muftalar varonkalar va tayanch izolyatorlar (raz’edinitelgacha) sinab ko‘riladi. Taqsimlash qurilmalarga parallel ulangan kabellar ham sinovlardan o‘tkaziladi. Alohida agregatlarga mashinalarga ulangan parallal kabellar va kabel tarmoqlarini tarmoqdan ajratmasdan birdaniga sinab ko‘rish mumkin. Kabelni oshirilgan kuchlanishda sinash sxemasi 5.5-rasmda keltirilgan. Kabel tarmoqini sinash uchun u manba va iste’molchidan ajratib erga ulanadi. Har bir sinaladigan faza simi erdan ajratib olinib oshrilgan kuchlanishga ulanadi. Sinovlarda boshqa kabel tolalari ham ajratib olinib izolyasiyasi sinab
ko‘riladi.
5.5- rasm. Kabelni yuqori kuchlanishda sinash sxemasi. T-kuchaytiruvchi transformator, V- kenatron, Ksinalayotgan kabel.
Sinash paytidagi kuchlanish kabel kuchlanishiga bog‘liq bo‘ladi:
Kabelning nominal kuchlanishi Un = 2…10; 20…35; 110 kV bo‘lganda oshirilgan kuchlanish miqdori Us = (5…6)Un; (4… 5)Un; (2…3)Un.
Sinov muddati U=2-35 kV kuchlanishda –5 minut, U=110-220 kV kuchlanishda-20 minut.dan kam bo‘lmasligi zarur.
Kabel izolyasiyasining sifati tolalari orasidagi o‘tish toki miqdori bilan va fazalar nosimmetriyasi bilan aniqlanadi. Agar izolyasiya sifatli bo‘lsa, sinov kuchlanishi ulanganda kabel sig‘imiga qarab tok tez ortadi, lekin sekin pasayib boradi. Kuchlanishi 6-10 kV bo‘lgan kabellarda o‘tish toki I 500 mkA, U=20-35
kV li kabellarda esa I 800 mkA dan kamroq bo‘ladi. Agar kabelda defekt bo‘lsa tok miqdori pasayib minimal miqdoriga etmaydi yoki yana ortib boradi. Tok miqdori sinovlar oxirida qayd qilinadi. Kabel fazalaridagi kuchlanish asimmetriyasi 50% dan oshmasligi zarur. Elektrostansiyaning xususiy kabel tarmog‘i (U=6 kV) yuklama ostida sinalishi mumkin. Bunda sinov kuchlanishi transformatorning «noli»ga beriladi. Faza tolalarida sinov kuchlanishi 20-24 kV ushlanadi. Bunday sharoitda aylanuvchi mashinalar ishga ulanmasligi zarur.
Kabel tarmog‘ida profilaktik sinovlarda quyidagi kattaliklar aniqlanadi: kabel tolalarining butunligi, fazirovkasi, kabel harorati, oxirgi kabel koplamalarining erga ulanish qarshilishi, daydi toklar miqdori.
Kabel izolyasiyasining qarshiligi 0,5 M Om dan yuqori bo‘lishi zarur. Kabel izolyasiya qarshiligini megoommetr bilan o‘lchashda birdaniga fazalararo ulanishlar yo‘qligi, kabel tolalarida uzilishlari yo‘qligi, faza-korpus izolyasiyasi butunligi tekshiriladi.
Kabellarda ko‘pchilik zararlanishlar uning ustki qoplamasi ketishi orqali yuzaga keladi. Bu xolda kabel ichiga namlik o‘tib, uning izolyasiyasini emirilishiga olib keladi. Shuning uchun kabel izolyasiyasi eng zax mavsumlarda tekshirib sinaladi.
Kabel tolalarining butunligi va fazirovkasi ekspluatatsiya davrida odatda mufta qayta montaj qilinganda yoki kabel tolalarini ajratganda megommetrdan foydalanib tekshiriladi. Kuchlanish ko‘rsatuvchidan xam foydalanish mumkin.
Kabel tarmoqida haroratni o‘lchash joylardagi yo‘riqnomalar bo‘yicha kabel eng ko‘p qizishi mumkin bo‘lgan joylarda bajariladi. Kabel harorati termopara, termoqarshilik bilan o‘lchanadi.
Ekspluatatsiya davrida oxirgi erga ulanishlar qarshiligi erga ulagichlarni kapital ta’mirdan keyin o‘lchanadi. Boshqa holatlarda erga ulovchi simni sozligi tekshiriladi.
Kabel tarmoqining ishonchliligi ko‘proq uning ustki qoplamasining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Ustki qoplamaning nosozligi kabel ichiga namlik kirib qolishiga va izolyasiyasining puxtaligini pasayishiga olib keladi. Kabellarning metal qoplamasi, undagi tashqi tasirlardan bo‘ladigan elektr va kimyoviy jarayonlar natijasida emiriladi. Ayniqsa erga yotkizilgan kabellarning metall qoplamasi daydi toklarning erga o‘tishidan bo‘ladigan elektrolitik korroziya natijasida ko‘proq emiriladi. Daydi toklarni relslari ikkinchi elektrod bo‘lib xizmat qiladigan relsli elektrlashtirilgan transport yuzaga keltiradi. Elektrlashtirilgan temir yo‘llar relslari ancha yuqori aktiv qarshilikka ega bo‘lganligidan (ayniqsa relslarni ulanish joylarida elektr kontakt buzilganida) tarmoq tokining bir qismi erga ketadi va unga yaqin joyda kabel yotqizilgan bo‘lsa, qarshiligi kam bo‘lgan kabel qoplamasi orqali tok oqib manbaning manfiy qutibi tomon ketadi. Kabel qoplamasidan erga doimiy tok ketganda birdaniga undan metall ionlari ham ketadi va metall qoplama emirila boradi. Erga emirilib ketgan metall miqdori daydi tok miqdoriga proporsional bo‘ladi. Metallning emirilish jarayoni, yani metall xiliga (temir, alyuminiy, xrom) va tok oqishi vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. hisoblarga ko‘ra daydi tok miqdori 1 A bo‘lganda bir yilda metall isrofi miqdori quyidagicha bo‘ladi: qo‘rg‘oshin-33 kg; alyuminiy-3,95 kg; temir –9 kg. Daydi toklardan kabel
korroziyasi xavfini aniqlash uchun ekspluatatsiyaning dastlabki yilida ikki marta tok o‘lchab ko‘riladi. Buning uchun kompleks sinovlar o‘tkazilib «kabel koplamasi» bilan «er» orasidagi potensial, kabeldan erga ketayotgan tok zichligi, kabel qoplamasidagi tok va kuchlanish
miqdorlarini aniqlaniladi. Keyingi o‘lchovlar va sinovlar korroziya xavfiga qarab, birinchi sinovlar natijalarining tahlili bo‘yicha belgilanadi. Korroziya xavfi kabel qoplamasida erga («O»ga) nisbatan potensial miqdoriga qarab o‘rnatiladi. Agar kabel qoplamasi musbat potensialga («anod») ega bo‘lsa yoki qutblari o‘zgarib turgan bo‘lsa va tuproqning solishtirma qarshiligi 20 Om dan Yuqori bo‘lsa, bunday tarmoq uchastkalarida xavfi yuqori deb hisoblanadi. Ularda erga o‘tish toki zichligi 0,15 mA/dm2 dan yuqori bo‘ladi. Yana kabel yotkizilgan tuproq agressiv bo‘lsa tok miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan holda xavfli zona deb hisoblanadi. Xavfli zonalarda muntazam ravishda kabelni elektrokorroziyasini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib turiladi, masalan: katodli qutblantirish, protektorli himoya, elektr drenaj va hakozo.
Kabellar uchun korroziya xavfi bo‘lgan joylar-transformator podstansiyalari, rels yo‘larining podstansiya shinalarining manfiy qutbiga ulangan suruvchi tarmoqlar, kabel tarmoqi, trassasining rels yo‘llari bilan kesishgan joylaridir. Kompleks sinovlarni o‘tkazish uchun kabel trassasida shurf kovlanadi. Kabel qoplamasining erga nisbatan potensialini o‘lchash uchun milliampermetr yoki millivoltmetr kabel qoplamasi bilan elektrod orasiga ulanadi (5.6-rasm). O‘lchov xatoligi minimal bo‘lishi uchun elektrod materiali kabel qoplamasi materialidan qilinadi (alYuminiy, qo‘rg‘oshin). Odatda elektrod sifatida shu kabel bo‘lagi (300- 500 mm) olinadi. Daydi tok zichligini o‘lchashda milliampermetr ulanadi.
5.6-rasm. Kabel qobig‘idagi potensialni va erga o‘tayotgan tok zichligini o‘lchash sxemassi.
Tok miqdori va erga ulangan elektrod kesim yuzasi ma’lum bo‘lganda tok zichligi aniqlanadi. Aniq natijalar olish uchun kabel qoplamasidan erga ketayotgan tok va kabel koplamasi bo‘ylab oqayotgan tok kompensatsiya uslubida o‘lchanishi zarur (5.7-rasm). Bunda boshqa manbalardan foydalanib kabel qoplamasidan daydi tok yo‘nalishidan teskari yo‘nalishda doimiy tok o‘tkaziladi va uni kompensatsiyalaydi (muvozanatlaydi). Agar daydi tok to‘liq kompesatsiyalansa millivoltmetr «nol»ni ko‘rsatadi. Manbadan berilayotgan tok kabel qoplamasi tokiga teng bo‘ladi. Daydi tok ko‘p o‘zgaruvchi bo‘lganligidan nazorat nuqtalarida o‘lchovlar 10-20 daqiqa davomida olinib ularning shu vaqtda 40-50 ko‘rsatishlari
qayd qilinadi. Tok va potensial miqdorining o‘rtacha qiymatlari aniqlanadi.
5.7-rasm. Kabel qobig‘i bo‘ylab Yurgan daydi toklarni o‘lchash sxemasi. E- qo‘shimcha manbaa. Rreostat
Daydi toklar haqidagi barcha olingan o‘lchov natijalari diagramma ko‘rinishida kabel tarmoqi planida chiziladi. Bu sxema kabel trassasi bo‘ylab daydi toklar haqida to‘liq ma’lumot beradi. Bu natijalar, diagramma va sxemalar tahlili natijasida kabel tarmoqini himoyasi bo‘yicha tegishli echimlar-chora tadbirlar ko‘riladi.
|
| |